Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet143/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

o’quv yurti ━ ijtimoiy muassasa. SHartnomada tomonlar mas`ul bo’lgan sohalar aniq ko’rsatilishi lozim. Ko’pincha, supervizorni tanlash, maslahatchi yoki o’quv yurti vakili vakolatlarini aniqlash, amaliy ta`limda qo’llanadigan o’quv vazifalari doirasini belgilash singari masalalarni hal qilishda vakolat doiralarini chegaralab olish zarur bo’ladi.

  • Ijtimoiy muassasamijoz. Ko’mak so’rab ijtimoiy muassasaga murojaat qilar ekan, mijoz malakali xizmat ko’rsatilishini kutishga haqli. Mabodo amaliyotchi-talaba sifatsiz xizmat ko’rsatsa, ijtimoiy muassasa o’zining obro’si va mijozlar bilan munosabatlariga putur etkazishi mumkin.

    Amaliy ta`limni tashkil qilishda paydo bo’ladigan savollar, odatda, ta`lim olayotganlar ishini tegishli nazorat qilish, sifatni tekshirish murvatlari, xizmat ko’rsatishdan bosh tortish huquqi, konfidentsiallik va h.k. bilan bog’liq bo’ladi.

    1. Supervizor ━ o’quv yurti. Bular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga doir savollar o’z ichiga ta`lim jarayonida supervizorning rolini aniqlashga qaratilgan o’quv yurti savollari; o’quv yurti tomonidan beriladigan maslahatlar xarakteri va hajmiga oid masalalarni; rejalashtirilayotgan topshiriqlarning xarakteri va izohlariga oid; o’z zimmasiga o’qituvchilik mas`uliyatini olgan odamlarni mukofotlash va ularga imtiyozlar berish; mehnatga haq to’lash; shuningdek, o’quv yurti boshqaruv organida ishtirok etishga oid masalalarni qamrab oladi.

    2. Supervizorijtimoiy muassasa. Amaliy ta`lim jarayonida supervizor ko’pincha o’quv yurti va ijtimoiy xizmat o’rtasidagi oraliq vaziyatda qoladi. Ijtimoiy xizmatga mansubligi tufayli supervizor o’ziga amaliyotchi-talabalarga ta`lim berishdagi ishtirokiga munosib xaq to’lashlari va o’quv jarayoni uchun zarur vaqt ajratishlari zaruratiga duch keladi.

    3. Ta`lim oluvchi ━ ijtimoiy muassasa. Ta`lim oluvchi ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan o’zini bepul ishchi kuchi manbai sifatida ishlatishga urinishlarga doim duch kelib turadi. Jumladan, kasbiy malaka talab qilmaydigan zerikarli ishlarni bajarishga, shuningdek o’quv yurti yoki boshqa tuzilmalar ichidagi “josus” sifatida foydalanishga urinishlarga. Bundan tashqari u mutaxassislar byurokratik tuzilmalarda duch keladigan muammolar (masalan, byurokratik talablarga qarshilik ko’rsatish, byurokratik andozalarni rad etish, byurokratik rahbarlarga bo’ysunishdan bosh tortish, o’z tashkilotiga shartli sadoqat). Amaliyotchi talabaning huquq va majburiyatlarini o’quv yurti va ijtimoiy muassasa rahbarlari tomonidan imzolangan maxsus yo’riqnomada mustahkamlab qo’yish zarur.

    eng umumiy tarzda amaliyot natijalarini baholashning mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin :

    • o’quvchi tomonidan amaliyot vazifalarining aniq tushunilishi, maqsadli ustanovkani mustaqil shakllantirish, amaliyot natijalariga ko’ra taqdim qilinadigan hisobotlar shakllarini aniqlab olish;

    • amaliyotni o’tish jarayonida amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda va mutaxassislar bilan yaxshi xizmat munosabatlari o’rnatishda faollik ko’rsatish;

    • o’zining shakllanib bo’lgan kasbiy “didlari” va “intilishlari”ni, kasbiy yo’nalishlarga mayllarini aniqlab olishi;

    • shaxslararo va kommunikativ ko’nikmalarning umuman shakllanganligi;

    • kuzatuvchanlik va o’z-o’zini tanqid;

    • kasbiy ko’nikmalar (masalan, tavsifnoma, yo’llanma, ma`lumotnoma, hisobot tuzish), mutaxassisning shaxsiy sifatlari shakllanib bo’lgani;

    • ishga qiziqish, tashabbuskorlik;

    • o’ziga ishonch;

    • o’zi bilan bir bosqichda ta`lim olayotganlarga nisbatan o’zining muvaffaqiyatliroq bilim olayotganini aniqlash.

    Ijtimoiy xizmatchi yordamchisining kasbiy faoliyati muvaffaqiyatli bo’lishini ta`minlaydigan sharoitlar:

    1. YUqori sifatli nazariy tayyorgarlik;

    2. Kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun etarli hajmda kasbiy layoqat, ko’nikma, instrumentariy, texnologiyalar va h.k.ni egallaganlik.

    3. SHaxsning kasbiy zarur sifatlari shakllanganligi;

    4. o’qish joyi, ish va kasb yo’nalishini to’g’ri tanlay bilish;

    5. o’qish va ish uchun yaxshi shart-sharoitlar, birga ta`lim olayotganlar va ma`muriyatning qo’llab quvvatlashi.

    Amaliyot rahbari qo’llaydigan usullar ro’yxati:

    • kundalik daftar yuritish;

    • audio-, videoyozuvlar qilish va ulardan foydalanish;

    • rolli va xizmat o’yinlari;

    • muhim muammolarni hal qilishda “aqllar hujumi” o’tkazish;

    • guruhiy yo’riqnomalar berish;

    • tajriba almashish bo’yicha “davra suhbatlari” va anjumanlarning boshqa turlarini o’tkazish;

    • yakka tartibdagi maslahatlar va boshqalar.

    Amaliyot rahbari ta`lim olayotganlarning amaliyot o’tkazish joyi bo’lgan yoki kelajakda shunday joy bo’lish ehtimoli bor muassasalar to’g’risidagi ma`lumotlarni jamlaydi va to’plab boradi.
    Ba`zi amaliyot rahbarlari o’quvchilar uchun amaliyot o’tkazish bo’yicha eslatmalar tuzishadiki, bu ularga amaliyotning maqsadi va mazmuni to’g’risida, amaliyot natijasida oladigan bilimlari, amaliy ko’nikmalarning hajmi to’g’risida tushuncha hosil qilishlariga yordamlashadi.
    Amaliyotchi-talaba butun amaliyot davrida o’ziga berilgan barcha topshiriq va vazifalarning qisqacha ro’yxatini tuzishi lozim. Bunday ro’yxat amaliyotni aniq tashkil qilishga ko’maklashadi; ish to’g’risidagi “mulohazalar kundaligi”ni yuritish o’zining kasbiy qobiliyatlari qanday o’sayotganini kuzatishga imkon beradi. Kundalik, shuningdek, amaliyotni rejalashtirishga ham yordam beradi. Kundalikdagi yozuvlar yana shuning uchun ham qimmatliki, ularda amaliyotchi-talaba mijozning muammolaridagi tafsilotlarni va ular to’g’risidagi o’zining fikrlarini yozib boradi, bu esa o’z navbatida rahbar bilan birgalikda ish xarakterini muhokama qilish, aniqlash, zarur bo’lsa o’zgartirishga ko’maklashadi. Bularning bari birgalikda amaliyotchi-talabaning ishni tahlil qilishga bo’lgan layoqatlarini rivojlantiradi, shuningdek, muammoni echishning usullariga tanqidiy yondashuvga o’rgatadi.
    Amaliyotchi-talaba majlislarda qatnashish, bayonnomalar yuritish imkoniyatiga ega bo’lishi juda muhim, chunki bu uning kasbiy ishni egallashiga yordam beradi.
    Amaliyotni o’tish natijalari ijtimoiy-pedagogik kundalikda o’z aksini topadi, kundalik quyidagicha tuziladi:

    1. Titul varag’i (muallifning ismi, otasining ismi va nasabi, o’qish joyi, uy manzili, telefon raqami, kundalik boshlangan va tugallangan davr ko’rsatiladi; amaliyot rahbari, koordinator, ilmiy konsul’tant, etakchi ijtimoiy-pedagogning ham familiya va ismlari, telefon raqamlari, amaliyot o’tish davri ham ifodalanadi);

    2. Amaliyot o’tish joyining tavsifi (moddiy jihatdan va kadrlar bilan ta`minlangani (muassasa, rayon, ijtimoiy muhit, xodimlar tarkibi) tavsifi); muassasa (tashkilot)ning to’la nomi; yuqori tashkilot (agar bo’lsa); tashkil topgan sanasi; ro’yxatdan o’tkazilgan sana va joy; muassislar; faoliyat hududi (nizom yoki qoidaga ko’ra); to’la manzili (indeksi, telefon, faks raqamlari bilan) faoliyat maqsadi (nizomga ko’ra); faoliyat yo’nalishlari; ishning asosiy shakllari; moliyalashtirish manbalari; mijozlar bilan ishlash: reklama, qabul qoidalari, ko’rsatiladigan xizmatlar, miqdori va yoshi; xodimlarga beriladigan imtiyozlar; muassasa (birlashma) to’g’risidagi eng muhim publikatsiyalar; rahbarlarning koordinatalari).

    3. Tadqiq etilayotgan muammoga kirish (bu bo’lim butun ta`lim jarayoni davomida to’ldirib boriladi):

    • ijtimoiy pedagogik amaliyot mavzusi dolzarbligini asoslash (qanday qiyinchiliklar, ziddiyatlar tadqiqotga undaganini ochish, muammoning mohiyati nimada ekani, bu muammo bo’yicha nimalar ma`lum, nimalar ma`lum emasligi).

    • tadqiqot ob`ekti va predmeti;

    • tadqiqotning maqsadi va asosiy vazifalari (tashxis qo’yish, nazariy modellashtirish, uslubiy va amaliy);

    • tadqiqot o’tkazish uchun negiz sifatida olingan asosiy nazariy (sotsiologik, psixologik-pedagogik, valeologik va boshqa qoida (aksioma) lar);

    • asosiy g’oyalar va gipoteza (qo’yilgan masalalar va ularning optimal echimlari bo’yicha takliflar);

    • natijalarni baholash mezonlarini tanlash va asoslash;

    • xatar omillarini, ularni profilaktika qilish choralari yoki yangiliklarning salbiy natijalarini kompensatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni asoslash;

    • tadqiqotning asosiy bosqichlarini: tashkiliy, diagnostik, qayta o’zgartiruvchi, yakuniy (aprobatsiya, natijalarni tarqatish, bayon qilish) bosqichlarini asoslash (rejalashtirish). xar bir bosqichni o’tkazish bo’yicha va ko’zda tutilayotgan natijalar xarakteri bo’yicha usullarni saralash va asoslash;

    • muassasa faoliyatini ko’zda tutilayotgan o’zgartirishlar bo’yicha moddiy, kadrlar va tashkiliy jihatdan ta`minlash (nimalar qurish, qayta qurish, sotib olish, tayyorlash, chop etish, qanday vositalar zarur, moliyalashtirish va ta`minlash manbalari, vazifalarni taqsimlash; xodimlarni o’qitish, rag’batlantirish tartibi va boshqalar).

    1. Ishning bayoni (jadval variantidan foydalanish mumkin):

    t/r


    Sana, vaqti

    Maqsad va vazifalar

    Bir kunlik ish rejasi

    Ishning mazmuni

    Erishilgan natijalar

    Murabbiyning tanbehlari

    Ijtimoiy-pedagogik amaliyotning ehtimoliy ob`ektlari







    Mavzu


    o’tish joyi

    Ixtisoslik


    Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etish.
    Aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash.

    Aholini ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlash.


    Aholi bilan tibbiy-ijtimoiy ish olib borish.
    Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish.
    Imkoniyati cheklangan kattalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish.

    Imkoniyati cheklangan shaxslarning mehnat terapiyasi


    Aholi bilan ruhiy-ijtimoiy ish olib borish


    Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik ish olib borish

    Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish asoslari


    Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish asoslari


    Asotsial bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish


    qariyalar bilan ijtimoiy ish olib borish asoslari



    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining boshqaruv organlari; turli darajadagi qonun chiqaruvchi va ijro hokmiyatining tuzilmalari; ommaviy axborot vositalari.

    Oila va bolalarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining bo’linmalari; aholiga kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari (tez ijtimoiy yordam xizmatlari), mehribonlik uylari va ijtimoiy xizmat tizimlarining boshqa muassasalari; ijtimoiy birlashmalar, jamg’armalar;


    Ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlarining tez ijtimoiy yordam xizmatlari; oila va bolalarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining dastlabki qabul, axborot, tahlil va prognozlashtirish; balog’atga etmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazlarining ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirish bo’linmalari; bolalar va o’smirlar ijtimoiy boshpanalarining ijtimoiy-huquqiy bo’linmalari; ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga yordam ko’rsatish markazlari; tunash uylari; sudlar, advokaturalar;


    Oila va bolalarni ijtimoiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining tibbiy-ijtimoiy yordam markazlari; tibbiy muassasalar.


    Oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining tibbiy-ijtimoiy bo’linmalari; imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun reabilitatsiya markazlari.

    Oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining tibbiy-ijtimoiy bo’linmalari; imkoniyati cheklangan katta yoshli fuqarolarni reabilitatsiya qilish markazlari;


    Avvalgi ikki ixtisoslikdagi singari, shuningdek, uy-internatlarda, jumladan, nogironlar yashaydigan bolalar uy-internatlarida

    Ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlarining tez ijtimoiy yordam xizmatlari; oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining ruhiy-pedagogik yordam bo’linmalari; ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj balog’atga etmaganlar uchun ixtisoslashgan muassasalar; aholiga ruhiy yordam ko’rsatish muassasalari; imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun reabilitatsiya markazlari;


    Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj balog’atga etmaganlar uchun ixtisoslashgan muassasalar;


    ta`lim muassasalari
    Maktabgacha ta`lim muassasalari
    Umumta`lim muassasalari, qo’shimcha ta`lim muassasalari, jamoat birlashmalari, aholi bandligi xizmatlari
    Oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish hududiy markazlarining bolalar va o’smirlar qarovsizligiiprofilaktika qilish bo’linmalari

    Mijozning uyida



    Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning tashkilotchisi.
    Ijtimoiy xizmat iqtisodchisi.
    Ijtimoiy xizmat huquqshunosi; ijtimoiy huquqshunos.
    Tibbiy-ijtimoiy xodim.
    Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha mutaxassis.

    Imkoniyati cheklangan odamlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha mutaxassis


    Mehnat terapevti

    Ijtimoiy xizmat psixologi; ijtimoiy psixolog


    Ijtimoiy pedagog
    Kichik tarbiyachi
    Ijtimoiy pedagog
    Ijtimoiy pedagog

    Ijtimoiy xodim-gerontolog





    ─────────────


    *Jadval kengaytirilishi va to’ldirilishi, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib o’zgartirilishi mumkin.
    Muhimi shundaki, amaliyot o’tkazar ekan, o’quvchilar ijtimoiy ish va unga yaqin sohalar haqida imkoni boricha ko’proq bilim olishlari kerak. Bunday natijaga turli usullar o’rdamida erishish mumkin: a) ta`lim va ijtimoiy xizmat ko’rsatish va ta`lim muassasalarining turli tadbirlarida qatnashish orqali: b) maxsus adabiyotlarni o’rganish va ma`ruzalar qilish orqali; v) amaliy va umumlashtiruvchi seminarlarda dolzarb mavzularni muhokama qilish orqali.
    Amaliyot davri tugagach o’quvchilar o’zlarining kasbiy sohalari bo’lgan ijtimoiy ishning turli usullarini egallashlari, shuningdek, loyiha mavzusi bo’yicha tadqiqot materiallarining zaruriy miqdoriga ega bo’lishlari, o’zlari tanlagan kasblarida sobit bo’lishlari lozim.
    Amaliyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga ko’maklashadigan ba`zi muloqot shakllarini tavsiflash lozim.

    Rejali suhbatlar. Bunday suhbatlar vaqtdan maksimal darajada muvaffaqiyatli foydalanish uchun yaxshi tayyorlangan bo’lishlari va sokin vaziyatda o’tkazilishi lozim. Suhbatlardan qonunchilik va amaliyot, paydo bo’ladigan qiyinchiliklar, shuningdek, amaliyot bo’yicha hisobotning maxsus bo’limlari singari muhim masalalar bo’yicha foydalanish lozim. Amaliyotchi-talaba bunday suhbatlar davomida kuzatishlar va ish jarayoniga bag’ishlangan referatlar tayyorlash, yoki mijoz muammolarini batafsil yozib olish bo’yicha maslahatlar oladi. Suhbat uchun ajratilgan vaqt ikki maqsadni ko’zlaydi: birinchidan, amaliyotchi-talaba o’zining savollarini aniq ifodalashga o’rganadi, ikkinchidan, mustaqilroq ishlashga ham o’rganadi.

    Amaliyotni baholash amaliyotchi-talaba uchun o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda layoqati va bilimlari sifatini, mavqeining to’g’riligini anglashga ko’maklashadi. SHu tufayli amaliyotchi-talaba o’zining imkoniyatlarini aniqroq baholashi mumkin va nazariy bilimlar va amaliy ish sohasidagi zaif joylarini ham bilib olib, keyinchalik ularni bartaraf qilishga asosiy e`tiborni qaratishi mumkin.



    Download 2,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish