Ijtimoiy muassasa. Ijtimoiy muassasa o’zining yangi tayyorlangan mutaxassisga o’z xizmat majburiyatlariga o’rganishi uchun imkoniyat yaratib berish vazifasini mijozlarga malakali xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyatlari bilan muvofiqlashtirishi lozim. Ijtimoiy muassasa rahbari amaliyot o’qituvchisi (supervizor)ga amaliyotchi-talabani o’rgatish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish uchun vaqt ajratib berishi, shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi personal tomonidan qo’llanishini ta`minlashi, mas`ul amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan transport xizmati va jihozlarni etkazib berishi zarur. Amaliy ta`limda ishtirok etish har doim ham rentabel bo’lavermaydi. Biroq, bu xarajatlar aholi bilan ijtimoiy-pedagogik ish olib borish sohasidagi ta`lim yo’nalishlari bilan bevosita tanishishning afzalliklari, yangi xodimlar olish, ijtimoiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, yordamchi-volontyorlarga ega bo’lish singari jihatlari bilan o’zini oqlaydi.
Amaliyot koordinatori. Amaliyot koordinatori ham amaliy ta`lim ishiga o’zining jiddiy hissasini qo’shishi lozim. Garchi ijtimoiy muassasa mana shu ta`lim faoliyati uchun vaqt va kadrlarni ta`minlashi ko’zda tutilsa ham, aynan rahbar (amaliyot koordinatori) o’quv yurtlarini tanlash, o’quvchilarning ishlarini tekshirish, o’quv yurtida o’tkazilayotgan turli xil tadbirlarda ishtirok etadi. Ko’pincha uning ishiga baho berishda u o’quv jadvalida ko’rsatilmagan o’quvchilar bilan amaliyot o’tkazilayotgan muassasa xodimlari o’rtasida, shuningdek, ular va o’qituvchilar o’rtasida shaxsiy munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan, keng ko’lamli ishi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, ta`lim olayotganlarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda o’quv jarayonini taqsimlash uchun mas`uliyat ham oxir-oqibat amaliyot koordinatori zimmasiga tushadi. SHunday qilib, o’quv jarayoniga baho bera olish qobiliyatiga, shuningdek, dars berish san`atiga ega bo’lish uchun malakali o’qituvchi bo’lish zarur.
Amaliyotchi-talaba. Amaliy ta`lim jarayonida amaliyotchi-talaba passiv tinglovchi mavqeini egallashi mumkin emas. Amaliy ta`lim undan o’quv jarayonida uni o’z ehtiyojlariga yaqinlashtirish uchun faol ishtirok etishini taqozo qiladi. o’quv materialini saralash o’quv yurti tomonidan ishlab chiqilgan o’quv jarayoni vazifalari, shuningdek o’quv yurtining vazifalari va yo’nalishi bilan belgilansa ham, o’quvchiga o’zining individual rejasini muhokama qilish uchun jiddiy imkoniyatlar berilgan. Ko’pincha bunday muhokamalar ijtimoiy xizmatlarda amaliyot o’tish rejasini tuzish jarayonida koordinator bilan muhokama qilinadi, keyinroq esa har kuni o’quvchilarga kundalik topshiriqlarni berish jarayonida supervizor bilan muhokama etiladi. Amaliy ta`lim ko’pincha o’quvchini kattalardek ongli tinglovchi ekani, o’z zimmasiga o’quv jarayoni natijalari uchun mas`uliyat olishni istaydigan va olish layoqatiga ega shaxs deb biladigan taxminlar va kutishlarga asoslanadi. Ko’p o’quvchilar uchun bu yangi talabday tuyuladiki, ular hali unga javob berish uchun tayyor emaslar. SHuning uchun ham amaliy ta`lim ulardan boshqalarning baxti yo’lida bajarilayotgan ijtimoiy xizmat ko’rsatish jarayonida o’zlari uchun yangi bo’lgan mas`uliyat tuyg’usini shakllantirishni taqozo qiladi.
Mijoz. Amaliyotchi-talabalar tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatning sifati pasay ib ketmasligi uchun barcha tomonlardan batafsil rejalashtirish taqozo qilinadi. Ijtimoiy xizmatlarda ba`zan bir o’quvchidan boshqasiga o’tkazib qo’yiladigan mijozlar guruhini ajratish tajribasi ham mavjud. Mijozlar yangi ijtimoiy xizmat xodimlarini yo’naltirishda ishtirok etganlari bilan g’ururlanish hollari ham uchrab turadi.
Tomonlarning huquq va majburiyatlari aniqlab olingandan keyin ham amaliy ta`lim jarayonida tomonlarning o’zaro ta`sir va aloqalarini qo’llab turish uchun jiddiy ishlar olib borish talab etiladi. Bu jarayon davomida doimiy e`tiborni talab qiladigan masalalar ko’ndalang bo’lishi ham mumkin. Bunday muammolarni hal qilishda quyidagi shartnoma (kelishuvlar) yordam berishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |