14-mavzu .Ijtimoiy ish bo’yicha xalqaro hujjatlar .
Reja:
Ijtimoiy muhofazalash bo’yicha eng muhim xalqaro hujjatlar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1945 yildagi Nizomi.
Inson huquqlarining 1948 yildagi Umumjahon deklaratsiyasi.
Irqiy diskriminatsiyaning har qanday shakllarini yo’q qilish to’g’risidagi 1965 yil Xalqaro konventsiyasi.
Inson huquqlari bo’yicha 1966 yil Xalqaro paktlari.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi 1966 yil Xalqaro pakti.
1969 yilgi ijtimoiy progress va taraqqiyot Deklaratsiyasi.
“Milliy ko’paytirish jadvali bo’lmagani singari milliy fan ham yo’q”.
A. P. CHexov
Xalqaro hamkorlik barcha mamlakatlar tomonidan turli darajada: siyosiy, harbiy-texnik, nohukumat va boshqa darajalarda amalga oshiriladi. Bunda har bir tomon o’zining muayyan manfaatlarini, masalan, u yoki bu masala yoki muammo bo’yicha ish tajribasi almashish, birgalikda loyihalar va dasturlarni bajarish, muloqot va aloqalar o’rnatish, o’zga madaniyatlar va yutuqlar bilan tanishish, hokimiyat tuzilmalarini birgalikda ishontirishga urinish, alohida mamlakatlarning ichki va tashqi siyosatidagi turli masalalar bo’yicha birgalikdagi hujjatlar va qarorlar qabul qilish va boshqalar singarilarni ko’zda tutishlari o’z-o’zidan tushunarli.
Bunda hamkorlik qilayotgan tomonlar oldin erishilgan bitimlar, qarorlar, rejalar, bayonnomalar, shartnomalar va boshqalarga tayanishadi. Masalan, global miqyosdagi va alohida mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro hamkorlik tarixi juda uzoq va boy tarixga ega. o’zini ijtimoiy ishga yoki “odam-odam” tizimidagi har qanday kasbga bag’ishlagan odam shaxsni, milliy jamiyat, jahon hamjamiyatini baholashga zamonaviy yondashuvlarni belgilab beradigan asosiy xalqaro hujjatlarni bilishi zarur.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1945 yildagi Nizomi
Ikkinchi jahon urushi tugashi bilanoq tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’zida xalqaro hamjamiyatning tinchlikni ta`minlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida yangi shartnomalar ishlab chiqishga bo’lgan qat`iyati timsoli edi. Ilk bor alohida davlatlarning mustaqilligini cheklaydigan xalqaro hamkorlik tizimini yaratish istagi to’g’risida e`lon qilindi. Xalqaro hamjamiyat alohida shaxslar, guruh yoki jamoalar muhofazasini ta`minlaydigan inson huquqlari kafolatlarini yaratish majburiyatini oldi. Bu muhim sohalardagi ichki qonunlar ulardan ustuvor bo’lgan xalqaro me`yorlar bilan mutanosiblikka keltirilishi lozim edi.
Inson huquqlarining 1948 yildagi Umumjahon deklaratsiyasi
Umumjahon deklaratsiyasining asosiy qoidalari insoniyatning eng ezgu orzularini aks ettiradi. U siyosiy tilda bitilmagan va dunyodagi har bir odam ishonsa bo’ladigan munosabat shakllarini o’rnatadi. Bu hujjatda ilk bor ko’pchilik siyosiy, madaniy va diniy an`analar uchun umumiy bo’lgan g’oyalar bir butun qilib jamlandi.
Umumjahon deklaratsiyasi o’zining 30 moddasida barcha odamlarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilar ekan, fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni qamrab oladi. Biroq, Deklaratsiya o’z-o’zidan yuridik kuchga ega emas. U axloqiy me`yorlar yig’indisidan iborat. Ana shu axloqiy me`yorlarning ahamiyati va ta`siri to’g’risida ularning dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar tomonidan e`tirof etilishi va qonunchiliklarga kiritilishi guvohlik beradi.
Irqiy diskriminatsiyaning har qanday shakllarini yo’q qilish to’g’risidagi 1965 yil Xalqaro konventsiyasi
Konventsiya har odam uchun tenglik va diskriminatsiya qilmaslik tamoyilining to’la amalga oshirilishini kafolatlaydi. xujjat irqiy diskriminatsiyaning barcha shakl va ko’rinishlarini yo’q qilishda, irqchilik nazariyalari va ularni amalga oshirishning oldini olish va butunlay tugatishga, irqiy segregatsiya va irqiy diskriminatsiyaning barcha shakllaridan ozod bo’lgan xalqaro hamjamiyat yaratishga yo’naltirilgan.
Inson huquqlari bo’yicha 1966 yil Xalqaro paktlari
Umumjahon deklaratsiyasi asosida ishlab chiqilgan ikki Pakt (ulardan biri fuqarolik va siyosiy huquqlarga taalluqli, ikkinchisi esa iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga aloqador) xalqaro miqyosda e`tirof etilgan me`yorlarni o’rnatadi, ular yordamida inson huquqlarining buzilish holatlari sud orqali chiqiladi.
Paktlar uch umumiy tarkibiy qismga ega: a) o’zini-o’zi belgilash huquqi, bu huquqning amalga oshirilishi mustamlakalarning tugatilishi va ko’plab davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zosi bo’lishiga olib keldi; b) erkaklar va ayollar tengligi va jins, irq yoki din belgilari bo’yicha diskriminatsiya qilmaslik tamoyili; v) bo’linmaslik, ya`ni fuqarolik va siyosiy erkinliklarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar bilan o’zaro bog’liqligi tamoyili.
Do'stlaringiz bilan baham: |