Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


-mavzu .Yoshlar, qariyalar, nogironlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish va oilani mustahkamlash



Download 2,57 Mb.
bet139/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

16-mavzu .Yoshlar, qariyalar, nogironlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish va oilani mustahkamlash.
Reja:

  1. Yoshlarning ijtimoiy huquqlari va muammolari.

  2. Qariyalar va nogironlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish.

  3. Oiladagi ijtimoiy muammolarini hal qilish va oilani mustahkamlash.

“o’tmishda tabiati eng saxiy mamlakatlar eng boy mamlakatlar edi; hozirgi kunda eng boy mamlakatlar odamlari eng faol bo’lgan o’lkalardir”.


G. Bokl
Yoshlarning ijtimoiy huquqlari va muammolari, ularning jamiyatga birikish imkoniyatlari butun jahon hamjamiyatini qiziqtirib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida hozirgi jamiyatda yoshlar mavqeining o’ziga xosligi e`tirof etilgan, davlat va jamoat tashkilotlarining yoshlar manfaatlarini ijtimoiy himoya qilishdagi asosiy yo’nalishlari aniqlangan, uning huquqlari ishlab chiqilgan va imkoniyatlari baholangan.
Yoshlarning asosiy huquqlarini, uning ijtimoiy huquqlari institutining rivojidagi davlat va jamoat tashkilotlari rolini aniqlashtirish 1985 yilda BMT tashabbusi bilan Xalqaro yoshlar yilini o’tkazishda amalga oshirilgan. SHu munosabat bilan qabul qilingan hujjat “yoshlarga nisbatan keyingi rejalashtirish va amalga oshiriladigan harakatlarning asosiy tamoyillari” dasturi bo’lib, u quyidagi tavsiyalarni qamrab oladi:

  • yoshlarga mo’ljallangan innovatsion siyosat va dasturlarni milliy taraqqiyot rejasining tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa kadrlar tayyorlash va ta`lim sohasida, uy-joy qurilishi va atrof-muhit, ijtimoiy xizmatlar va sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirishga ko’maklashish, rivojlantirish va innnovatsion siyosatni ro’yobga chiqarish;

  • yoshlar dasturlari va siyosatini amalga oshirish uchun adekvat moliyaviy va moddiy zahiralarni safarbar qilish;

  • yoshlarning ijtimoiy jihatdan zaif guruhlari: migrantlar, ishsizlar, nogironlarga alohida e`tibor qaratish.

  • BMT va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilingan:

  • taraqqiyot jarayonining faol ishtirokchilari bo’lgan, unga o’z hissasini qo’shayotgan va uning mevalaridan foydalanayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, ular turmush sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan davlat siyosatini ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish;

  • er, kredit, kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish xizmatlari, shuningdek, bozorlar singari unumdor mehnat uchun zarur bo’lgan vositalarga yoshlarning samarali erishishi uchun ko’maklashish; daromad keltiradigan faoliyat dasturlarining yangi tizimini yaratishga yordam berish, bunda mustaqil faoliyat, shu jumladan, ko’ngillilar tashkilotlari va shirkatlariga alohida e`tibor qaratish;

  • o’quv rejalari va ta`lim tizimlari hozirgi iqtisodiy tamoyillar va madaniy voqeliklarni aks ettirishini ta`minlash, bunda BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari asosida inson huquqlari masalasiga ko’proq e`tibor berish;

  • oilaning ta`lim, tarbiya va yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish rolini muvaffaqiyatli bajarishida yordam ko’rsatishning samarali tadbirlarini qabul qilish; yoshlar orasida giyohvandlikka, alkogolizmga va OITSga qarshi kurash harakatlarini faollashtirish, shuningdek, OITS yuqtirgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish xizmatlarini yaratish va mustahkamlash.

Keyingi yillarda jahon hamjamiyati oldida ko’ndalang bo’lgan jiddiy ijtimoiy muammo aholining keksayishi muammosidir. BMT prognozlariga ko’ra, 2000 yilda jahonda 60 yoshdan oshgan odamlar soni 610 mln kishini, 2025 yilga borib esa bir milliarddan ortiq kishini tashkil qiladi, bu esa sayyoramiz aholisining taxminan 15% iga barobar.
SHu munosabat bilan BMTga a`zo davlatlar 1982 yilda Vena shahrida o’tkazilgan keksayish muammolariga bag’ishlangan Umumjahon assambleyasida Xalqaro tadbirlar rejasi qabul qilindiki, uning maqsadi “keksa odamlarning ishlab chiqarish va taraqqiyot jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, ularning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga faol integratsiyalashuviga ko’maklashish; keksa odamlar muammolarining muhim gumanitar xususiyatlarini tushunishni chuqurlashtirish; keksalarning ijtimoiy kafolatlarini ta`minlashga yo’naltirilgan dastur va tadbirlarni rivojlantirish va rag’batlantirish; ijtimoiy ta`minot organlari va keksalar uchun mo’ljallangan maxsus tibbiy muassasalarda ishlaydigan xizmatchilarni kasbiy tayyorlash bo’yicha dasturlarni rag’batlantirish va rivojlantirish” qilib belgilandi.
BMT yo’li bilan 1990 yilda BMT ijtimoiy taraqqiyot Komissiyasining keksayish muammolari va ular bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha xalqaro harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Unda, jumladan, barcha hukumatlarga keksayish sohasidagi 2001 yilga mo’ljallangan aniq milliy maqsadlarni belgilash tavsiya qilingan. Rezolyutsiyaning Ilovasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa odamlarga nisbatan tamoyillari mavjud bo’lib, ular qarilik yoshidagi odamlarning hayotini to’laqonli qilish zaruratidan kelib chiqadi, chunki ular orasida (va bu butun dunyo uchun xos) yaxshi sog’liqqa ega bo’lgan shaxslar soni muttasil o’sib bormoqda. o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar yosh o’tishi bilan salomatlikning yomonlashuvini qaytarib bo’lmasligi to’g’risida avvallari mavjud bo’lgan nazariyalarni tasdiqlamayapti.
Keyingi 15 yil davomida qabul qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti, Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va BMTning boshqa muassasalari qabul qilgan konventsiyalar, tavsiyalar va rezolyutsiyalarda Bosh Assambleya barcha hukumatlarni o’zlarining milliy dasturlariga keksa odamlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishlari lozimligini ifodalovchi BMT Tamoyillarini kiritishga chaqirdi:

  • tegishli oziq-ovqat, ichimlik suv, turar joy, kiyim-kechak va tibbiy xizmatga ularning oila, jamoat va o’zaro yordam tomonidan ta`minlanadigan daromadlar yordamida erishishini ta`minlash;

  • ishlash yoki faoliyatning daromad keltiradigan boshqa turlari bilan shug’ullanish; mehnat faoliyati to’xtatiladigan muddatlarni va usullarni belgilashda ishtirok etish;

  • ta`lim va kasbiy tayyorgarlikning tegishli dasturlarida ishtirok etish;

  • xavfsiz va shaxsiy mayllarni hisobga olgan holda moslashtirish mumkin bo’lgan sharoitda yashash;

  • imkoniyat boricha uyda yashash;

  • jamiyat hayotiga jalb etilish, o’zlarining turmush darajasiga bevosita aloqador bo’lgan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish, o’zlarining bilimlari va tajribalarini yosh avlod vakillari bilan o’rtoqlashish;

  • jamoatga xizmat qilish, o’zlarining manfaatlari va imkoniyatlariga mos keladigan ishni ko’ngillilik asosida bajarish;

  • keksa odamlar harakatlari yoki uyushmalarini tuzish;

  • mazkur jamiyat ma`naviy qadriyatlari tizimiga mos ravishda oila va jamoat tomonidan qarov va himoyani ta`minlash;

  • o’zlarining jismoniy, ruhiy va hissiy holatlarining optimal darajasini ushlab turadigan yoki tiklaydigan tibbiy xizmatning ochiqligi, xastalikning boshlanishini to’xtatish yoki oldini olish;

  • ularning mustaqilligini oshirish, muhofazasini kuchaytirish va qarovni yaxshilash maqsadida ijtimoiy va huquqiy xizmatlarni ta`minlash;

  • har qanday muassasada bo’lar ekan, boshpana, qarov va davolashni, shu jumladan, ularning sha`ni, e`tiqodlari, shaxsiy hayoti va ehtiyojlarini, shuningdek, ularga qarov va ularning turmush sifati to’g’risida qaror qabul qilishda inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanishlari;

  • ta`lim, madaniyat, ma`naviy hayot va hordiqqa erishishlari;

  • shaxsiga munosib va xavfsiz turmush tarzi kechirish hamda jismoniy yoki ruhiy zo’rlikka, ekspluatatsiyaga yo’l qo’ymaslik;

  • yoshi, jinsi, irqiy va etnik mansubligidan, nogironligi va boshqa mavqeidan qat`iy nazar, adolatli munosabatda bo’lish va iqtisodiy hissalari darajasiga qaramasdan qadrlanishlari lozim.

Mana shu qoidalardan kelib chiqib, 1990 yilda BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro 1 oktyabrni qariyalar kuni deb e`lon qildi. Birinchi marta bu sana 1991 yilda nishonlandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan, 1999 yil Xalqaro qariyalar yili deb e`lon qilindi. Bu qarorlari bilan BMT keksa odamlarning amaldagi va salohiyatdagi hissalarini e`tirof etdi, shuningdek, yangi demografik hodisa bo’lgan aholining keksayishi va “keksayish davri”ga e`tibor qaratdi.
xozirgi kunda dunyoda 500 000 000 dan ortiq nogironlar bor. Ularning muammolari bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1950 yilda shug’ullana boshladi, - o’shanda BMTning Iqtisodiy-Ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) “Jismoniy kamchiligi borlarni ijtimoiy readaptatsiya qilish” rezolyutsiyasini qabul qildi, unda nogironlarning huquqlarini himoya qilish muammosi birinchi marta global vazifa sifatida olg’a surildi. 1965 yilda eKOSOS “Nogironlarning mehnat layoqatini tiklash”, 1971 yilda esa aqliy qoloq shaxslarning huquqlari Deklaratsiyasini qabul qildi, bu hujjatlarda ularning tegishli tibbiy xizmat va davolashga, ta`lim, o’qish, mehnat layoqatini tiklash va homiylikka bo’lgan huquqlari ko’rsatib o’tildi.
1975 yilda BMT Bosh Assambleyasining XXX sessiyasida nogironlarning huquqlari to’g’risidagi Deklaratsiya tasdiqlandi. Uning asosiy qoidalari.

  1. “Nogiron” iborasi mustaqil ravishda o’zining me`yoriy shaxsiy va ijtimoiy hayotga bo’lgan ehtiyojlarini to’laligicha yoki qisman jismoniy va aqliy qobiliyatlaridagi (tug’ma yoki tug’ma bo’lmagan) kamchiliklar tufayli ta`minlay olmaydigan har qanday shaxsni anglatadi.

  2. Nogironlar foydalanadigan huquqlar hech qanday istisnolarsiz irqiy belgisi, terisining ranggi, jinsi, tili, e`tiqodi, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, tug’ilishi yoki boshqa har qanday omil, nogironlik faqat uning o’ziga yoki oilasiga oidligidan qat`iy nazar, farqlash va diskriminatsiyalarsiz barcha nogironlarga taalluqli deb e`tirof etilishi lozim.

  3. Nogironlar tibbiy, ruhiy yoki funktsional davolanishga, shu jumladan, protez va ortopedik jihozlarga, sog’ligi va jamiyatdagi mavqeini tiklashga, ta`limga, kasbiy tayyorgarlikka, mehnat layoqatini tiklashga, yordamga, maslahatlarga, mehnatga joylashish bo’yicha xizmatlarga va ular o’zlarining imkoniyatlari va layoqatlarini maksimal darajada namoyon qilish va ijtimoiy integratsiya va reintegratsiya jarayonlarini tezlatishga ko’maklashadigan barcha xizmat turlarini olish huquqiga ega.

  4. Nogironlar o’z oilalari sharoitida yoki ularning o’rnini bosadigan sharoitda yashash, ijod qilish yoki hordiq chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etish huquqiga ega. Nogironning maxsus muassasada turish zarurati bo’lsa, u erdagi muhit va hayot sharoitlari uning yoshidagi shaxslar me`yoriy hayoti sharoitlariga imkon boricha ko’proq mos kelishi lozim.

  5. Nogironlar o’z shaxsi va mulkini himoya qilish uchun malakali huquqiy yordam olish imkoniga ega bo’lishlari lozim.

1982 yilda nogironlikning oldini olish maqsadlaridagi tadbirlarga samarali ko’maklashadigan, nogironlarning mehnat layoqatini tiklashga va ijtimoiy hayot va taraqqiyotda adolat va teng ishtirok etish tamoyilini amalga oshirishga yo’naltirilgan nogironlarga nisbatan Umumjahon dasturini qabul qildi.
Nogironlikning oldini olish jismoniy, aqliy va sensor kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini mutlaqo yo’q qilishga yoki kamchilikning barqaror funktsional cheklovga o’tishi oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlarni anglatadi.
Adolat tamoyilining yoki teng imkoniyatlar tamoyilining amalga oshirilishi jismoniy va madaniy muhit, turmush sharoiti va naqliyot, ijtimoiy xizmatlar va sog’liqni saqlash xizmatlari, ta`lim, ish, madaniy va ijtimoiy hayotga, shu jumladan, sport va hordiq olish sharoitlarini olishni yaratishga ko’maklashadigan jamiyatning umumiy tizimlari barcha uchun baravar ochiq qilinadigan jarayonni anglatadi.
Umumjahon harakatlar dasturida nogironlarning barcha darajadagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish, o’zlarining manfaatlarini ifoda etadigan tashkilotlar tuzish imkoniyatlari bo’lishi lozimligi ta`kidlanadi.
XX asr so’nggida yana bir global ijtimoiy muammo – oilaning emirilishi va transformatsiyasi muammosi vujudga keldi. Bu muammoni tadqiq qilish, hozirgi jamiyatda oila huquqlari masalalarida xalqaro ijtimoiy hamkorlikni yo’lga qo’yish tashabbuskori bo’lib Birlashgan Millatlar Tashkiloti maydonga chiqdi.
BMT hujjatlarida oilaning roli juda yuqori baholanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi bo’lar ekan, odamni hissiy, moliyaviy va moddiy qo’llab-quvvatlash uchun tabiiy muhitni ta`minlaydi, madaniy qadriyatlarni saqlash va uzatish muhiti tarbiyaning asosiy muhiti hisoblanadi.
xozirgi oilalar oldida turgan muammolar quyidagilar: qashshoqlik, ishsizlik, migratsiya, maishiy turmushdagi zo’rlashlar, giyohvand moddalarni iste`mol qilish, OITS xastaligi, turmush darajasining pastligi, jinslar tengsizligi natijasida ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya, etnik ozchilikka mansub bo’lgan oilalar a`zolariga nisbatan diskriminatsiya va boshqalar.
BMT hukumatlarga quyidagilarni tavsiya qiladi: birinchidan, milliy siyosatni shakllantirishda oila muammomolarini hisobga olish; ikkinchidan, oilalarga siyosatning tegishli sohalari bo’yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini berish; uchinchidan, oila masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlik va fikr almashishni har tomonlama rivojlantirish; to’rtinchidan, oilaga yo’naltirilgan va quyidagi masalalarni qamrab oladigan dasturlar ishlab chiqish: inson huquqlari, sog’liqni saqlash, ta`lim, uy-joy qurilishi, qishloqlarni rivojlantirish, oziq-ovqat bilan ta`minlash; ishchi kuchi, jinslar tengligi, bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, jinoyatchilikning oldini olish va boshqalarni qamrab oladigan masalalar; beshinchidan, boshqa mamlakatlardagi bolalarni farzandlikka olishning xalqaro masalalarini hal qilishga qaratilgan murvatlarni ishlab chiqish, nikoh va ajralishlarni, migrantlarning o’z oilalari bilan birikishi, qochqinlarning yoki qurolli nizolar natijasida chegaraning ikki tomonida bo’lib qolganlarning holatini e`tirof etish haqidagi xalqaro bitimni ishlab chiqish.
Tavsiyalarda, shuningdek, oilalarga taalluqli barcha tadbirlarda nohukumat tashkilotlar va oilalarning o’zini faol jalb etish; har yilning 15 mayini Xalqaro oila kuni deb e`lon qilish taklif etildi.

o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar


YOshlarning asosiy muammolarini sanab o’ting. Nima uchun aholining aynan mana shu guruhiga xalqaro tashkilotlar alohida e`tibor berishadi?
Rossiya yoshlarining qaysi muammolarini siz eng dolzarb, deb hisoblaysiz? Ularni hal qilishning qanday yo’llarini taklif qila olasiz?
qariyalar va nogironlarning asosiy muammolarini sanab o’ting. Ularga xalqaro tashkilotlarning e`tibori nima sababdan qaratilmoqda? Bu muammolar Rossiyada qanday hal qilinmoqda?
Nima uchun oilani mustahkamlash muammosi xalqaro tashkilotlar e`tiborining ob`ekti bo’lib qoldi?
BMT ning oila muammolariga taalluqli tavsiyalarini amalda qanday qilib ro’yobga chiqarish mumkin?

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish