402
I semestrda o’qitiladigan ma’ruza mashg’ulotlarining mazmuni
1. Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
1-Mavzu. Mikroiqtisodiyot faniga kirish
Resurslarning cheklanganligi. Cheklangan resurslarni taqsimlash. Resurslarni
taqsimlashda narxning ahamiyati. Muvozanatli narxning shakllanishi. Bozor va uning
vazifasi. Bozor bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat. Mulkka egalik qilish. Bozor
almashuvining asosiy sharti. Operatsiyon xarajatlar. Mikroiqtisodiyot fanining
predmeti, maqsad va vazifalari. Pozitiv mikroiqtisodiyot. Normativ mikroiqtisodiyot.
Mikroiqtisodiyot ob’yekti. Mikroiqtisodiyot sub’yektlari. Mikroiqtisodiyot usullari.
Mikroiqtisodiy modellar.
2-Mavzu. Iqtisodiyotning o’nta tamoyili
Odamlar qanday qarorlar qabul qiladilar? Birinchi tamoyil: odamlar tanlaydilar.
Samaradorik va tenglik. Ikkinchi tamoyil: biror narsaning qiymati, nimagadir erishish
uchun nimadandir vos kechish bo`ladi. Muqobil qiymat. Imkoniyatni baholash.
Uchinchi tamoyil: oqil odam chekli vaqtni (pulni, joyni) o`ylaydi. Chekli o`zgarish.
To’rtinchi tamoyil: odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar. Beshinchi tamoyil: savdo
hammaga foydali. Oltinchi tamoyil: bozorlar odatda iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda
yaxshi bir yo`ldir. Markazlashgan holda iqtisodiyotni rejalashtirishga asoslangan tizim.
Bozor iqtisodiyoti. Mikroiqtisodiyot
va
makroiqtisodiyot.
Yettinchi
tamoyil:
hukumatlar ba`zan bozor natijalarini yaxshilashi mumkin. Sakkizinchi tamoyil:
mamlakatning turmush darajasi uning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish qobilyatiga
bog`liqdir. To`qqizinchi tamoyil: qachonki hukumat ko`p pul bosib chiqarsa narxlar
ko`tariladi. O`ninchi tamoyil: inflyatsiya va ishsizlik o`rtasida jamiyatning qisqa
muddatli tanlovi.
3-Mavzu. Talab, taklif va bozor muvozanati
Talab tushunchasi. Talab egri chizig’i. Talab funktsiyasi. Bir omilli va ko’p omilli
talab funktsiyalari. Talabga ta’sir qiluvchi omillar. Talab miqdorining o’zgarishi.
Talabning o’zgarishi. Taklif va taklif miqdori. Taklif egri chizig’i. Taklif funktsiyasi.
Bir omilli va ko’p omilli taklif funktsiyalari. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif
miqdorining o’zgarishi. Taklifning o’zgarishi. Talab va taklif qonunlari. Muvozanat
tushunchasi. Bozor muvozanati. Muvozanatli narx. Muvozanatli mahsulot miqdori.
Muvozanat nuqtasi. Bozorning muvozanatli holatini tiklash hususiyati. Bozor
muvozanatining o’zgarishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: