S - strength. Kuchli tomonlar Sizda hamma narsadan ham yaxshi ko’rsatkichga ega bo’lgan barcha tomonlarni o’z ichiga oladi. Masalan: sizning mahsulotingiz raqobatchilarnikidan yaxshi va do’koningiz qulay joyda joylashgan. Ayni vaqtda sizning ishchi va xizmatchilaringizning malakasi yuqoridir.
W - Weakness. Zaif tomonlar.
Sizning biznesingizning zaif tomonlarini aks ettiradi. Masalan: sizning mahsulotlaringiz raqobatchilarnikiga nisbatan qimmatroq, mahsulotingizni reklama qilish uchun etarli mablag’ingiz yo’q yoki raqobatchilaringiz ko’rsatayotgan xizmatlardek xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega emassiz
O - Opportunities. Imkoniyatlar.
Sizning xududingizda joylashgan va biznesingizga xizmat qilishi mumkin bo’lgan barcha omillar imkoniyatlarni tashkil etadi. Masalan: Sizni do’koningizga o’xshagan do’kon tumaningizda boshqa bo’lmaganligi sababli sizning mahsulotingiz tobora ommalashib bormoqda yoki yangi firmalar ko’plab ochilganligi uchun mijozlaringiz soni ortishi mumkin.
T - Thereats. Xavflar Sizning atrofingizda joylashib, sizni biznesingiz rivojiga salbiy ta’sir o’tkazayotgan barcha omil va vositalar-xavflardir.
Masalan: xuddi shunday mahsulot chiqarayotgan firmalar mavjudligi yoki savdo boyicha soliqlar oshirilishi mumkin, unda mahsulotingiz narxi ko’tariladi, siz esa mahsulotingiz qachongacha ommabop bo’lib turishini bilasiz.
6.2-rasm. SWOT-tahlili mazmuni.
SWOT-quyidagilarni bildiradi: S-strength (kuchli tomonlar); W- Weakness (zaif tomonlar); O - Opportunities (imkoniyatlar); T- Thereats (xavflar).
SWOT-tahlili korxonaning kuchli va zaif tomonlari tahlilini, mumkin bo’lgan xavf-xatarlar muxitini o’rganish va bashorat qilishni (prognozlash), zararni oldini olish boyicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning strategik va joriy (taktik) imkoniyatlari tahlilini, xavflarni oldini olish, zaif tomonlarni qisqartirish boyicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning kuchli tomonlarini mustahkamlash va imkoniyatlarni kengaytirishni ko’zda tutadi. Baholashning mukammalligi va uning biznes-rejada detallashtirish darajasi tahlilning yo’naltirilishiga (kimga va nima uchun) va maqsadlariga bog’liq bo’ladi3.
SWOT-tahlilning asosiy g’oyalarini tushunarli bo’lishi uchun olingan natijalarni jadval shaklida aks ettirish maqsadga muvofiq.
Korxona va uning raqobatchilarining kuchli va zaif tomonlarini baholash va tahlil qilishni jadval ko’rinishida aks ettirish mumkin (6.3-jadval).
6.3-jadval
Korxona va uning raqobatchilarining kuchli va zaif tomonlari tahlili