Asosiy adabiyotlar royxati
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq sо‘zi, 2017 yil 23 dekabr.
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz – Toshkent: «О‘zbekiston» NMIU, 2017.
Maxmudov E.X., Isoqov M.Y. Biznes - rejalashtirish. O’quv qo’llanma. –T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005, – 160 bet.
Густав Берл, Пол Киршнер. Мгновенный бизнес-план.- М.: ИНФРА –М, 2001
Writing Winning Business Plans: How to Prepare a Business Plan that Investors Will Want to Read and Invest In (Rich Dad Advisors). RDA Press, LLC; Reprint edition (May 29, 2012)- 210 pages
KORXONANING TAVSIFI
6.1. Biznes-rejaning rezyumesi
Biznes-reja titul varag’idan boshlanadi2. Biznes-rejani titul varag’i ixcham, tushunarli va jozibador bo’lishi, ortiqcha tafsilotlardan holi tuzilishi kerak. Unda korxonaning nomi manzilgohi, biznes-rejaning nomlanishi va tuzilgan vaqti hamda mualliflari to’g’risida ma’lumotlar ko’rsatiladi. Titul varag’ida ma’lumotlarni oshkor qilmaslik boyicha maxfiylik memorandumi bayon qilinadi, chunki biznes-reja bo’limlarida korxona iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir qiluvchi ma’lumotlar raqobatchilar manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak. Bundan tashqari taqdim etilgan biznes-reja hamkor yoki investorda qiziqish uyg’otmasa muallifga qaytarilishi to’g’risidagi talab joylashtirish mumkin.
Biznes-rejaning kirish qismida uning vazifalari va uni bajaruvchi shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari ushbu loyihani yoki investitsion g’oyani amalga oshirish zarurati nima uchun tug’ilganligini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir.
Biznes-reja yuqorida aytib o’tilganidek, murakkab tuzilmaga ega. Uning bo’limlari tarkibi biznes turiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Biroq shunga qaramay, biznes-rejalarning deyarli barcha turlari tarkibida eng muhim bo’lim sifatida rezume – korxona va bo’lajak biznesning qisqacha tariflanishi mavjud bo’ladi. U foydalanuvchiga biznes-rejaning boshqa bo’limlari bilan detalli ravishda tanishib chiqish maqsadga muvofiqligini aniqlashga yordam berishi lozim.
Rezume - bu korxona, tadbirkor o’z ishini kengaytirishi yoki yangi ish boshlashda o’z oldiga qoygan maqsadlari va biznesi to’g’risidagi qisqa va tez o’qiladigan axborotlardir. Rezyumeni yoki boshqacha aytganda biznes kontseptsiyasini biznes-rejaning eng qisqa talqini sifatida ham tushunish mumkin. Shunga ko’ra u mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi, reklama xujjati sifatida investorga moliyalashtirishni boshlash yoki qo’shimcha mablag’ni jalb qilish uchun talabnoma tarzida taqdim etishda qo’llanilishi mumkin.
Kontseptsiya mazmunini yoritish tartibiga qat’iy talablar qoyilmaydi. Asosiy talab - mazmunan sodda va tushunarli bo’lishi, maxsus atamalardan iloji boricha kamroq foydalanish. Rezyumeni oson esda qolishiga erishish lozim, unda mahsulot chizmasi yoki rasmini ham berish mumkin.
Ushbu bo’lim ustida ishlash juda ham muhim, chunki bu bo’lim investor yoki kreditorlarga ko’ngildagidek ta’sir ko’rsata olmasa ular biznes-rejani oxirigacha ko’rib ham chiqmaydilar. Unutmaslik kerakki, biznes-rejaning aynan shu qismi taqdimot paytida, yangi korxona yoki yangi ivestitsion loyihani amalga oshirish haqida gap borganda asosiy rolni oynaydi.
Rezyume biznes-rejani tayyorlashning so’nggi bosqichida, boshqa bo’limlar haqida hamma narsa ma’lum bo’lgandan so’ng tuziladi. Uning hajmi bir necha varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim.
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur:
mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-rejaning maqsadi, o’ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash;
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
korxona shug’ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash;
boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki haqidagi qisqacha ma’lumotlar;
bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash;
korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan farqi;
loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan daromad va ishlab chiqarishning o’sishi;
belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi;
zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo’nalishlari;
investitsiya qoyilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari;
kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar;
korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va royxatdan o’tkazish haqidagi ma’lumotlar;
korxona rahbariyatining telefonlari.
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g’oyalar, fikr-mulohazalar va ularni amalga oshirish yo’llari «yig’indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil oylab ko’rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy missiyasini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lishi lozim.
Råzyumåni rasmiylashtirishning taxminiy tartibi:
Loyihani mohiyati_______________________________________________________
Taklif etilayotgan biznåsning asosiy ustuvor va nodir jixatlari, uning rivojlanish istiqbollari
Biznås-råjaning maqsadi va vazifalari________________________________________
Iqtisodiy asoslash va loyiha samaradorligi_____________________________________
Asosiy moliyaviy natijalar va invåstor hamda ishlab chiqaruvchi uchun mo`ljallanayotgan, bashorat qilinayotgan samaradorligi.
Firma, tadbirkor to`g`risidagi ma'lumotlar_____________________________________
Korxonaning tashkil etilgan va kångaytirilgan sanasi, tashkiliy huquqiy shakli, kapitalning tuzilmasi (chiqarishga ruhsat bårilgan aktsiyalar soni, chiqarilgan va muomiladagi aktsiyalar soni, ularning nominal qiymati va birja bahosi), korxona hisob raqami ochilgan asosiy bank, korxonaning ixtisoslashuvi va rivojlanish tarixi, asosiy istå'molchilar.
Korxona råsurslari, uning joriy moliyaviy xolati. Tadqiq etilayotgan ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan bozordagi va tarmoqdagi holatining bayoni.
Boshqaruv xodimlari_____________________________________________________
Firma rahbariyati, buxgaltår va yurist, asosiy månådjårlar, ularning malakasi, ma'lumoti, ish staji va boshqa ma'lumotlar.
Firmaning tashkiliy tuzilmasi, undagi asosiy tashkiliy-ishlab chiqarish va boshqaruv bo`linmalari.
Xarajatlar råjasi_________________________________________________________
Korxonaning uzoq muddatli va qisqa muddatli stratågiyasi. Ma'lumotlarni jadval shaklida kåltirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan:
-
Stratågiya
|
Stratågiyani amalga oshirishning aniq vazifalari
|
Tadbirlar råjasi
|
Amalga oshirish muddatlari
|
--------------
|
|
|
|
---------------
|
|
|
|
Moliyalashtirish_________________________________________________________
Invåstitsiyalarga bo`lgan talab, ulardan foydalanish yo`nalishlari, taklif etilayotgan moliyalashtirish manbalari, invåstitsiyalash xavf-xatarlari (tavakkalchiligi).
Qarzga olingan mablag`larni qaytarish råjasi___________________________________
Kråditni kafolatlangan qaytarish muddatlari, invåstitsiyalash shartlari, invåstorning kapital kiritishdan olingan samarasining shakli
Invåstitsiyaning qaytarish kafolatlari_________________________________________
10.Biznås-råjaning yo`naltirilganligi__________________________________________
Invåstor yoki kråditor uchun xamkorlar yoki aktsionårlar uchun ta'sischilar uchun, korxona rahbariyati yoki tadbirkorning o`zi uchun, davlat yoki maxalliy xokimiyatdan yordam olish uchun.
Bo’limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo’nda ifodalay olish imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy qoidalariga bo’lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |