Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporasiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari). Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o`z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o`z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo`yicha to`liq javobgarlikni bo`yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o`zi o`zlashtiradi.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |