Tanqid tufayli bezovta bo’lishdan himoyalanish uchun quyidagilarga rioya qilishingiz lozimbo’ladi:
Esingizdan chiqmasin – Siz qanchalik katta muvaffaqiyatlarga erishsangiz, Sizni shunchalik ko’p tanqid qiladilar. Demak, bu tanqidlarning asosi Sizga havas va Sizday bo’lishga intilishdir. Agar, haqligingizga astoydil ishonsangiz, boshqa odamlar Siz haqingizda nimalar deyishiga ahamiyat bermang va bu haqda bezovtalanmang ham. Olomondan balandroq ko’tarilsangiz, Sizni yomon ko’ra boshlaydilar va Siz bunga ko’nikishingiz kerak bo’ladi. Agar, Sizni noo’rin ayblasalar, ularning betiga qarab kuling – chunki, Siz haqsiz. Qachonlardir bilib- bilmay qilgan bema’ni xatolaringizni yoddan chiqarmang va bundan so’ng bunday xatolarni aslo qaytarmang. Shundagina Siz o’zingizni murakkab holatlarga tushib qolganda ham boshqara olasiz. Xatolaringizda o’zingizdan boshqa hech kim aybdor emasligini esdan chiqarmang. Har kuni kechki paytlarda o’z ustingizda ishlang va shu kuni yo’l qo’ygan kamchiliklaringizni aniqlang, ularni yana qaytarmaslikka urining. Sizni tanqid qilishlarini befarq kutib o’tirmang, o’z- o’zingizning murosasiz tanqidchingiz bo’ling. Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari, bizning o’z haqimizdagi fikrimizga nisbatan haqiqatga ancha yaqinroqligini hech qachon unutmang.
22-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.
O‘zbek yozuvlari tarixi.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Til - aloqa quroli, u vosita.
Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun,nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan».Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir.
Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |