Biznes muloqot va akademik yozuv



Download 1,71 Mb.
bet188/208
Sana25.03.2022
Hajmi1,71 Mb.
#510149
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   208
Bog'liq
Бизнес мулоқот 2019-20

23-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.
Til va nutq.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg`u bo`lsa, bu millatning milliy o`zligini anglash tuyg`usidir. Milliy o`zlikni anglashning birinchi belgisi esa bu milliy tilni bilish demakdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatning ulkan yutug`i, xalq ma’naviy hayoti rivojining ko`zgusi hamdir. Til shu til egasi bo`lgan xalqqa kuch va qudrat, ruhiy barkamollik beradi, milliy faxr-iftixor tuyg`usini shakllantiradi. Shaxsning madaniy va ma’naviy saviyasi uning ona tilini mukammal bilishi bilan belgilanadi. O`z ona tilisini bilmagan kishi boshqa xalqlarning tillarini bilgan taqdirda ham uning qadriga yeta olmaydi.
Ta’lim sohasida ham davlat tilining mavqeini tiklashga yo`naltirilgan sa’y-harakatlar o’z samarasini bermoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to`g`risida”gi qonun oliy o`quv yurtlari zimmasiga barcha fanlar qatori rus guruhlarida o`zbek tili ta’limini yanada takomillashtirish vazifasini qo`ydi. Jumladan, bo`lajak iqtisodchi-pedagoglarni, oliy o`quv yurtining rus guruhlaridagi talabalarni iqtisodiyot materiallari asosida davlat tili – o`zbek tilidan foydalanishga o`rgatish, og`zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy sohada hamda iqtisodiyot doirasida turli matnlar tuza olish va matnlarni isloh qilish malakalarini shakllantirish, muayyan nutqiy vaziyatlarda tilga xos grammatik bilimlarni berish dolzarb vazifalardan biridir.
Hozirgi chet tillarini o`rganishga qiziqish kuchaygan bir vaqtda davlat tili – o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada ortmoqda. Ma’lumki, rus guruhlarida o`zbek tilining to`liq grammatikasini nazariy fikrlar asosida tushuntirish ancha qiyinchiliklarni tug`diradi. Talabalarning ham o`zlashtirishlari oson kechmaydi. Shuning uchun rusiyzabon talabalarga o`zbek tili fanini o`qitishning ham oson, ham samarali usullaridan foydalangan ma’qul. Buning uchun har bir o`qituvchi pedagog zamon talablari asosidagi bilim saviyasiga, yetuk malaka mahoratiga ega bo`lmog`i lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar jadal sur’atlar bilan ta’lim sohasiga kirib kelmoqda. Bu jarayon ta’limning an’anaviy usullarini takomillashtirishda, darsning yangicha usullaridan unumli foydalanishda, darslarni elektron versiya, multimedia hamda slaydlar vositasida o`tishda takomillashishi mumkin. Bunda talaba yangi mavzuni faqatgina eshitib qolmay, balki slaydlarni ko`rish orqali tezroq qabul qiladi.
Rus guruhlarida o`zbek tili grammatikasidan, nazariy bilimlardan matnlar va misollarga qarab emas, aksincha, matnlarni og`zaki va yozma tarzda ishlash orqali o`zbek tilining grammatikasini tushuntirib borishga erishish kerak. Chunki talabalar matnni osonroq qabul qiladilar. Matndagi murakkab so`zlarning ma’nosini aniqlash orqali ular lug`at bilan ishlashni o`rganadilar. Iqtisodiyotga oid matnlardan foydalanganda talabalar iqtisodiy terminlar bilan tanishadilar, ularning o`zbek va rus tilidagi muqobillarini topishga harakat qiladilar. Rus guruhlarida o`zbek adabiyotining namunalaridan foydalanish ham talabalarning og`zaki nutqlarini o`stirishga, badiiy nafosatni his qilishlariga yordam beradi. Lirikaning go`zal parchalarini yod olish, hikoya va qissalarni ifodali o`qish, xalq maqollari va hikmatli so`zlarni o`rganish orqali ham talabalarning o`zbek tiliga bo`lgan qiziqishlarini orttirish mumkin. Tilni o`rganish, uning nozik qirralarini ilg`ash, tilga bo`lgan e’tiborni kuchaytirish orqali talabalarning ma’naviyatini shakllantirish, ularning ma’naviy yuksalishiga ko`maklashish lozim. Umuman olganda, o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan dars usullari doimo talabalarning darsga bo`lgan qiziqishlarini orttirishga, mavzularni yengilroq o`zlashtirishlariga yordam beradi. Dars usullarining rang-barangligi esa pedagogning mahoratiga bog`liqdir. Shuningdek, talabalarda tilni anglash hissini o`stirish ularning ma’naviyatini boyitishga xizmat qilishini unutmasligimiz kerak.
Til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo`lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining asoschisi ulug` Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida so`zning sharafli sifatlari haqida so`zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf bila nutqning olami (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur." Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo`lmaydi va bu tilning ofati bo`ladi. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin o`zaro aloqador ikki ijtimoiy, ruhiy-ma’naviy hodisadir. Ya’ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo`lsa, nutq so`zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir auditoriyada o`tirgan talabalarning gaplashadigan tillari bir bo`lsa-da, lekin nutqlari har xil bo`lishi tabiiy. Birining nutqi salohiyatli bo`lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida bo`lmasligi mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo`lib qolmasdan, balki dunyoni ko`rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o`z qobiliyati, so`z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va so`zlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulug` bir talab qo’yiladi: o`ynab gapirsang ham, o`ylab gapir. Zero, nutq aqlning tarozisi, aqlning o`lchovi. Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarur darajada bilishimizga bog`liqdir. Bundan tashqari, tilning ruhiy va estetik hodisa ekanligini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli - ummon. Unda barcha fikrlar uchun «libos»lar topiladi. Lekin tilning jozibasi, kamalak misol tovlanishi bevosita nutq orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan nutq jarayonida tilning jozibasi, jilolanishi, mo`jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois nutq sohibi so`zlarning o`z va ko`chma ma’nolarini to`la anglashi, har bir so`zning uslubiy mezonlarini, ma’no qirralarini ongli idrok etishi talab etiladi.
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to`plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go`zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy funktsiyasi kishilar o`rtasidagi aloqani ta’minlashdir.Nutq til vositalari orqali so`zlashish, muomala jarayonidir. So`nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til umumiylik, nutq esa xususiylik belgilari bilan farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo`lib, ikkalasi ham jamiyatga xizmat qiladi.
Har ikkala soha, ya’ni til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Ularning har ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta’sirchan, o`tkir bo`lishi uchun kurashadi. Insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini o`stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy go`zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko`radi. Ammo, shunga qaramasdan bizning nazarimizda nutqiy san’at ma’nosidagi notiqlikni, ya’ni favqulodda nutqiy mahorat va qobiliyat bo`lgan notiqlikni ommaviy nutqdan farqlash lozim. Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og`zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. Notiqlikda qobiliyat va mahoratning mehnat bilan qo`shilib ketaganini ko`rish mumkin. Har bir xalqning o`tmish madaniy hayotida u xalqdan yetishib chiqqan va chin ma’noda notiq degan nomga sazovor bo`lgan mo`’tabar shaxslarning unchalik ko`p emasligi ham aslida ana shunday omil tufaylidir.



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish