t/r
|
Fan mavzularining nomi
|
Jami
|
Shujumladan
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Mustaqilta’lim
|
I modul. Biznes muloqot
|
1.
|
“Biznes muloqot va akademik yozuv” faniningmazmunivavazifalari
|
4
|
|
2
|
2
|
2.
|
Biznesmuloqotvanutqiyfaoliyat
|
4
|
|
2
|
2
|
3.
|
Muloqot shakllari
|
4
|
|
2
|
2
|
4
|
Ogzaki muloqot
|
4
|
|
2
|
2
|
5.
|
Yozma muloqot
|
3
|
|
2
|
1
|
6.
|
Biznesda muhokama
|
4
|
|
2
|
2
|
7.
|
Muloqot texnikasi
|
3
|
|
2
|
1
|
8.
|
Jamoa o‘rtasidagi muloqot
|
4
|
|
2
|
2
|
9.
|
Etiket va uning xususiyatlari
|
4
|
|
2
|
2
|
II modul. Akademik yozuv
|
10.
|
Mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning imlosi
|
4
|
|
2
|
2
|
11.
|
Iqtisodiy terminlarning yasalishi
|
4
|
|
2
|
2
|
12.
|
Matnyaratishningo‘zigaxosxususiyatlari
|
4
|
|
2
|
2
|
13.
|
Matn tahlili va tahriri
|
4
|
|
2
|
2
|
14.
|
Iqtisodiy hujjatlarni yaratish va yozish
|
4
|
|
2
|
2
|
15.
|
Hujjatlar va savodxonlik
|
4
|
|
2
|
2
|
16.
|
Iqtisodiy matnlar va matnlar yaratish
|
4
|
|
2
|
2
|
17.
|
Esse va taqriz yozish
|
4
|
|
2
|
2
|
18.
|
Maqola va prez-reliz yozish
|
4
|
|
2
|
2
|
II semester bo‘yicha jami
|
70
|
|
36
|
34
|
ASOSIY QISM
1.Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Fan bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan
2.Fanning amaliy mashg‘ulotlari mazmuni
1-modul. Biznes muloqot
1-mavzu.“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining mazmuni va vazifalari
Fannining predmetiva vazifalari. Biznes muloqot va akademik yozuv haqida tushuncha. Biznesni tashkil etishda muloqotning ahamiyati.Мatnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar,ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining predmeti va obyekti. Iqtisodiyotga tegishli so‘z va terminlarning qo‘shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring. Rus va boshqa tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali yasalgan 20 ta qo‘shma (iqtisodiy) so‘zni yozing va ularning har biriga gap tuzing. Rostgo‘ylik haqidagi maqollarga 10 ta namuna ayting.10 ta iqtisodiy so‘z tanlang va ushbu so‘zlar ishtirokida tezis tuzing. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Talabaning odobi” mavzusida nutq tayyorlang. Kredit to‘g‘risida 200 soʻzdan iborat matn tayyorlang.
2-mavzu.Biznes muloqot va nutqiy faoliyat
Biznes muloqot. Muloqot jarayoni.Muloqotning maqsadi. Muloqot va uning turlari. Rasmiy va norasmiy muloqot. Kommunikatsiya jarayoni. Muloqotning maqsadlari. Muloqotning biznesdagi o‘rni. “So‘z ustasi” texnikasi bilan tanishing. Berilgan mavzular boʻyicha monologik muloqot tayyorlang. Moliya tizimi to‘g‘risida 200 ta soʻzdan iborat matn tayyorlang. “Sug‘urta kompaniyasida” mavzusida dialogik matn tayyorlang. Quyidagi so‘zlarning qarshisiga qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni yozib chiqing. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Xayrlashish odobi” mavzusida nutqtayyorlang. Do‘stlik haqidagi maqollarga 10 ta namuna ayting. Iqtisodiy so‘z tanlang va ularning sinonimlarini yozing. Ushbu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Sharq mutafakkirlarining nutq odobi va til haqidagi fikrlaridan namunalar yozing.
3-mavzu.Muloqot shakllari
Muloqot shakllari.Tashqi va ichki shakllar. Muloqotning to‘siqlari. Jismoniy, semantik, ijtimoiy psixoligik, vositaning no‘to‘g‘ri tanlanishi. Samarali muloqot prinsiplari: aniqlik, tezlik, ishonchlilik, to‘liqlik, mazmunlik, maxfiylik. “Oʻzbekistoning kelajagi porloq” mavzusida nutq tayyorlang. Frazeologik ibora, maqol, matallardan foydalaning. Nutq ko’tarinki ohangga ega boʻlishi kerak. Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida 200 ta soʻzdan iborat matn tayyorlang.“Xodimlar bo‘limida” mavzusida dialogik matn tayyorlang. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Tabriknoma odobi” mavzusida nutqtayyorlang.Hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang. Biznesmen etiketi matnini o‘qib, og‘zaki so‘zlab bering. “Konferensiyada” mavzusida dialogik matn tayyorlang. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “So‘zlashish odobi” mavzusida nutq tayyorlang. Buxgalteriya to‘g‘risida 200 ta soʻzdan iborat matn tayyorlang.
4-mavzu.Ogzaki muloqot
Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. O‘gzaki muloqot afzalliklari. Og‘zaki muloqot cheklovlari. Og‘zaki muloqotning ikki tomoni. Verbal va noverbal muloqot. Noverbal muloqotning ahamiyati. Xatti-harakatlar tili: biologik, madaniy, ko‘rinish, yuz ifodasi, ko‘z orqali, tabassum, gavdani tutish, imo-ishora, kiyim va aksessuar. Matbuot sahifalaridagi gʻaliz va chalkash, nutqning aniqligi buzilgan namunalardan misollar keltiring. Quyidagi mavzularni yoritishda qoʻl keladigan maqol, matal, hikmatli so‘z va ibratli hikoyat-rivoyatlarni toping va ulardan foydalanib nutq tayyorlang. “Notarius idorasida” mavzusida dialogik matn tayyorlang. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Kiyinish odobi” mavzusida nutq tayyorlang.Muloqot odobi to‘g‘risida 200 ta soʻzdan iborat matn tayyorlang. G‘aznachilik to‘g‘risida 200 soʻzdan iborat matn tayyorlang. Mehmondo‘stlik haqidagi maqollarga 10 ta namuna ayting.10 ta iqtisodiy so‘z tanlang va ushbu so‘zlar ishtirokida glossariy tuzing.
5-mavzu.Yozma muloqot
Yozma muloqotva uning xususiyatlari. Muvofiqlashtirish va so‘zlarni tanlash. Yozma kommunikatsiya. Tanish so‘zlardan foydalanish. Gaplarning xususiyatlari. Abzastning xususiyatlari. Yozuv texnikasi. Gaplarni to‘g‘ri yozish.“Bozordagi muloqot” mavzusida dialogik matn tayyorlang. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Do‘stlik odobi” mavzusida nutq tayyorlang.Nutqning to‘g‘riligiga putur yetkazuvchi, leksik me’yordan tashqari bo‘lgan so‘zlarga 20 ta misol yozing. Ishbilarmonlik to‘g‘risida 200 ta soʻzdan iborat matn tayyorlang. 10 ta iqtisodiy so‘z tanlang va ushbu so‘zlar ishtirokida buyruq gaplar tuzing. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Ovqatlanish odobi” mavzusida nutq tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |