O‘quv-uslubiybo‘limtomonidan ro‘yxatga olindi:
№___________________
2019-yil “____”__________
|
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent moliyainstituti
O‘quv ishlari bo‘yichа prorektor
____________I.N.Qo‘ziyev
2019-yil “____”_________
|
BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200000
|
–Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–Iqtisod
|
|
|
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
5230100
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha)
|
|
5230200
|
– Menejment (xizmatlar sohasi)
|
|
5230600
|
– Moliya
|
|
5230700
|
– Bank ishi
|
|
5230800
|
– Soliqlar va soliqqa tortish
|
|
5230900
|
– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
|
|
5231200
|
– Sug‘urta ishi
|
|
5231300
|
– Pensiya ishi
|
|
5231500
|
– Baholash ishi
|
|
5232000
|
– Davlat byudjetining g‘azna ijrosi
|
|
5232100
| |
|
5233400
|
– Iqtisodiy xavfsizlik
|
|
5232700
|
– Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
|
|
5232800
|
– Elektron tijorat
|
|
5233800
| |
|
5233900
| |
|
5234000
|
Byudjet hisobi va nazorati
|
|
5234400
|
Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
|
Toshkent – 2019
Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2019-yil “___” __________dagi ___-sonli buyrug‘i (buyruqning ___-ilovasi) bilan tasdiqlangan “Biznes muloqot va akademik yozuv” Fan dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
|
N.Husanov
|
–TMI “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi,
professor, f.f.d.;
|
|
R.Xo‘jaqulova
|
–TMI “O‘zbek va xorijiy tillar”kafedrasi,
katta o‘qituvchi
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Y.Qurbonova
|
–TIQXMMI, “Tillar” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
|
|
Saparov
|
–TMI,“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi kafedraning 2019-yil “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, Bank ishi fakultet Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri:
201__yil “___”_____________ f.f.d., prof. N.Husanov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Bank ishi fakulteti Kengashining 2019-yil “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, O‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Bank ishi” fakulteti dekani:
201__ yil “___”____________ dotsent R.Saidov
Fanning ishchi o‘quv dasturi institut O‘quv-uslibiy Kengashining 2019-yil “___”__________ dagi “____”-sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash kotibi:
2019- yil “___”____________ i.f.n., dots. T.M.Baymuratov
Kirish
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani talabalarda zamon talablariga mos ravishda biznesdagi muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ilmiy savodxonlikni takomillashtirishdan iborat. Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta’lim “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining keng qo‘llanishini talab qiladi. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fani notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, nutqning tarkibiy qismlari, notiqlik masalalarini, shuningdek, iqtisodiy matnga so‘z va atamalarni tanlash, matnlarni tuzish, ularni kyengaytirish va qisqartirish, matnlarni tahlil va tahrir qilish, iqtisodiyotga oid hujjatlarni to‘g‘ri yozish va yaratish kabilarni qamrab olgan.
I. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Bakalavriat talabalari o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda biznes muloqot tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya, iqtisodiy hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lishi kerak. U o‘z fikrini zamonaviy bozor iqtisodi sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq, to‘g‘ri, izchil, mantiqli, ta’sirli va ravshan ifoda etishi lozim. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar biznes muloqotning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutq turlari va nutqiy faoliyatni, nutq tuzish usullari va notiqlik mahoratini yaxshi egallashi zarur.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavriat talabalarida mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, mutaxassisligiga doir ilmiy ishlar va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni, to‘g‘ri va mantiqli so‘zlashni, notiqlik mahoratini egallashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |