Fanning vazifasi –
talabalarga iqtisodiyot sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida biznes so'ziga quyidagicha ta’rif berilgan: BIZNES (ing. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot); foyda olish maqsadlari ko’zlangan va qonunlarga xilof bo’lmagan har qanday tashkiliy faoliyat. Milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi; B. xo’jalik yuritish ko’lamiga qarab, yirik, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Yirik B. Ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo’lgan, o’rta B. esa 20 – 500 kishi band bo’lgan korxona (firma)lar, kichik B. 10 – 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va o’rta B.ga, asosan, yirik i.ch., ko’p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik B. qishloq xo’jaligi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik B. sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va bois u keng tarqalgan.
«Biznes muloqot» atamasi biznesni yuritish, tashkilotning boshqaruvi, ixtiyoriy tashkilotni rasmiy ishlariga rahbarlik qilish va shu kabilarni rasmiy maqsadda yuboradigan va qabul qiladigan barcha xabarlarni ifodalashda ishlatiladi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |