Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida soliq agentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga bildirish xati yuboradi.
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi o‘n kun ichida jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritishi shart.
Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.
Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Soliq to‘lovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xato to‘g‘risidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.
IJTIMOIY SOLIQ Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
Soliq solish obyekti
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.