Biznes boshqaruv asoslari



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/301
Sana07.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#326471
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   301
Bog'liq
biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua 2

1.
 
Rejalashtirish
 
2.
 
Tashkil qilish
 
3.
 
Motivatsiya
 
4.
 
Nazorat
 
Rejalashtirish - 
faoliyat maqsadlarini , buning uchun zarur bo`lgan resurslarni
 
aniqlash , 
maqsadlarga  erishish  usullarini  ishlab  chiqish  ,  tashkilotni  kelajakdagi  rivojlanishini  prognoz 
qilish. 
Tashkil  qilish  - 
tashkilot  tuzilmasini  shakllantirish  ,  uni  resurslar  (moddiy,  moliyaviy, 
mexnat) bilan taminlash.  
Motivatsiya  - 
xodimlarni  faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy  jixatdan rag`batlantirish 
hamda  xodimlarning  ijodiy  salohiyatini  rivojlantirish  uchun  sharoitlar  yaratish  yordamida 
tashkilot maqsadlariga erishishni ko`zlab samarali ishlashga ruxlantirish. 
Nazorat  - 
ish  natijalarini  miqdoriy  va  sifat  jixatdan  baxolash  hamda  xisobini  olish, 
rejalarni , meyorlarni , qarorlarni korrektirovka qilish. 
Menejment  butun  boshqaruv  tizimining  uzluksiz  amal  qilishi jarayonini  ifodalaydi.  U  
mehnat  jarayonining  barcha  xususiyatlariga  ega.  Umuman  menejment  jarayonini  texnologiya  
(qanday  amalga  oshiriladi),  tashkil  etish  (kim  va  qanday  tartibda)  nuqtai  nazaridan  tavsiflash  
mumkin.  Menejment  jarayoni  mazmunining  uch  jihatini  ajratish  mumkin:  texnikaviy,  ishlab  
chiqarish,  iqtisodiy  va ijtimoiy.  Texnikaviy jihatdan  -  bu  mahsulot  ishlab  chiqarish,  metall 
yoki  neft  ajratib  olishni  boshqarish;  ishlab  chiqarishda  -  bu  ishlab chiqarishni  tashkil  etish  
jarayoni,  ya’ni  bo‘linma,  sex,  korxonalar o‘zaro  ta’sirini  boshqarish,  iqtisodiy  jihatdan  ishlab  
chiqarish,  ish kuchi  va  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tizimiga  rahbarlik  qilish, ijtimoiy  jihatdan  
-    bu    mehnat    jamoasi    ijtimoiy    ehtiyojlarini    qondirish,    insonni   tarbiyalashdir.    Menejment  
jarayoni    texnologiyasi    menejment    xodimlari    tomonidan    bajariladigan    operatsiya    va  
amallardan  iboratdir.Shunday  qilib,  menejment  jarayoni  rahbar  va  boshqaruv  apparatining  
qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  kishilarning  birgalikdagi  faoliyatini  muvofiqlashtirish  
boyicha  maqsadli  harakat  qilishidir.  Menejment  faoliyatini  amalga  oshirish  tartibiga  ko‘ra  
                                                           
 
 


uni quyidagi  bosqichlarga  bo‘lish  mumkin:  maqsad,  vaziyat,  muammo, qaror  qabul  qilish. 
Har  bir  ta’sir  etishni  amalga  oshirishdan  avval  uning  maqsadi aniqlanishi  lozim,  chunki  
boshqaruv  m a’lum  maqsadga  erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi 
boshqaruv jarayonidagi  vaziyatni  tahlil etishdan  iborat.  U  tizim ning  holatini baholash,  uni  
yaxshilash   yo‘llarini  izlash   yoki  undagi  salbiy  hislat- larni  bartaraf  qilish  bilan  bog'liq  
ishlarni    tavsiflaydi.    Muammo    bosqichida    tizimning    hozirgi    holatini    uning    rivojlantirish  
maqsadiga nisbatan  qarama-qarshiliklarini  aniqlash ko‘zda  tutiladi.  Qaror qabul qilish  bosqichi  
rahbarning    amalda    tashkiliy    faoliyatiga    o‘tishini    ifodalab,    qaror  qabul  qilish  bilan 
boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi. Menejment  jarayonini,  shuningdek,  quyidagi  
davrlarga  bo‘lish mumkin:  maqsad  qo‘yish,  axborot  faoliyati,  tahliliy faoliyat,  menejment 
tizimida  tashkiliy-amaliy  faoliyat  va  harakatlar  variantlarini  tanlash. Menejment  operatsiyalari  
-    rahbar    va    boshqaruv    apparatining  oddiy  harakatlari  bo‘lib,    ularning  tartibi  va  birikishi 
natijasida boshqaruv jarayoni  tashkil  topadi.  Masalan,  tahliliy  faoliyat  uchun  korxonaning 
yillik    va    oylik    hisobotlarini    olish,    ular    bo‘yicha    tadbirlar    ishlab  chiqish    hamda    ularni  
boshqaruv  jarayoniga  tatbiq  qilish  lozim.Boshqaruv  jarayonini  amalga  oshirish  vositalariga,  
eng  avvalo,  axborotni  kiritish  lozim.  Menejment  operatsiyalarining  katta qismi  axborot  bilan  
ishlashdan  iboratdir.  Boshqaruv  apparati  ishida keng  qo‘llaniladigan  texnika  vositalari  ham  
shular    jumlasiga    kiradi.    Bular    axborot    olish    va    qayta    ishlash    vositalari    va    an’anaviy 
orgtexnika  vositalaridir.Menejment  operatsiyasini  amalga  oshirish  usullari  -  axborot-tahlil  va  
tashkiliy  faoliyatdir.  Axborot-tahlil  faoliyat  axborot  yig'ish, saqlash,  tarqatish  va  qayta  ishlash,  
tahlil,    hisob,    qarorlar    variantlarini    ishlashdan    iborat.    Tashkiliy    faoliyatga    -    tushuntirish,  
ishontirish,    rag'batlantirish    va    vazifalarni    taqsimlash    usullari,    faoliyatni  nazorat    qilish,  
majburlash va  h.k.lar kiradi.  Menejment  uchun  faqat nimani  qanday  qilishni  hal  etish  emas,  
balki  tashkil  etish,  qiziqtirish,  ishontirish,  tushuntirish,  nazorat  qilish  ham  zarur.  Ayni  shu 
operatsiyalar  yig'indisidan  rahbarning  tashkiliy  faoliyati  tashkil topadi.Menejment  jarayonini  
tashkil  etishda  biznes-reja  va  ta’minot, moliyalashtirish  va  biznes-reja,  narxni  belgilash  va  
kredit    berish  funksiyalarini    bog'lashni    ta’minlash,    menejment    tizimi    ayrim    unsurlarini  
(maqsad-usul,  maqsad  va  kadrlar,  qarorlar  va  usullar, usuliar  va  tarkib)  muvofiqlashtirish,  
boshqaruv    kadrlarini    tayyorlash,    fan-texnika    yutuqlarini    joriy    etishni    ta’minlash  
zarur.Korxonalarga    erkinlik    va    mustaqillik    berilishi    bilan    hal    qilinishi  lozim    bo‘lgan 
menejment jarayonini  tashkil etish bilan bog'liq muhim muammo  rasman  bir-biri  bilan  bog'liq  
bo‘lmagan  boshqaruv  tashkilot-lari  o‘rtasidagi  gorizontal  aloqalarni  amalga  oshirish  bo‘lib  
qoldi (masalan,  korxona  va  mahsulot  iste’molchilari,  xom  ashyo  bilan ta’minlovchilar  va  
korxona  o‘rtasida  va  h.k.). Menejmentning  jarayon  sifatidagi  mohiyati  uning   vazifalarida 
ifodalanadi.    Menejment    vazifalari    deganda    boshqaruv    bo‘yicha  ma’lum    masalalarni    hal  
etishga  qaratilgan  harakat  yig'indisi  tushuniladi.  Menejment  vazifalari,  avvalo,  boshqariluvchi  
obyektning o‘ziga  xos  xususiyatidan  kelib  chiqadi.  Ishlab  chiqarish  tarkibiga mos  ravishda  
quyidagilarni  aks  ettiruvchi  vazifalar  mavjud  bo‘ladi: 
-  iqtisodiyotning  tarmoq  tarkibini; 
-  uning  hududiy  tarkibini; 
-  ishlab  chiqarishning  alohida  unsurlarini. 
Milliy    xo‘jalikning    tarmoq    tarkibi    menejment    oldiga    moddiy  ishlab    chiqarishni  
boshqarish  va  nomoddiy  ishlab  chiqarishni boshqarish  kabi  vazifa  qo‘yadi.  Birinchi  soha  
tarkibida  ishlab  chiqarish  va  muomala  sohalarini  boshqarishni  ajratadilar.  Ishlab  chiqarish  
sohasini  boshqarishga  sanoat  va  uning  tarmoqlarini  boshqarish,  qurilishni,  tansport,  aloqani  
boshqarish  vazifalari;  muomala sohasini  boshqarish  vazifalariga  -  savdoni,  m oliya,  moddiy-
texnikaviy    ta’minot,    madaniyat,    ta’lim    sohalarini    boshqarishni  qam-rab    oladi.Ishlab  
chiqarishni  boshqarish  vazifalarining  hududiy  tarkibiga respublika,  viloyat,  shahar,  tuman  
miqyosidagi    menejment    vazifalari    kiradi.    Ishlab  chiqarishning    boshlang'ich    bo‘g'ini    -  
korxonani    boshqarish    muhim    vazifadir.    Menejment    vazifalari    boshqaruv  tashkilotlari,  
bajaruvchilar  va  boshqaruv  apparati  vazifalarini  belgilab  beradi. 
Bjahqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil etish har   bir   vazifada  ish  
hajmi,    boshqaruvchi    xodimlar    sonini    aniqlash,  va    nihoyat,    boshqaruv    apparati    tarkibini  


loyihalash  uchun  asos bo‘lib  xizmat  qiladi.  Boshqaruv  tashkilotining  asosiy  va  aniq  vazifalari  
ajratiladi.  Asosiy  vazifalar  har  bir  korxona  va  boshqaruvning barcha  darajasi  uchun  xosdir.  
Ular  jumlasiga  quyidagilar  kiradi: 
a)  marketing;   
b)  biznes-reja;   
d)  tartibga  solish;   
e)  tashkil  etish;  
g) rag‘batlantirish;   
g)  nazorat  va  hisob;   
h)  undash;   
i)  rejalashtirish. 
G‘arb  menejmentining  bugungi  zamonaviy    nazariyasi  boshqarish  funksiyalarini 
turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: 

 
rejalashtirish; 

 
tashkil qilish; 

 
tartibga solish va muvofiqlashtirish; 

 
nazorat; 

 
rag‘batlantirish (motivlashtirish). 
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib, chiqadi. 
Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida: 

 
loyihalash; 

 
konstruktorlik; 

 
rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi.  
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, 

 
 maxsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 

 
 mexnat normalari, materillari sarfini belgilash; 

 
asbob-uskunalarni  tayyorlash  kabi  ishlarni  bajarish  bilan  bog‘liq  funksiyalar  paydo 
bo‘ladi. 
 
             Endi quyida boshqaruv funksiyalariga atroflicha to‘xtalamiz: 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish