Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun
jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida taʻkidlaganimizdek, boshqaruv
mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi. G’arb menejmentining bugungi
zamonaviy nazariyasi boshqarish
funktsiyalarini tasniflashda,
eng avvalo,
uning quyidagi asosiy
(umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
ragʻbatlantirish (motivlashtirish).
Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida quyidagi
izchillikda amalga oshiriladi (2-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: