Iqtisodiy siyosat - davlat tomonidan mamlakat oldida turgan yaqin va uzoq kelajakdagi vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan hamda amalga oshrilishi mo‘ljallanayotgan iqtisodiy, siyosiy va boshqa tadbirlar yig‘indisi.
Ijara - yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning keng tarqalgan turi. Uning maqsadi vaqtincha bo‘sh turgan asosiy ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq va yuksak unum bilan foydalanishga erishishdan iboratdir.
Import - mamlakatga chet el tovarlarining olib kelinishi.
Investitsiya - foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obektlariga qo‘shilayotgan mulkiy boyliklar yoki boshqa turdagi huquqlar, shuningdek intellektual mulk shaklidagi sarmoyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |