Kapital qo‘yilma - ma’lum maqsad uchun, ko‘pchilik hollarda muayyan obektlar qurilishi yoki ta’mirlanishi, yangi quvvatlarni o‘zlashtirilishi uchun davlat markaziy yoki mahalliy mablag‘lari, korxona mablag‘lari hisobidan moliyaviy fondlarning ajratilishi.
Kassa rejasi - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muayyan davr (yil, kvartal, oy) davomida naqd pul tushumlarini va ish haqi hamda boshqa maqsadlar uchun xarajatlarini oldindan taxmin qilish asosida belgilanishi.
Kommunikatsiya - (lot. commuriicatio - xabar, uzatish), muloqot, fikr, ma’lumot, g‘oya va b. almashish; u yoki bu mazmunni bir ongdan ikkinchisiga (jamoaviy yoki individual) uzatish.
Konsignatsiya - bir tomon (konsegnant) topshiriqi bilan ikkinchi taraf (konsegnator) o‘z nomidan, ammo konsignant hisobidan chet eldagi omborda bo‘lgan tovarlarni sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |