BIZ YOSHLAR TERRORIZMGA QARSHIMIZ REJA: - Terrorizm nima?
- Terrorizmning asl maqsadi
- Terrorchilar amalga oshirayotgan qo’poruvchilik harakatlari
- Terrorizmga qarshi kurash harakatlari
Terrorizm nima? Terrorizm (lotincha. terror - qoʻrqinch, dahshat) - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (masalan: ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Terrorizm nima? Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, odamlarni garovga olish va hokozolar). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorizm nima? Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik (internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali taxdid) paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes bilan bogʻlikligi, aralashib ketishi kuzatila boshlandi. Terrorizmning asl maqsadi Terror harakatlaridan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri, ko‘proq odamlar fikriga ta'sir o‘tkazish uchun qilinadigan taxdid yoki kuch ishlatishdir. Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri bunday harakat tarafdorlarining "zo‘rlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, - degan g‘oyaga asoslanib harakat qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Uning yana bir xususiyati hyech qanday urush bo‘lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo‘rlik yo‘li bilan hal qilishga intilishda ko‘rinadi. Terrorizmning asl maqsadi Terrorizmning asl maqsadi hokimiyatni egallash va terrorchi tashkilotlar ushbu maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o‘rtasida birinchi navbatda millatchilik va diniy ayirmachilikni
keltirib chiqarish va shu yo‘l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o‘rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirishga ham urinmoqda.
Terrorizmning asl maqsadi Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmoqda. Terrorizmning asl maqsadi Terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga to’siq bo'lmoqda. Terrorchilar amalga oshirayotgan qo’poruvchilik harakatlari Terrorizmning qonli izi qit’alarni egallagan ekan, bu ofatning har qaysi mamlakat, har qanday xalq hayotiga tahdid solishi mumkinligi ayon bo’lib bormoqda. Terrorchilar amalga oshirayotgan qo’poruvchilik harakatlari Eng qudratli va rivojlangan davlatlar ham uning zarbasidan chetda qolmaganligi bugungi kunda hammaga ayon bo‘lmoqda. Ayni vaqtda u ichki siyosiy barqaror mamlakatlarda ham pay-do bo‘la boshladi. Terrorizmga qarshi kurash harakatlari Terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha aksariyat mamlakatlarda koʻp tomonlama konvensiyalar va qonun aktlari qabul qilinmoqda. Terrorizmga qarshi kurash harakatlari Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilingan. Ushbu qonunga ko’ra tinchligimizga, osoyishtaligimizga raxna soluvchi shaxslar albatta jazosini oladilar. Terrorizmga qarshi kurash harakatlari Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo'lib qolmog'i lozim.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |