Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma’naviyat hamda ta’lim tizimiga ham qat’iy ravishda kirib keldi.
«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi hamda san’at, hunar hamda fan haqidagi ta’limot tushinchasiga mos keladi.
Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logosg` ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.
O’qitish texnologiyasi esa, o’quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda ta’lim maqsadlari va o’quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik tizimning vazifasini ta’minlovchi nazariy loyhadir.
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va o’quvchining bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalga bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarda pedagoglarida o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish ko‘nikma-malakalarini takomillashtirish.
pedagogik kompetentlik asoslari va sifatlari;
pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish yo‘llari, shakl va metodlari;
pedagogik kompetentlik potensiali va undan oqilona foydalanish shartlari;
pedagoglarning kasbiy faoliyat (o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish)ga kreativ yondashishlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini shakllantirish;
interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash va rejalashtirish;
innovatsion faoliyatni tashkil etish;
innovatsion tafakkur yuritish orqali ta’lim jarayonida ijodiy muhitni yaratish;
innovatsion ta’lim texnologiyalarining oqilona tanlab olish;
mutaxassislik bilan bog‘liqlikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini real amaliѐt bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ommalashtirish malakalarini egallashi;
pedagogik innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish;
ta’lim jarayonining innovatsion xarakter kasb etishini ta’minlash;
innovatsion ta’lim texnologiyalari (innovatsion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case study (keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilari)ga asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish;
talabalarni izlanishli-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish kompetensiyalarni egallashi lozim.
Demak, zamonaviy ta’limda talabalarda ta’lim olishga bo’lgan ijobiy munosobatni qaror toptirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim metodlarini qo’llash zaruriyati mavjud. Mazkur zaruriyatdan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari o’qitish jarayonida ularni samarali qo’llash ko’nikma, malakalariga ega bo’lishlari zarur. Malaka oshirish tizimida barcha turdagi oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarda ana shu ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun sharoit yaratiladi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda individualism chekinib , uning o’rnini faol ravishda o’zaro hamkorlik tamoyili egallamoqda. O’qituvchining ; tinglovchi bilan; tinglovchilar bilan o’zaro faol munosabatga kirishi olishi, qolaversa, o’quv topshiriqlarni bajarishda tinglovchilarning o’zaro (tinglovchi-tinglovchi) sxemasida ishlay olishlari pedagogic hamkorlikning asosi sanaladi. Bugungi kunda inter faol ta’lim metodlaridan o’qitishda foydalanish o’ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa o’z navbatida har bir fan o’qituvchilaridan bu turdagi ta’lim metodlaridan xabardor bo’lishni, o’z faoliyatida maqsadli, samarali qo’llay olishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |