O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA VA ASTRONOMIYA O’QITSH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI
303-GURUH TALABASI
OMONOV ABBOSNING
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfda “Tokining issiqlik tasiri va uning amalda qo’llanilishi. Joul-Lens qonuni” mavzusini o’qitish metodikasi mavzusida tayorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M.Toxirova
QO’QON-2019 y
MUNDARIJA
I. KIRISH………………………………………………………………………….3
II. ASOSIY QISM
2.1§. Umum o’rta ta’lim maktablarida o’quv rejasi va dasturi………………
2.2§. Ta’limda o’qitish texnologiyasi…………………..…………
2.3 Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfda “Tokining issiqlik tasiri va uning amalda qo’llanilishi. Joul-Lens qonuni” mavzusini o’qitish metodikasi.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.
V. INTERNET MA’LUMOTLARI.
KIRISH
Kadrlar tayyorlash, uzluksiz tizimli isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiya. Bular qatoriga 2012 yildan O’zbekiston ham qo’shilgan.
Hozirgi kunda respublikada 9698 ta umumta’lim maktabi mavjud bo’lib, ularda 4 520 826 nafar o’quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Iqtidorli, zukko, bilimdon, o’z tengqurlaridan alohida iste’dodi bilan ajralib turadigan o’quvchilar avvalo, davlatimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Har yili umum ta’lim maktablarining 5-8- sinf o’quvchilari o’rtasida bilimlar bellashuvi o’tkaziladi. Uning natijasi ta’lim muassalarining reytingini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadalarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichi o’tkazilib, iqtidorlilar munosib rag’batlantirilayotgani, faxrli o’rinni egallagan litsey va kollej o’quvchilari oliy o’quv yurtlariga test sinovlarisiz qabul qilinayotgani iste’dodli yoshlar safi ko’payishiga turtki bo’lmoqda.
Istiqlol sharofati bilan butunlay yangi maqomga ega bo’lgan «Barkamol avlod» bolalar markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 fevraldagi «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga[7] ko’ra, mamlakatimiz bo’yicha 211 ta shunday markaz tashkil etilib, o’quvchi o’z hoxish-irodasi bilan ana shu maskanlarga qatnay boshladi. Bu yerda bola bir vaqtning o’zida bir nechta kasb- hunar bo’yicha ilk kasbiy ko’nikmani egallaydi. Uchta yo’nalish - badiiy ijodiyot, texnik ijodkorlik, ekologiya va o’lkashunoslik bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar faoliyati sifat va samaradorligi oshdi[8].
Do'stlaringiz bilan baham: |