Biz manan shunday go’zal va betakror, beqiyos boylik va imkoniyatlarga ulkan salohiyatlarga EGA bo’lgan yurtimizda o’zgalarning havasini tortadigan, barcha ezgu maqsadlarimizni ro’yobga chiqari
“Biz manan shunday go’zal va betakror, beqiyos boylik va imkoniyatlarga ulkan salohiyatlarga ega bo’lgan yurtimizda o’zgalarning havasini tortadigan, barcha ezgu maqsadlarimizni ro’yobga chiqarishga qodir bo’lgan navqironning yoshini tarbiyalamoqchi ekanmiz, buning uchun jismoniy tarbiya va sport hayotimizningbir bo’lagigaaylonmog’I lozim”
Гимнастиканинг чегараланган кўриниши бундан таҳминан 3000 минг йил олдин Ҳитойликлар ва Мисрликлар томонидан ишлатилган бўлиши мумкин. Бироқ “гимнстика” термини Грек ва Римликларгача бирор марта ҳам тилга олинмаган. Бироқ ўша даврларда махсус оғир кийимларда катта куч талаб қиладиган жисмоний машқларни амалга оширишнинг деярли иложи бўлмаган шунга қарамай атлетлар бу кийимларни ечиб ялонғоч ҳолатда ўз маҳоратларини курсатишган. Бу атлетлар кейинчалик “гимнастлар” номи билан машҳур булишган. Бу сўзнинг ўзи эса, грекча ”gymnos” сўзидан кириб келган. Бу давр давомида “гимнацист” термини кураш спортида, найза улоқтириш ва югуришда иштирок этувчи атлетни тасвирлашда ишлатилган. Кейинроқ “гимнацист” термини гимназияда ўргатиладиган ҳамма спорт турларини тасвирлашда ишлатилган.
19 асрнинг бошларига келиб, Шведларнинг эркин гимнастикаси ва Жон гимнастика жиҳозлари гимнастика ўқитиш талими ва клублар учун стандарт этиб олинди.
Oyoq siltash uchun kon. Bo‘yi 160 sm eni 36 sm, dastaklari 40-45 sm oraliqda simmetrik o‘rnatilgan, dastaklarning kon sirtidan balandligi 12 sm, poldan esa 120 sm bo‘ladi.
Sakrash uchun kon. Uning o‘lchamlari ham dastkali konga o‘xshash bo‘ladi. Konning poldan balandligi 110-150 sm, ayollar uchun 110 sm balandlikda bo‘ladi.
Kozyol. 100 sm dan 160 sm gacha bo‘lgan balandlikda ko‘ndalang yoki uznasiga qo‘yiladi. Bo‘yi 60 sm, qalinligi 40 sm.
Bruslar. A) erkaklar parallel bruslar yog‘ochning uzunligi 350sm, poldan 160-170sm balandlikda o‘rnatilib oralig‘i 42-62sm bo‘ladi.
b) ayollarning bruslari (balandligi xar-xil) pastki yog‘och 130-150sm, yuqori yog‘och 190-249sm balandda bo‘ladi; yog‘ochlar oralig‘i 43-55sm.
Turnik tortqichlar yordamida mustahkamlangan tik tirgovuchlari gorizontal mahkamlangan, silliqlangan diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg‘ulotning mazmuniga qarab turnik balandligini xar-xil balandlikda 120 sm dan 240 sm gacha o‘rnatsa bo‘ladi
Oyoqni bukib tik turish holatlari. 1- tik turib, o`ng ( chap ) oyoq oldinda bukilgan; 2 – tik turib, o`ng ( chap ) oyoq yon tomonda bukilgan; 3 – tik turib, o`ng (chap ) oyoq orqada bukilgan; 4 – bir oyoqni quchoqlab tik turish.
Cho`qqayishlar. 1 – cho`qqayish; 2 – yarim cho`qqayish; 3 – bukchayib cho`qqayish; 4 – orqaga egilib yarim cho`qqayish; 5 – engashib yarim cho`qqayish; 6 – o`ng ( chap ) oyoqda yarim cho`qqayish.
Tayanishlar. 1- cho`qqayib tayanish; 2 – tizzalarda tik turib tayanish; 3- o`ng ( chap tizzada ) tik turib tayanish; 4 – bilaklarga o`tirib tayanish; 5 – bukilgan qo’llarga tayanib o`tish; 6 – tovonlarda o`tirib tayanish; 7 – tik bukilib tayanish; 8 – yotib tayanish; 9 – orqada tayanib o`tish; 10 – sonlarda yotib tayanish;
O`tirish holatlari. 1 – o`tirish; 2 – oyoqlarni kerib o`tirish; 3 – g`ujanak bo`lib o`tirish; 4 – burchakli o`tirish; 5 – quchoqlab o`tirish; 6 – tovon bilan o`tirib oldinga engashish; 7 – g`ujanak bo`lib o`tirish; 8 – oyoqlarni chalishtirib o`tirish