Biz bullingga qarshimiz” aktsiyasini tashkil etish va o’tkazish jarayonilarida


Tanlovni baholash mezonlari quyidagicha



Download 25,74 Kb.
bet5/5
Sana17.01.2022
Hajmi25,74 Kb.
#379925
1   2   3   4   5
Bog'liq
!!! сценарий -ўзб. охирги

Tanlovni baholash mezonlari quyidagicha:

- aktsiya mavzusiga qathiy rioya qilinganligi;

- shafqatsizlikning barcha qirralari (hayvonlarga, yovvoyi tabiatga, qariyalarga, bolalarga, qarama-qarshi jinsga nisbatan) batafsil bayon qilinganligi;

- har bir sinfning aktsiya davomida o’ziga xos xususiyatga egaligi yahni, mahlum bir rang yoki belgining to’g’ri (kiyimida biror atribut, masalan, kepka, emblema va boshq) tanlanganligi;

- aktsiya davomida sinfning faol ishtiroki.

2. O’qituvchilar jamoasi bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar:

Pedagogik kengash (1-ilova).

1) Psixolog tomonidan maktabda zo’ravonlikning oldini olish bo’yicha mahorat -darsi o’tkazish.

2) Sinf rahbarlariga har bir yosh toifasi uchun alohida tanlangan mavzu bo’yicha «Ertak terapiyasi» treningini o’tkazish to’g’risida ko’rsatma berish (ushbu trening uchun psixolog malakasi talab qilinmaydi)

3) Bukletlarni tarqatish (Respublika tashxis markazi tomonidan elektron shaklda taqdim etilgan).

4) Zo’ravonlikka qarshi aktsiyani qo’llab-quvvatlash uchun mahlum bir vaqtda, maktab hovlisida maktab o’quvchilari ishtirokida, plakatlar, shiorlar, qo’shiqlar bilan flesh-mob tashkil qilish (bularni tasvirga olish va mahlum bir vaqtda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish).

3. Ota-onalar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar:

«Zo’ravonlikka yo’l qo’ymaymiz» mavzusida rejadan tashqari ota-onalar yig’ilishlarini o’tkazish (onlayn, oflayn)

1) ota-onalarga maktabda bulling va uning o’z joniga qasd qilish harakatlariga olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar yuzasidan tushuncha berish;

2) Oilada, maktabda, jamiyatda zo’ravonlikning oldini olish (ota-onalarga "Oilada bolalarga nisbatan zo’ravonlik" videofilmi va bezorilik holatlariga misollar ko’rsatish);

3) Ota-onalarda so’rovnoma o’tkazish;

4) D. Karnegining "Otaning iqrorlari" kitobidan namuna;

5) Farzandiga ochiq xat yozish (xatda har bir ota-ona o’z farzandidan qachondir unga qilgan nohaqligi uchun kechirim so’rashi mumkin, bu xatni farzandiga ko’rsatmasa ham lekin xat yozishning o’zi har bir ota-onaning qalbida iz qoldiradi).

6) Ota-onalarni bolalarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishga undash.



4. O’quvchilar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar;.

1) Katta sinflar tanlov asosida «Zo’ravonlikka qarshimiz» mavzusida o’z sinfi va maktabi doirasidan chiqmagan holda videoroliklar yaratadilar.

2) O’quvchilar bilan «Aylanish doirasi, kechirish doirasi» mashg’ulotini o’tkazish (5 kishigacha bo’lgan ishtirokchilar ikkita aylana hosil qilib, o’zaro qarama-qarshi turadilar. Boshlovchining so’zi bilan bitta aylana soat yo’nalishi bo’yicha, ikkinchisi soat miliga teskari aylanadi. Komanda bilan aylanish to’xtaydi va har bir ishtirokchi o’zining qarshisida to’xtagan ishtirokchidan kechirim so’raydi).

3) Jabr ko’rgan kishiga ochiq xatni yozish texnikasi (xat manzilga etib bormasligi mumkin, lekin xatni yozishda chuqur hissiyotlarni boshdan kechiradi).

4) Depressiv va o’z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish yuzasidan ijobiy munosabat va muvaffaqiyatli kelajakka ishonch mavzularida affirmatsiyalar (tasdiqlar) (6-ilova).

6) Bukletlarni tarqatish.



Ushbu harakatni qo’llab-quvvatlash va bolaga nisbatan har xil zo’ravonliklarga qarshi kurash bo’yicha maktablarda o’tkaziladigan barcha tadbirlar videotasvirga olinishi kerak.

Izoh: Bukletlarni chop etish shart emas. Barcha bukletlar maktab qoshida tashkil etilgan telegramm gruppalariga: ota-onalarga tegishli alohida, pedagoglarga tegishli alohida, bolalarga tegishli alohida joylashtirilishi lozim.
Download 25,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish