1. Maktabni jihozlash.
Foye: «Biz zo’ravonlikka qarshimiz», «Bizning maktabimizda zo’ravonlikka yo’l quymaymiz» kabi shiorlarni ko’rinadigan joylarga ilib qo’yish.
Aktsiya davomida maktabda ijobiy munosabat, yaxshilikni tarannum etadigan sokin musiqalarni yangrab turishiga erishish.
Maktab devorlarida “Men sendan uzr surayman” stendlarni tayyorlash va ilib qo’yitsh. Stendlarda har bir o’quvchi o’z xohishiga ko’ra qachondir kimgadir ozor bergan, xafa qilgan, ko’nglini og’ritgan bo’lsa o’z uzrini anonim tarzda ifoda (so’z bilan, rasm yoki smaylik) etishini tashkil etish. Uzr so’rashning mardlik ekanligini o’quvchilarda shakllantirish bu harakatlarining ularga o’zlari xafa qilgan inson bilan ijobiy munosabatni tiklashga yordam berishiga ishontirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |