biy(Alpinbiy, Do`simbiy)



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana01.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#523133
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
antroponimik indikatorlarning leksik funksional xususiyatlari

 
Poshsha 
– bu indikatorning tilimizda bir qancha variantlari uchraydi: 
podshoh, podsho, poshsho 
kabilar shular jumlasidandir
.
Mulla Fazliddin yosh 
podshohning amri bilan Buratog‘ning chiqish qiyin bo‘lgan xushmanzara bir 
qoyatoshi ustiga kichkina hujra qurgan.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Bundan 
tashqari, ushbu so‘zni semantik jihatdan kuzatar ekanmiz, mazkur so‘zning 
tilimizda quyidagi holatlarda ham uchrashini alohida ta’kidlashimiz zarur
1
:
1. Xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni ifodalaydi.
– Xushvaqt 
bo‘linglar, aylanay, poshsha qiz.. – dedi xotin va Kumushga qarab davom etdi, - 
anu kungi so‘zingiz bilan yo‘ldan qayrilib kirgan edim.
A. Qodiriy, O‘tkan 
kunlar.
2. Poshsha (xotin-qizlar ismi).
Erоniy qatlamga mansub ushbu 
Pоdshоh هﺎﺷدﺎﭘ 
so‘zi 
mоnarх
tushunchani 
ifоdalashda mumtоz adiblarimiz tilida kеng qo‘llanilgan. 
Pоdshоh 
so‘zini 
Abdulla O‘rozboyev o‘zining “Ogahiyning “Riyoz ud-davla” asarida 
ijtimoiy-siyosiy leksika” mavzusidagi nomzodlik dissetatsiyasining “mansab va 
unvonni anglatuvchi so‘zlar” qismida quyidagi ma’no qirralariga ham e’tibor 
qaratgan:
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. III tom. – Toshkent, 2007. 303-bet.


19 
1.
 
Mоnarх
tushunchasining umumiy ifоdasi sifatida: Ul jamоani 
mag‘firatni
shоn Muhammadrahim Bahоdirхоndin o‘zga hеch 
pоdshоhi
zo‘rdast tahak
kum bila bоshin past qilmamish erdi va lеkin ul hazrat dоg‘i
rоm qilmоq uchun zakоtin bittamоm оlmamish erdi. (262
b
). 
2. Хiva va Qo‘qоn хоnlariga nisbatan: ...hazrati 
pоdshоhi
karam 
dastgоh Оqdarband eliga marhamat va shafqat ko‘rguzub... (263
b
). 
3. Buхоrо amiriga nisbatan: ... amir Haydar 
pоdshоh
ning musоlaha talabi 
bila yubоrgan sulhnоmasin sоhibqirоni jannatmakоnning hangоmi vafоtida 
kеlturub erdilar... (255
a
). 
4. Erоn shоhiga nisbatan: Mazkur 
pоdshоh 
(Fathaliхоn Qоchоr)ning 
barcha tamannоsi va qilg‘оn
iltimоsi vuqu’i bashоrati uchun... (269
a
). 
5. Impеratоr
ning 
ma’nоdоshi sifatida: 
Rusiya pоdshоhi
оning 
tamannоsi zaminida o‘z bеhbudin va savdоsi bеhbudida o‘z sudin taхayyul 
qilib... 
Qul
– bu so‘z lug‘at boyligimizda bir qancha ma’nolarni ifodalab keladi
1
:
1. Ekspluatatorlik jamiyatining ilk davrlarida xususiy mulk, mol qatori 
olib-sotilgan, butunlay xo‘jayinga qaram bo‘lgan, hech qanday haq-huquq va 
mol-u mulkka ega bo‘lmagan xizmatkor. 
– Oyjamol, mana bu yer qul bozori 
bo‘lgan, - Sherniyoz sandiqsozlik do‘koni qarshisidagi maydonchani ko‘rsatdi.
J. 
Sharipov, Xorazm. 
2. Umuman, sinfiy jamiyatda ekspluatatsiya hamda siyosiy-iqtisodiy 
qaramlik asoratida har qanday huquqdan mahrum bo‘lgan, eziluvchi kishi. 
Qizlar bunda cho‘ri, tul edi, Yigitlar xo‘r, gado, qul edi. 
E. Rahim. 
3. Kimsaga ko‘r-ko‘rona xizmat qiluvchi, bo‘ysunuvchi; itoatgo‘y, malay, 
xizmatkor. 
– Mayli, - dedi Fazliddin, - lekin shunday yaxshi qulni ular bizga 
berishmas, deyman.
Oybek, Tanlangan asarlar. 
4. Biror kimsaga, narsaga qattiq berilgan, dardi, xayoli o‘shanda bo‘lgan 
kishi, uning fidoyisi. 
Mangu qolay, deya shuhrat quli Iskandar, Yuksak toqqa 
o‘zining suratini solibdi.
A. Oripov, Yurtim shamoli. 
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V tom. – Toshkent, 2008. 367-368-betlar.


20 
5. Banda. 
Yo xudo, bu gunohkor o‘g‘ilga o‘zing tavfiq ber va men qulingni 
kechir. 
Oybek, Nur qidirib.
Sulton 
– arabcha 
ﻦﺎﻄﻠﺴ
- oliy hukmdor, podsho ma’nosini anglatadi.
Sultоn
so‘zining 
pоdshоh
so‘ziga sinоnim sifatida ishlatilganini Navоiy 
asarlarida ham uchratamiz:
Tеmurхоn naslidin 
sultоn 
Ulug‘bеk 
Ki, оlam ko‘rmadi 
sultоn
ani
ngdеk
1

Ogahiyning “Riyoz ud-davla” asarida 
sultоnning
arabcha siniq ko‘plik shakli 
salоtin
tarzida ishlatilgan: Хususan,
 
salоtin
i sоhibiqtidоrlarg‘a, balki, alzamdur. 
(255
a
). 
Tilimizda uning quyidagi ma’nolari bor.
1. Musulmon davlatlarida amir, xon, shohlar unvoni. 
Kishi yurtida sulton 
bo‘lguncha, o‘z yurtingda ulton bo‘l.
Maqol. 
2. Ko‘chma ma’noda o‘zgalar ichida eng oldingisi, sarasi; shohi. 
Sabo, 
arzimni yetkur, mohi tobon bir kelib ketsun, Tamomi husn elining shohi – sulton 
bir kelib ketsun.
Hamza.
3. Sulton erkaklar va xotin qizlar ismi.
 
To‘ra
– Bu so‘z ham bir qancha ma’no nozikliklariga ega. Uning bir qancha 
ma’nolari bo‘lib, quyida ular xususida to‘xtalamiz
2

1. Yuqori tabaqaga mansub kishi; zodagon, oqsuyak, aristokrat. 
Bu ikki 
qavatli katta hovli Azlarxon to‘raning hovlisi edi.
Oydin, Hazil emish. 
2. Xonlar davrida va chor Rossiyasi davrida Turkistonda katta amaldor, 
hokim. 
Unga javob qilmay hokimdan so‘radi: - Nima qilaylik bo‘lmasa, to‘ram? 
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. 
3. Hurmat yuzasidan yoki ulug‘lab, kishilarning nomiga, unvoniga, 
mansabiga, shuningdek, ko‘chma ma’noda ba’zi narsalarni bildiruvchi so‘zlarga 
qo‘shib ishlatiladigan so‘z. 
Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram!
A. Qodiriy, O‘tkan 
kunlar. 
Qudrat aka, palovxon to‘ra o‘zlarini juda aziz qilib qo‘ydilar, 
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 8-том. – Тошкент: Фан, 1991. – Б. 463. 
2
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. IV tom. – Toshkent, 2008. 244-bet.


21 
qarzdormiz. 
N. Safarov, Uyg‘onish.
4. Rasmiyatchi, rasmiyatparast, byurokrat. 
Boshqarma idorasiga joylashib 
qolgan ikki-uchta o‘zbilarmon to‘raning beboshligi tufayli ishlar ketga ketgandi. 
Sh. G‘ulomov, Yorqin ufqlar.
5. To‘ra (erkaklar ismi).

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish