To‘qima artikuli
|
Ipning chiziqiy zichligi, teks
|
10 sm piltadagi iplar sоni
|
Barabanning bir aylanishidagi suppоrt siljish
miqdоri, sm
|
O‘ramaning barabanga o‘ralish zichligi, g/sm3
|
Tandalash baraban kоnus burchagi
|
3402
|
83,4
|
100
|
0,15
|
0,35
|
9° 5'
|
3611
|
83,4
|
197
|
0,15
|
0,35
|
17° 20'
|
4412
|
170
|
91,1
|
0,15
|
0,32
|
17° 55'
|
4412
|
170
|
91,1
|
0,21
|
0,32
|
13°
|
4652
|
139
|
76,2
|
0,15
|
0,33
|
12° 05'
|
1515
|
19,2 2
|
286
|
0,15
|
0,40
|
10° 25'
|
|
|
|
|
|
|
To‘quv g‘altagiga o‘ralgan iplarning hajmi, sm3;
To‘quv g‘altagiga o‘ralgan ip og‘irligi, kg;
To‘quv g‘altagiga o‘ralgan ip uzunligi, m
Manyovrli tandalash
Yo‘l-yo‘l yoki kataksimon to‘qimalar ishlab chiqarishda ko‘prangli tanda iplaridan foydalaniladi va ularni tandalash uchun ko‘prangli tandalash hisobi, ya'ni manyovr hisobi bajariladi.
Tandadagi rangli rapportlar soni:
,
bu yerda: nt – to‘qimadagi tanda iplari soni; Rr– rang rapportidagi iplar soni.
Piltadagi rangli iplar soni rang rapportiga teng yoki karrali bo‘lishi kerak:
bu yerda" k - butun son.
Tandadagi piltalar soni:
n1 = k·Rr
nt‒tanda iplarining soni.
Tandalash jarayonining texnologik omillari
Tandalash tezligi (tolaning naviga va tandaning sifatiga qarab olinadi).
Iplarning tarangligi (taranglovchi moslama yordamida ta'minlanadi).
O‘rama zichligi (iplarning turiga va chiziqli zichligiga bog‘liq).
Tandalash g‘altagidagi iplarning muvofiq uzunligi.
Iplarninng uzilishlari soni.
Quyida guruhlab va piltalab tandalash usullarining qiyosiy tahlili keltirilgan
n1 = k·Rr
Guruhlab va piltalab tandalash usullarining qiyosiy tahlili
Guruhlab tandalash
|
Piltalab tandalash
|
Katta hajmda to‘qimalar ishlab
chiqarishda va kam rangli (rang rapporrti kichik) tanda tayyorlashda ishlatiladi.
|
Kichik hajmda to‘qimalar ishlab
chiqarishda va ko‘p rangli (rang rapporti katta) tanda tayyorlashda ishlatiladi.
|
Rangli iplar miqdori 15 % gacha
bo‘lgan tanda tayyorlashda qo‘llaniladi.
|
Rangli iplari miqdori ko‘p bo‘lgan tanda tayyorlashda qo‘llaniladi.
|
Jarayonning unumdorligi yuqori
|
Jarayonning unumdorligi past
|
Katta hajmda iplar talb etiladi
|
Katta hajmda iplar talab etilmaydi
|
Yakka ip tandalanadi
|
Eshilgan ip tandalanadi
|
Bir bosqichli jarayon
|
Ikki bosqichli jarayon
|
Katta sig‘imli rom talab etiladi
|
Katta sig‘imli rom talab etilmaydi
|
Nisbatan arzon
|
Nisbatan qimmat
|
Paxta, zig‘ir, kamvol va qayta taralgan jun iplarini tandalashda
keng qo‘llaniladi
|
Paxta, ipak va sintetik iplarni tandalashda qo‘llaniladi
|
Tandalash tezligi yuqori
|
Tandalash tezligi past
|
Yakka ip tarangligining
me'yoriyligi yuqori
|
Yakka ip tarangligining me'yoriyligi
yuqori emas
|
Ko‘p qo‘llaniladi
|
Kam qo‘llaniladi
|
To‘quv g‘altagi ohorlashdan keyin
shakllanadi
|
To‘quv g‘altagi tandalashdan keyin
shakllanad
|
Guruhlab tandalash ishlab
chiqarishda keng qo‘llaniladi
|
Piltalab tandalash ishlab chiqarishda
keng qo‘llanilmaydi
|
Tandalash jarayonida uchraydigan nuqsonlar
Ustma-ust ip – uzilgan ip uchini tandalash barabanidagi uzilgan ip uchi bilan bog‘lamaslik.
Qo‘shbog‘lash – uzilgan ip uchi boshqa ip uchiga ulab qo‘yiladi.
Tandalash barabanida iplar to‘dasi‒bir guruh iplarning uzilishi va ularning bog‘lam shaklida ulab qo‘yilishi yoki iplar orasiga kiritib qo‘yish.
O‘rama shaklining buzilishi – iplarni taqsimlash tarog‘iga noto‘g‘ri taqsimlash va o‘tkazish.
To‘quv g‘altagi gardishida iplarning kesilib ketishi –taqsimlash tarog‘i va to‘quv g‘altaklarining bir-biriga nisbatan noto‘g‘ri o‘rnatishi natijasida.
Iplar tarangligining notekisligi –taranglovchi moslamalarning noto‘g‘ri ishlashi va rostlanishi natijasida.
Ip uzunligini noto‘g‘riligi –uzunlik o‘lchash asbobining noto‘g‘ri rostlanishi va o‘lchash valigining qiyin aylanishi natijasida.
To‘quv g‘altagida iplarning yetmay qolishi.
Turli navli iplarning almashtirib yuborilishi.
O‘rama shaklining buzilishi.
Piltalar uzunligining nomuvofiqligi.
Tandalash mashinalarining unumdorligi
Guruhlab tandalash mashinasining unumdorligi, kg/soat,
А Vt mt.g Tip 60 FVK
› 106 ,
bu yerda: Vt ‒tandalash mashinasining o‘rtacha tezligi, m/min; mt.g‘‒tanda g‘altagidagi iplarning soni;
Tip ‒iplarning chiziqli zichligi, teks;
FVK ‒foydali vaqt koeffitsienti (0,4 - 0,5).
Piltalab tandalash mashinasining xaqiqiy ish unumdorligi, kg/soat,
А Vt Vq.o' nt Тip 60 FVK
xaq (V n V ) 106
t p‘ q.o' ,
bu yerda: Vt‒ tandalash tezligi, m/min; Vq.o' ‒ qayta o‘rash tezligi, m/min;
np ‒piltalar soni;
nt ‒tanda iplari soni;-
Tip ‒ipning chiziqiy zichligi, teks;
FVK ‒foydali vaqt koeffitsiyenti (0,20‒0,45). Tandalash tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi
Vt=(Db+Do‘/2)nb ,
bu yerda: Db ‒tandalash barabani diametri, m; Do‘ ‒o‘rama diametri, m;
nb ‒barabanning aylanishlar soni, ob/min.
Tanda ipini to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash tezligi
Vq= (Do‘+Do‘z/2)nt.g‘,
bu yerda: Dn ‒to‘quv g‘altagidagi o‘rama diametri, m;
do‘z ‒to‘quv g‘altagi o‘zagi diametri, m;
nt.g‘ ‒to‘quv g‘altagining aylanishlari soni.
Tandalash jarayoni va uskunalarini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari
Tandalash mashinalarini takomillashtirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
ularning ishonchli ishlashini oshirish;
tandalash g‘altagini to‘xtash vaqtini kamaytirish va tanda g‘altagi, zichlovchi va o‘lchash vallarining birdaniga to‘xtashini ta’minlash;
rom sig‘imi va tanda g‘altagining hajmini oshirish;
qo‘lda bajariladigan amallarni avtomatlashtirish.
Tandalash jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash maqsadida tandalashning avtomatik texnologik kompleksi (ATK) ishlab chiqilmoqda. Bu kompleks quyidagi amallarni avtomatlashtirishni ko‘zda tutadi:
romdagi bobinalar almashtirilganda iplar uchining bog‘lashni;
tanda g‘altagini qo‘yish, qotirish va olishni;
belgilangan texnologik omillarni o‘rnatishni;
jarayonni nazorat qilishni;
tanda g‘altagidagi o‘ram zichligini nazorat qilish va rostlashni;
har bir ipning tarangligini aloxida nazorat qilish va rostlashni;
mashinaning tezlik rejimini muqobillashtirishni;
iplarning uzilishi va uchi yo‘qolishini nazorat qilishni;
iplardagi nuqsonlarni nazorat qilishni;
iplarning elektrlanish darajasini nazorat qilishni;
ip to‘plovchi ishini boshqarishni;
ma'lumotlar tablosi ishini boshqarishni;
chiquvchi hujjatlarni tayyorlashni;
mashina yuritilayotgan va to‘xtayotgan paytda kompleks mexanizmlari ishining bir-biriga moslashishini;
mashina, taranglovchi moslamalar, ipni nazorat qilish datchiklarini asosiy nazorat qiluvchi va sozlovchi moslamalarning nuqsonlarini aniqlashni;
ma'lumotlarni yig‘ish va to‘plash, xomashyo va hosil qilingan tanda g‘altaklari sifatini baholashni;
to‘quv korxonasining ABT (avtomatik boshqarish tizimi)dagi EHM bilan aloqa o‘rnatilishi.
Tandalash jarayonini takomillashtirish elektron moslamalar va hisoblash texnikasidan kengroq foydalanish bilan bog‘liq (2.27-rasm). Mikro EHM va avtomatik vositalar bilan jihozlangan tandalash mashinalarini yaratish jarayonining omillarini qattiq nazorat qilish, uni muqobil darajada olib borish va yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyatini beradi. Mehnat sarfi bo‘yicha tandalash yuqori o‘rinlarni egallamaydi (mehnat sarfi bor yo‘g‘i 3% ni tashkil etadi), lekin keyingi texnologik jarayonlarga ta'siri bo‘yicha tandalash juda muhim axamiyatga ega, ayniqsa, mokisiz dastgohlar uchun.
17-rasm. Zamonaviy avtomatlashtirilgan tandalash mashinasi
Do'stlaringiz bilan baham: |