Bitiruvoldi amaliyoti



Download 14,33 Mb.
bet24/26
Sana25.02.2022
Hajmi14,33 Mb.
#464090
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
"Beninger" piltalab tandalash mashinasi
11-rasmda "Beninger"piltalab tandalash mashinasiga ip taxtlash texnologik sxemasi keltirilgan.
Ip 5 tandalash romiga 2 o‘rnatilgan bobinadan 4 chuvalib chiqib, ip nazoratchisi 7, jamlash moslamasi 8, nax tig‘idan 9 o‘tib, tandalash barabaniga 13 o‘raladi. Kerakli uzunlikdagi ip tandalash barabaniga o‘ralgandan so‘ng, mashina to‘xtatilib, barabanga o‘ralgan barcha piltalar jamlanib, to‘quv g‘altagiga 15 o‘raladi (2.20-rasm).
Tandalash tezligi tandalash turidan kelib chiqib, iplarning fizik- mexanik xususiyatlariga va sifatiga, tandalash usuliga, tandalash romiga o‘rnatilgan bobinalarning muvofiq soniga bog‘liq bo‘ladi. "Beninger" tandalash mashinasining tezligi 0-800 m/min.gacha bo‘lib, unda tandalash tezligini muvofiqligini tandalash jarayoni davomida avtomatik ravishda bir xil ushlab turish va mashina ishlab turgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Turli xil iplarni tandalash chun belgilangan tezlik "Beninger" tandalash mashinasi xotiralar bazasida berilgan bo‘lib, yangi iplar uchun ma'lumotnomalardan yoki tajribalar orqali aniqlanib, mashina komp’teri xotirasiga kiritiladi. Tanda g‘altagidan to‘quv g‘altagiga iplarni qayta o‘rash tezligi iplarning chiziqli zichligiga, turiga va sifatiga, umumiy tanda iplarining soniga hamda 1 dm.dagi iplarni zichligiga bog‘liq.

11-rasm "Beninger" tandalash mashinasiga tanda ipini taxtlash sxemasi: 1-piltalab tandalash jarayonining umumiy ko‘rinishi, 2-tandalash romini ko‘rinishi, 3- tandalash mashinasini ko‘rinishi, 4- bobina, 5- tanda ipi, 6- taranglovchi moslama, 7- ip nazoratchisi, 8- jamlash moslamasi,9-nax tig‘i, 10- pilta, 11- jamlangan tanda iplari, 12- yo‘naltiruvchi valik, 13- tandalash barabani, 14- umumiy tanda iplari, 15- to‘quv g‘altagi, 16- boshqaruv qurilmasi, 17 - avtomatik boshqaruv tizimi, 18 - monior, 19- komp’yuter, 20 - kiritish qurilmasi, 21- uzatish simlari, 22-ishchi, 23- ajratish chiviqlari.
To‘quv g‘altagiga iplarni qayta o‘rash jarayonining amalga oshirish va texnologik omillari to‘liq komp’yuter yordamida boshqariladi (12- rasm.).
1 2-rasm . "Beninger" tandalash mashinasida tanda g‘altagidan to‘quv g‘altagiga iplarni qayta o‘rash sxemasi:

    1. tandalash g‘altagi; 2, 4- elektrodvigatellar; 3-to‘quv g‘altagi.

Tanda g‘altagidan to‘quv g‘altagiga iplarni qayta o‘rash tezligi tandalash tezligidan (iplarni barabanga o‘rash tezligi) 5-10 marta kichik bo‘lib, "Beninger" tandalash mashinasida u 0-200 m/min.ni tashkil etadi. Masalan, viskoza tanda iplarini tanda g‘altagidan to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash tezligi 60 m/min bo‘lsa, tandalash tezligi esa 400 m/min gacha bo‘ladi. 2.22-rasmda "Beninger"tandalash mashinasining elektron taranglovchi moslamasi keltirilgan. Moslama to‘liq komp’yuter orqali nazorat qilinib, boshqariladi.


Taranglovchi moslamaning Taranglovchi moslamaning ip taxtlash sxemasi umumiy ko’rinishi
13-rasm. "Beninger"tandalash mashinasining elektron taranglovchi moslamasi.
"Beninger" tandalash mashinasida barcha texnik va texnologik omillar komp’yuter orqali nazorat qilinadi va boshqariladi. Mashinaning boshqaruv paneli ‒sensorli monitor, to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash jarayonini boshqarish va tandalash romini boshqarish pul’tlaridan iborat (14-rasm). Mashinaning nosozligi haqidagi xabarlar muntazam nazorat panelida xabardor qilinib turiladi.


  1. b) c)

14-rasm."Beninger"piltalab tandalash mashinasining boshqaruv paneli:

  1. ‒sensorli ekran; b)‒to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash jarayonini boshqarish pul’ti d)‒nosozlik nazorat paneli.

Tandalash barabaniga iplarni o‘rash jarayonini berilgan texnologik omillarini kiritish uchun "Tandalash omillarini kiritish paneli" (2.24 a- rasm) va "To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash omillarini kiritish paneli" (2.24 b-rasm) orqali amalga oshiriladi. Tandalash barabaniga tanda iplarni o‘rash uchun quyidagi ko‘rsatgichlar "Tandalash omillarini kiritish paneli" ga kiritiladi:

    1. umumiy tanda iplarining soni;

    2. to‘quv g‘altakgiga o‘rash uzunligi, m;

    3. to‘quv g‘altagi gardishlari oralig‘i, mm;

    4. ipning chiziqli zichligi, teks;

    5. tandalash tezligi, m/min;

    6. tandalash romini sig‘imi;

    7. barabanga o‘rash zichligi, g/sm3 (ip turiga qarab, mashina ma'lumotlar bazasidan tanlab olinadi).

    8. tandalash jarayonidagi ip tarangligi, cN.



      1. b)

15-rasm. Texnologik omillarni kiritish paneli.
Muqobil bobinalar soni, pilta eni, support stolining siljishi (bu yerda barabanni siljishi), ip chiziqli zichligining boshqa sistemaga o‘zgartirish kabi texnologik omillar avtomatik ravishda mashinani komp’yuterli boshqaruv tizimi orqali hisoblanib, ijro mexanizmlariga uzatiladi. To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash uchun quyidagi ko‘rsatgichlar "To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash omillarini kiritish paneli" ga (2.24 b- rasm) kiritiladi:

  1. to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash tezligi, m/min;

  2. to‘quv g‘altagini o‘zak diametri, mm;

  3. to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashda iplar tarangligi, cN.

  4. to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashda jarayonida to‘quv g‘altagining ilgarilanma-qaytma harakatlanish miqdori, mm.

Barcha texnologik omillarni mashinaning xotira bazasida saqlash mumkin.
Chiqindilarni kamaytirish va texnologik jarayon o‘timlaridagi iplar uzunligi muvofiqligini ta’minlash uchun piltalab tandalash hisobi bajariladi.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish