Donalabtushirishqat’iy konveyer oqimlarda, pachkalab tushirish konveyersiz oqimlarda qo‘llanilishi mumkin.
Kombinatsiyalashgan tushirish usulida buyumlarni ketma-ket assortimentli va siklli tushirish usullari birgalikda amalga oshiriladi. U tayyorlanadigan barcha modellarni guruhlarga bo`lish va har bir guruh modelining har bir buyum modelini tikish sikliga ko‘ra ish o‘rinlariga ketma-ket kelishi bilan xarakterlanadi.
Yarimfabrikatlar donalab siklik, pachkalab siklik va aralash ishga tushadi.Yarimfabrikatlarni donalab taxlab sikliktushirishda, har bitta qutichaga bitta kiyimning detallari belgilangan sikl sxemasiga mos tartibda taxlanadi.Yarimfabrikatlarni pachkalab taxlab siklik tushirishda har bitta qutichaga sikl sxemasidagi hamma fasondagi kiyimlarning detallari taxlanadi. Aralash tushirish donalab taxlab ketma-ket tushirish bilan donalab taxlab siklik tushirish qo`shilmasidan yoki pachkalab taxlab ketma-ket tushirish bilan pachkalab siklik tushirish qo`shilmasidan iborat bo‘ladi.
Oqimlar buyumning bir smenadan ikkinchi smenaga o‘tishga (smena izchilligiga) ko‘ra isholibqo‘yiladiganvaisholibqo`yilmaydiganoqimlargabo‘linadi. Ish olib qo‘yiladigan oqimda har bir smena ishchilari ma’lum mahsulot turlari yoki modellari tikishga ixtisoslashadilar. Bu oqimdagi xodimlar smena tugagach, o‘zlari tikayotgan yoki tikib ulgurmagan buyumlarini yig‘ishtirib saqlash joylariga olib qo`yadilar va ertasiga tikishni davom ettiradilar. Ish olib qo‘yiladigan oqimda bir biridan keskin farqlanuvchi modellarni, buyumlarni tikish mumkin. Bu oqimda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sonini hisoblash birmuncha osonlashadi va sifatsiz mahsulot ishlab chiqargan aybdor ishchini topish yengillashadi. Ish olib qo`yilmaydigan oqimda bir smenada tikib tugallanmagan
buyumlarni ikkinchi smena xodimlari tikishni davom ettiradilar. Ish olib qo‘yiladigan oqimga qaraganda ish olib qo`yilmaydigan oqimlar quyidagi afzalliklarga ega: tayyorlash-yakunlash ishlariga ketadigan vaqt tejaladi; tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish sikli qisqaradi; ishlab chiqarish maydonlaridan ratsional foydalaniladi, chunki tugallanmagan mahsulot uchun qo‘shimcha maydon talab qilinmaydi; mehnat unumdorligi ortadi va buyumning sifati yaxshilanadi, ishlab chiqarish madaniyati o`sadi. Shuning uchun sanoatda ish olib qo`yilmaydigan oqimlar keng qo‘llanilmoqda.
Hozirgi paytda ba’zi buyumlar detallari va bo‘laklarini tayyorlash va yig‘ish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan ko‘p pozitsiyali mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan yarimavtomat oqim liniyani tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.
Yuqori unumli jihozlardan butun korxona hajmiga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan oqimlargina to‘liq foydalanish mumkinligi, boshqacha qilib aytganda, korxonaning (tikuv sexlarining) quvvatiga teng bo‘lgan oqimni loyihalashtirish kerakligi hisoblanadi. Tikuvchilik ishlab chiqarishning bunday tashkil qilishni universal (skvoznoy) oqim yoki fabrika-oqim nomini oldi. Hozirgi tikuvchilik korxonalarining ko‘pchiligida universal – sex - oqimlar tashkil qilingan. Fabrika-oqimlar tajriba, tayyorlash, bichish va boshqa ishlab chiqarish bo‘limlardan tashqari yana mustaqil texnologik ixtisoslashtirilgan uchta bo‘lim: (sex) tayyorlash, biriktirish va pardozlashni tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Fabrika- oqimlar maxsus va yuqori unumli jihozlardan foydalanish uchun yaxshi shart- sharoitlar yaratiladi.
Kam seriyali oqimpachkali agregat oqim bilan to‘g‘ri chiziqli konveyer oqimning ayrim belgilari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Oqimni bunday tashkil qilish uni o‘zgartirmay, ko‘p xil modeldagi kiyimlarni kam seriyali tikib chiqarish, ishchilarni shaxsiy ish qobiliyatlaridan yanada to‘laroq oqimdagi uskunalardan esa maksimal foydalanish imkonini beradi.
Kam seriyali oqimlar ko`ylak singari kiyimlarda ozgina tikishda ba’zi hollarda esa ust kiyim tiqiladigan oqimlarning tayyorlash bo‘limlarida ishlatiladi. Bunday oqimlarda 18-30 kishi ishlaydi. Chunki oqimlardagi ish o‘rinlari bundan
ortiq bo‘lsa tezligi kam transportyor detallar solingan qutilarni ish o‘rinlariga vaqtida yetkazib bera olmaydi.
Tiqiladigan buyumni bunday oqimlarga tushirish ko‘p fasonli seksion oqimlardagi kabi bo‘lishi mumkin. Biroq kam seriyali oqimlarda yarimfabrikatlarni qutilarga donalab va pachkalab taxlash mumkin bo`lgani uchun bunday oqimlarning o‘zigagina xos xususiyatlari ham bo‘ladi. Yarimfabrikatlarni donalab taxlab ketma-ket tushirishda har bitta qutichaga bitta fasondagi bir nechta kiyimning detallari taxlanadi. Har bitta tushirilayotgan fasondagi kiyimlarning miqdori har bitta qutichaga taxlanadigan kiyimlar soniga karrali bo‘lishi kerak.
Hulosa. Men amaliyot qilgan kichik korxona Oq oltin Beloe Zoloto yangi tashkil qilingan bo’lib 60 nafarga yaqin hodimlar ishlaydi . Korxona ixcham va qulay ekan . Tashkil qilinganiga 3 yil bo’lgan bo’lsada ichki bozorda o’z o’rniga ega bo’lib kelmoqa.Eksport qilishni ham boshlab bu borada salohiyati oshmoqda.Korxona aynan biz bitiruvchilar tashkil qilishi mumkin bo’lgan tajribaviy korxona desam adashmagan bo’laman.Korxona faoliyat katta bo’lmagani uchun hulosamni yengil sanoatni rivojlantirish bo’yicha kelgan hulosalarimni aytmoqchiman.
O’zbekiston yengil sanoati paxta tolasini qayta ishlash bo’yicha ko’p asrlik an‘anaga ega. Ayniqsa, Buyuk ipak yo’lining O’zbekiston orqali o’tgani ham o’zbek hunarmandlarining mahsulotlari dunyoning ko’plab davlatlarida mashhur bo’lishiga zamin yaratgan. Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan tayyorlangan buyumlarga bo’lgan o’sib borayotgan talabni hisobga olib, O’zbekiston yengil sanoati nafaqat paxta tolasini etkazib beruvchi sifatida, balki to’qimachilik mahsulotlari, xususan, tayyor mahsulotlar eksportchisi sifatida ham jahon bozorida etakchi pozitsiyalarni egallash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Yil sayin xorijiy sarmoyadorlarning paxta tolasini qayta ishlash va tayyor iste‘mol tovarlarini tashkil qilish bo’yicha qo’shma korxonalarni yaratishga bolgan qiziqishlari ortib bormoqda. Qo’shma korxonalarni tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi bo’yicha tajribasi ijobiy natijalarga olib keldi va kelajakda ham sohaning ajralmas qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, respublika rahbariyati tomonidan xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratayotganligi muhim omil hisoblanadi.Sohani (tarmoqni) kelajakda rivojlantirish maqsadida mobil ishlab chiqarishlarni yaratish va ular tarkibida dizayn, raqobatbardoshlik, moda va talabni hisobga olib ishlab chiqarishni tez qayta sozlashga mas‘ul tuzilmalarni izchil shakllantirish, eski korxonalarni texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish barobarida yaqin kelajakda paxta tolasini qayta ishlashda yuqori quvvatiga ega yangi korxonalarni yaratish kerak deb o’ylayman.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakat xo’jaligini bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari tanlandi. Ushbu yo’nalishlar orasida mamlakatni sanoatlashtirish strategiyasi haqli ravishda asosiy o’rinni egallab jumladan, to’qimachilik xom ashyosiga chuqur qayta ishlov berishni yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
So’nggi yillarda olib borilayotgan isloxotlar natijasida viloyatning turli regionlarida sanoat, shu jumladan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ortib bormoqda. 2017 yilning 12 yanvar kuni mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Urgut, G’ijduvon, ―Xazorasp va Qo’qon erkin iqtisodiy zonalarini tashki etish to’g’risidagi farmoniga ko’ra, bu mintaqalarda tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan va importning o’rnini bosuvchi, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va maxalliy investorlarni investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish, ko’plab yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish bu mintaqalarda, jumladan Farg’ona viloyatida ham sanoatni, shuningdek yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yuksaltiradi.
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu maxsulotlar bilan aholini ta‘minlash darajasi mintaqalarda turlicha ko’rinishga ega. Har bir mintaqaning tabiiy sharoiti, iqlimi, relefi hamda iqtisodiy salohiyati, aholisining milliy, yosh- jins kabi demografik ko’rsatkichlari bir-biridan farq qiladi hamda ular yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlariga o’z ta‘sirini ko’rsatadi.
Aholini yengil sanoat mahsulotlari bilan ta‘minlash respublika hukumatining asosiy vazifalaridan biri bo’lib, bu yo’lda bir qator dasturlar, chora- tadbirlar ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Mamlakatimizda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va bu mahsulotlar bilan aholini ta‘minlashda turli omillarni hisobga olgan holda ish yuritishni talab qiladi. O’zbekistonning joylashgan tabiiy-iqtisodiy geografik o’rni, sharoiti va hududlarning demografik vaziyatini o’rganish asosida xalq yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqarishni hududiy tashkil etish maqsadga muvofiq.