Tikuvchilik sanoatida quvvatiga ko‘ra oqimlar uch guruhga: kichik quvvatli, o‘rta quvvatli va katta quvvatli oqimlarga bo‘linadi. Kichik quvvatli oqimlarda mehnat taqsimoti past darajada bo‘lib, ishchilarga ikki va undan ortiq operatsiyalar biriktiriladi, operatsiyalarning ixtisoslashtirish darajasi, jihozlardan foydalanish koeffitsiyenti va mexanizatsiyalash darajasi o‘rta va katta quvvatli oqimlarga nisbatan pastroqdir.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatining rivojlanishi, ishlayotgan korxonalarning yiriklashtirilishi, birlashmalar tuzish asosida kooperatsiyalashtirish jadvallarining rivojlantirilishi va ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi faqat o‘rta va katta quvvatli oqimlarni tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘rta quvvatli oqimlar kichik quvvatli oqimlarga nisbatan yuqori texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Katta quvvatli oqimlarda mehnat taqsimoti to‘la amalga oshiriladi, har bir ishchi ma’lum texnologik operatsiyani bajarishga ixtisoslashadi, oqim usulining ilg‘or jadvallarini, ilg‘or texnologiyani qo‘llash, kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Katta quvvatli oqimlarda operatsiyalarni ixtisoslashtirish koeffitsiyenti, jihozlardan foydalanish koeffitsiyenti mexanizatsiyalash darajasi, mehnat unumdorligi o‘rtacha va kichik quvvatli oqimlarga qaraganda ancha yuqori va mahsulot tannarxi ancha past bo‘ladi.
Oqimlar tuzilishiga ko‘ra seksiyali va seksiyasiz oqimlarga ajratiladi.
Seksiyali oqimda texnologiya jarayoni buyumning tiqilishiga ko‘ra seksiyalarga ajratiladi. Tikuv sexlarida texnologiyaning umumiyligiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan bo‘lim yoki seksiyalar ajratiladi. Ishlab chiqarish usulining tashkil qilinishiga ko‘ra tikish jarayoni ikkita seksiyali, ya’ni tayyorlash va
biriktirish yoki uchta seksiyali - tayyorlash, biriktirish va pardozlash seksiyalariga ajratiladi. Tayyorlash seksiyasida alohida detal yoki detal bo‘laklarini tayyorlash operatsiyalari mujassamlashtirilgan. O‘z navbatida, tayyorlash seksiyalarida alohida buyum bo‘laklarini tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lim yoki guruhlar ajratiladi. Masalan, astarni tayyorlash, orqa qismini, yenglarni, mayda detallarni, old qismini tayyorlash guruhlari. Agar korxonada alohida ixtisoslashtirilgan, markazlashtirilgan pardozlash sexlari tashkil qilinmagan bo‘lsa, pardozlash seksiyalari tikuv sexlari ichida alohida ajratiladi. Kiyim modeli o‘zgarganda faqat tayyorlash seksiyasining ba’zi ish o‘rinlarigina o‘zlashtiriladi, biriktirish va pardozlash seksiyalarida o‘zgarish bo‘lmaydi.
Seksiyalararo ishni rostlab turish uchun yarimtayyor buyumlar zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak. U tayyorlash, biriktirish va pardozlash seksiyalari ishining bir me’yorda borishiga yordam beradi. Assortiment turlari va oqimning quvvatiga ko‘ra ishlab chiqarish quyidagi variantlarda tashkil qilinishi mumkin:
Tayyorlash va pardozlash markazlashtirilgan, biriktirish ko‘p liniyali
Tayyorlash markazlashtirilgan, biriktirish va pardozlash ko‘p liniyali.
Tayyorlash va pardozlash markazlashtirilgan, biriktirish bir liniyali.
Tayyorlash markazlashtirilgan, biriktirish va pardozlash bir oqimda.
Tayyorlash, biriktirish va pardozlash bir oqimda.
Hozirgi paytda ba’zi bir buyum detallari va bo‘laklarini tayyorlash va yig‘ish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan ko‘p pozitsiyali mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan yarim avtomat oqim liniyani tashkil qilish ishlari olib borilmoqda. Yuqori unumli jihozlardan butun korxona hajmiga mo‘ljallanadigan ixtisoslashtirilgan oqimlardagina to‘liq foydalanish mumkinligi, boshqacha qilib aytganda, korxonaning (tikuv sexlarining) quvvatiga teng bo‘lgan oqimni loyihalashtirish kerakligi isbotlandi.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning bunday tashkil qilinishi universal (skvoznoy) oqim yoki fabrika - oqim nomini oldi. Hozir tikuvchilik korxonalarining ko‘pchiligida universal - sex oqimlar tashkil qilingan. Fabrika- oqim-tajriba.tayyorlash, bichish va boshqa ishlab chiqarish bo‘limlaridan tashqari,
yana mustaqil texnologik ixtisoslashtirilgan uchta bo‘lim: tayyorlash, biriktirish va pardozlashni tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Fabrika-oqimda maxsus va yuqori unumli jihozlardan foydalanish uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratiladi.
Oqimlar bir vaqtda tikadigan buyum yoki modellar soniga ko‘ra bir fasonli, ko‘p fasonli va ko‘p assortimentli oqimlarga bo‘linadi.
Bir turdagi va bir xil fasondagi buyum tiqiladigan ishlab chiqarish oqimi bir fasonli oqim deyiladi.
Biroq ishlab chiqarishni bunday tashkil etishda buyum assortimenti, ayniqsa, fasonlarning xili iste’molchilar va savdo tashkilotlarining talabini yetarli darajada qondira olmaydi.
Bir vaqtning o`zida bir xil turdagi, biroq har xil fasondagi buyumlar tikishga
Do'stlaringiz bilan baham: |