Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi Umumiy talablar Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta`lim muassasasidagi barcha ta`lim olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish, shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta`limi soxasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ish mavzulari Respublikamizda o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quv dasturlariga mos ravishda, Davlat ta`lim standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari: olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida ilmiytadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash; mustaqil ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash; bitiruv malakaviy ishda qoyilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajribasinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish; real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo’lishi; tanlangan mavzu boyicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish; mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash; kasb-hunar ta`limini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat. Bitiruv malakaviy ish: ilmiy tadqiqotning dastlabki ma`lumotlarini tizimlashtirilgan holda saqlashi; 13 tanlangan mavzu boyicha tadqiqotning bajarilish yo’llari va natijalarini ifodalashi; olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi; yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan avvaldan ma`lum bo’lgan shartlar umumlashtirilgan ma`lumotlarni o’z ichiga olishi; munozarali va bahsga sabab bo’lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab olishi lozim. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma`lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta`lim standartlari, texnologik ko’rsatma va me`yoriy hujjatlardan foydalanishni o’rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va texnikaning ilg`or yutuqlarini xisbga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri tashkil eta olishi, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni loyihalay olishi lozim. SHu bilan birga o’rta maxsus ta`limi tizimi, soha boyicha kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari va o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish talabaning: turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi; mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi; qoyilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi; manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil ishlashi; ularni nazariy tahlil qilishi; 14 zarur dalillar, raqamli ma`lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish etishi; asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va amaliy tavsiyalar berishi; o’z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to’g`ri rasmiylashtirishi; olingan natijalar taqdimotini zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi lozim. 2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar Bitiruv malakaviy ishning namunaviy mavzulari mutaxassislar tayyorlovchi kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular alohida hujjat sifatida taqdim etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi. Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzuining shakllanishi kasb-hunar ta`limi samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan amaliy masalalarni hal etish ko’zlanganligi to’g`risida aniq tasavvur berishi lozim. Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusining nomzodlik va hatto doktorlik dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bo’lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy ish uchun tanlangan mavzu nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda ham davom etishini maqsad qilib qoyiladi. Tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o’quv jarayonida albatta foydalanishini nazarda tutmoq lozim. Buning uchun o’qilayotgan ma`ruza yoki olib borilayotgan amaliy mashg`ulot dasturida o’z ifodasini topishiga erishish va dars jarayonida tanqidiy fikrlar bildirilishi alohida vazifa qilib belgilab qoyilishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzulari har o’quv yilida 20 – 30 % yangilanadi. 15 Bitiruv malakaviy ishi mavzulari Respublikamizdagi o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quv dasturiga mos ravishda, Davlat Ta`lim standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi hamda servis sohasi korxonalari oldida turgan vazifalarni hisobga olib oliy ta`lim muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuzilishi kerak. Bitiruv malakaviy ish mavzusini ifodalashda misol tarzda Kasb ta`limi “Servis” yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda birinchi qismida o’rganiladigan muayyan ob`ektni tayyorlashning nazariy asoslari (modellashtirish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi) va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak (Misol uchun: “Kasb-hunar kollejlarida ayollar kundalik koylagini loyihalash va tikish texnologiyasini o’rgatishda foydalaniladigan muammoli o’qitish usullari”). Mavzuni shakllantirishda ob`ektni tayyorlash texnologiyasi qismida kasbhunar kollejlari o’quv dasturida mavjud bo’lgan fanlarda o’rganiladigan har bir mavzu, ya`ni muayyan tikuv buyumi turini tayyorlash bo’lishi mumkin. Bunda shu ob`ektga ishlov berish jarayonini o’rganishda mutaxassislikka tegishli bo’lgan barcha fanlar boyicha olingan bilimlar qamrab olinishi kerak. Ob`ekt, ya`ni muayyan tikuvchilik buyumini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan asosiy va qo’shimcha materiallar tanlash va asoslash (ularning turli xususiyatlari - fizikaviymexanik, gigienik, ekspluatatsion va h.k.), buyumni loyihalash boyicha bajariladigan ishlar, buyumni tayyorlash texnologiyasining barcha bosqichlari, buyumga ishlov berish uchun qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar va moslamalar tanlash va ularning tavsiflari, buyumga ketadigan gazlama sarfi, uni me`yorlash, mehnatni me`yorlash, ishlab chiqarish harajatlarini hisoblash kabi ishlar bajariladi. Bu ishlarni bajarish uchun talabalar umumkasbiy va mutaxassislik fanlari boyicha ega bo’lgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo’ladi hamda shu buyumni tayyorlash texnologiyasi mavzusining mazmuniga mos ravishda ta`limtarbiya masalalari va o’qitish metodikasi tanlanadi hamda amalga tatbiq qilinadi. Qolgan yo’nalishlar boyicha ham mazularni ifodalashda xuddi shu tarzda yondoshuv talab qilinadi. 16 Bitiruv malakaviy ish mavzulari bankini yaratishda mavzularni shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv va ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz. Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti hisobga olinishi lozim. Bitiruv malakaviy ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash, shaxsiy va individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish mumkin. Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi boyicha hamda pedagogika, psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi boyicha olgan bilim va ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish mavzusi texnik ob`ektlarga ishlov berish texnologiyasi va buni kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga o’rgatish jarayonida ta`lim va tarbiya berishning mazmuni, metodlari, shakl va vositalari, o’quvchining shaxsiy va indidual sifatlarini rivojlantirish masalalarini o’zida aks ettirishi kerak. Tadqiqot maqsadi va vazifalari qoyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim: «…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. SHuningdek, bunda maqsad va vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish», «…loyihalash va baholash». Bitiruv malakaviy ish mavzularini tanlash tamoyillari ta`lim mazmuni asosida, shakl, metod va vositalari asosida hamda texnik obektlar, tarbiyalash, shaxsiy va individual sifatlarini rivojlantirish asosida tanlanishi mumkin Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash Bitiruv malakaviy ish uchun materiallar to’plashga talabaning pedagogik amaliyotini o’tagan ta`lim muassasasi tadqiqot bazasi bo’lishi mumkin. Talabaning bitiruv malakaviy ish ximoyasiga tayyorgarlik jarayoni tanlagan mavzu va yo’nalishi boyicha xal etilayotgan masala xususiyatiga muvofiq bo’lgan majburiy shartlardan biri xisoblanadi. Bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlash va tasdiqlash jarayoni talaba mavzu va ilmiy rahbar tanlaganidan boshlanadi. Talaba bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlashi bilan darhol uni tasdiqlash uchun 1-ilovada ko’rsatilgan shaklda tayanch kafedra mudiri nomiga ariza berishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzui va ilmiy rahbarlari oliy ta`lim muassasasi rektori buyrug`i asosida bitiruvchi kurs o’quv yilining birinchi yarimida tasdiqlanadi.
3.