Bitiruv malakaviy ishi tushuntiruv yozuvi mavzu



Download 0.88 Mb.
bet1/7
Sana04.06.2017
Hajmi0.88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7
O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-PEDAGОGIKA INSTITUTI

QURILISh FAKUL TETI

“KASB TA`LIMI (BINОLAR VA INShООTLAR QURILIShI)” KAFEDRASI



BITIRUV MALAKAVIY IShI

TUShUNTIRUV YOZUVI

Mavzu: Namangan shaxrida 2 bo’limli, 3 qavatli 12 honadonga mo’ljallangan turar-joy binosini loyihalash

Bitiruvchi: 48-BIQ-09 guruh talabasi

Salimov Dilshod

Bitiruv malakaviy ishi rahbari: Abdullayev O.



Namangan shahar “Ermulkkadastr”

hizmati DUK, bo’lim boshlig’i

Namangan – 2013 yil


MUNDARIJA

Kirish


I. Qurilish me`mоrchiligi

II. Hisоb-kоnstruktiv

III. Qurilishni tashkil qilish va rejalashtirish bo’limi

IV. Qurilish iqtisodiyoti

V. Xayot faоliyati havfsizligi bo’limi

VI . Atrоf-muhit muhоfazasi bo’limi

VII. Malakaviy ta`lim metоdikasi bo’limi

VIII. Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

IX. Ilova

KIRISH

Mamlakatimizda islohatlarning dastlabgi davridan boshlab ijtimoiy shani rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda . Taraqqiyotning o’zbek modeli-biz tanlagan strategik yo’lning eng muhim va ustivor yo’nalishlaridan biri ham uning kuchli

Ijtimoiy qo’gani bilan bevosita bog’liqdir. Ma’lumki, o’zbek modelining o’zagi–ratsional mag’zini tashkil etadigan mashhur besh tamoyildan biri ham aynan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishni nazarda tutadi .

Aytish joyizki, mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining soni 7,4 milion kishiga, ya’ni o’rtacha yiliga 3891 ming kishidan ko’paydi . O’tgan qaryib 20 yil moboynida respublikamizda aholi soni-1,35 , shahar aholisi – 1,73 , qishloq aholisi esa 1,1 marta ko’paydi.

Ayni vaqtda ana shu davrning turli boqichlarida mamlakatimizda shahar hamda qiwshloq darajasida aholi sonining ko’payishi surati har – hil bo’ganini kuzatish mumkin.

Manba: Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari . Jadval ma’lumotlarining tahlili 2007-2011 yillar davomida jami aholi sonining o’sish sur’atilari bir meyorda kechmagan . Jumladan , 2011 yilda 2007 yilda nisbatan shahar aholisi soni 55,4 foizga ko’paygan bo’lsa , qishloq aholisi esa 18,7 foizga kamygan. Shu bilan birga , bu davrda jami aholi tarkibida shahar aholisining ulishi 35,4 foizdan 51.2 foizga ortgan , qishloq aholisiniki esa 64,6 foizdan 48,8 foizga kamaygan . Ko’rinib turibdiki respublikida aholining shaharlashuv jarayoni kuchaymoqda . Qishloq aholisi soninig kamaygani esa O’zbekiston Respublikasi Vazilar mahkamasining 2009 yil 10-martdagi “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy – tuzilishining takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to’grisida” gi 68-sonli qaroriga ko’ra mamlakatimizdagi 966ta qishloq punktiga shaharcha maqami berilgani bilan izohlanadi.

Agolining sonini ortib borishi o’z-o’zidan ularning turar-joy binolarga ehtiyojini ortishiga olib keladi.

Binobarin, zamonaviy uy-joylar qurilishining mazmun mohiyati shahar va qishloqlarimiz qiyofasining tubdan ozgartirilishi borasidagi bir-biri bilan chanbarchas bog’liq uzoq muddatli keng ko’lamli chora tadbirlar a’malga oshirilishi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanishninig jdiadallashuvidan davolat bermoqda. Ya’ni mulkdorninig tadbirkorlik va kichik biznesning imtiyoz va rag’batlantirish choralari kengayib, yangi imkoniyatlar yaratilmoqda .

Eng muhimi, turar-joy binolari namunaviy loyhalar asosida yakka tartibdagi binolarni qurilish ishlarini olib borish uchin uzoq istiqbolga mo’ljallangan, loyhalashtirish sanoat-qurilish, muhandislik texnik jixatdan kuchli zamonaviy salohiyatga ega bo’lgan baza yaratishga erishildi. Aholini hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar majmuasini quyidagi yo’nalishlarida baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Birinchidan, uy-joylar qurilishi bilan bog’liq tegishli hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar keritib, qonunchilik va normative-huquqiy ba’za yanada takomillashtirildi va mustahkamlanadi. Bunda davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi qurilish rejalariga, sanitariya talablari va qurilish normalariga rioya qilinishi ustidan qatiy tizimli nazorat o’rnatish belgilindi. Xududlarda aholini joylashtirish, hududlarini rejalashtirish va bosh rejalari bilan bog’liq hujjatlarni ishlab chiqarish tizimni tezlashtirishga e’tibor ortdi.

Aholini punktlarini me’moriy jihatdan loyhalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimini tubdan qayta kurib cjiqildi.

Ikkinchidan Hudud va mintaqalarning iqlimi demografik holati va boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda me’moriy-loyhaviy qurilishi boyicha bosh rejalari ishlab chirilishi taminlandi.

Uchinchidan, joylarda barpo etilgan be’katlarni qurilishda yangi me’moriy bosh reja va namunaviy loyihalar bo’yicha ishlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Queilsh materiallari sanoatini rivojlantirish borasida erishilagan yutuqlardan foydalanishga e’tibor ortdi. Shuningdek maxsus dasturlar asosida “O’zqurilishmateriallari” kompaniyasi bilan birgalikda maxalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish tashkil etildi. Pishiq g’isht, tom yopish, pardalash va boshqa maqsadlar uchun kerak bo’ladigan materiallarni ishlab chiqarish bo’yicha minitexnologiyalarni joriy etildi, mavjud noruda konlari qayta tiklandi hamda rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalaridan unumli foydalanish yo’lga qo’yildi. Yangi qurilishlarda yig’ma, kompozitsion va kichik blokli konstrukiyalarni qollagan holda, industrial va yig’ma texnologiyalar keng joriy etildi.

Avvalo, uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish boyicha yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari 5-yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etildi.Soliq imtiyozlari berish hisobidan xo’jalik subektlari tasarrufida qoldiradigan mablag’ aylanma mablag’larni to’ldirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jixozlash, ishchilarni moddiy rag’batlantirish uchun yo’naltirilishi ta’kidlandi.

Qurilayotgan uy-joylarni imtiyozli foiz stafkalari bilan uzoq muddatli ipoteka kreditlari orqali aholiga topshirish tartibi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.\

Mamlakatimizda birgina 2011 yilninig o’zida umumiy maydoni 1 milion 100 ming kvadrat metrga teng bo’lgan 7400 ta xususiy uy-joyni foydalanishga topshirish maqsadida 576 milliard so’mdan ziyod sarmoya yo’naltirilgani ana shundan davlat beradi.

Diplom loyihasini mavzusi ham turarjoy binosini liyihalash bo’lib, binoni hajmiy rejaviy yechimini ishlab chiqishda hozirda bunday binolarga qo’yilayotgan talablardan kelib chiqib amalga oshirildi. Bunda insonlarni yashashi va faoliyati ko’rsatishlari uchun barcha qulayliklar me’moriy jihatdan loyihalandi.

Namangan shahrida qurilishi rejalashtirilgan 2 bo'limli 3 qavatli 12 xonadonga mo’ljallangan turar joy binosini loyihalash mavzusidagi diploma loyixasini bajarishda me’morchilik qismida binoning hajmiy-rejaviy yechimi, konstruktiv yechimi, zilzila bardoshligini ta’minlashga qaratilgan yechimlarqabul qilingan. Hisob konstruktiv qismida orayopma plitasini loyihalash va konstruktivlash amalga oshirilgan. Qurilishni tashkil qilish va rejalashtirish bo’gan talab hamda qurilish iqtisodi qismida binoning ob’ekt smeta qiymati, umumiy smeta qiymati qurilsh muddatini qisqartirishdan olingan iqtisodiy samara aniqlandi. Atrof muhid muhofazasi bolimida binoni eksplotatsiyasi davrida atrof muhid muhofazasi boyicha tadbirla ishlab chiqilgan. Hayot faoliyati hafsizligi bo’limida qurilishda mehnat muhofazasini nazorat qilish tizimini yoritilgan.



Qurilish Me’morchiligi

Loyhalash uchun umumiy ma’lumotlar

3 qavatli 12 honadonlik turar joy binosi Namangan viloyati Namangan shaxrida quriladi. Asosiy yuk kotaruvchi devorlar boylama yonalishida joylashgan.

Bino klassi II; bino uzoq yashovchanlik darajasi II; Asosiy yuk kotaruvchi konstruksiyalar yong’inbardoshlik darajasi-II;

1 Qurilish maydoninig asosiy tafsifnomalari

- IVa iqlim zonasi

- tashqi havoning yozgi hisobiy harorati- +34,9 c

- qishgi harorati- -5,9 c;

- shamolning asosiy yonalishi-shimoliy-sharqiy

- yer muzlash qatlamining chuqurligi- 0,6m

- qor qoplamasi boyicha 1-geografik rayonga mansub bolib, meyoriy qor qoplamasi-0,5KPa

- shamol bosimi-0,38KPa;

- qurilish maydonining zilzilabardoshligi 8-ball;

- binoning hisobiy zilzilabardoshligi 8-ball;

- yer osti suvlar-10m-dan pastda joylashgan;

- asos shag’alli tuproqqa iborat

- asosga tushadigan hisobiy bosim-89Kg3 sm2

Qurilsih maydonining iqlimiy ma’lumotlari

[23] QMQ 2.01.01- 94 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy geologik ma’lumotlar” asosida olindi.

Ushbu loyiha [26] SHNQ 2.08.01 – 05 Turar joy binolari, me’yoriy va qoidalar asosida ishlab chiqilgan bo’lib, bundan tashqari ularga mos holda bino respluatatsiyasi davomida yong’in xavfsizligini oldini oluvchi chora-tadbirlar ko’zda tutilgan.

2. Uchastka bosh rejasi.

Turar joy binosi joylashish o’rni, turar-joy massivi bosh rejasi sxemasiga mos holda jamoat markazlari va asosiy yo’llarga bog’lanish, sanitargigiyenik va yo’ng’inga qarshi talablarni hisobga olib loyihalangan.

Bosh rejada turar-joy binosi, turar-joy massivida joylashgan. Bosh rejada avtomobillar saqlash joyi , bolalar maydonchasi, chiqindilash to’plash joylari loyihalangan.

Bino bosh rejasida atrof-muhit muhofazasini ta’minlash maqsadida hudud atrofida zangor devor hosil qilingan hamda gulzor ko’ga tutilgan.

Bosh rejani loyihalashda binolar orasidagi sanitar oraliqlar ta’minlangan bo’lib, bu oraliq shovqundan himoyalanishni, tabiiy yoritganlikni va insolyatsiyani optimal sharoitini ta’minlashga qaratilgan.

Muhandislik uskunalari.

-Vodoprovod –ichimlik –xo’jalik uchun mavjud shahar tarmogi’dan. Kirishdagi bosim 24m.

-Oqava suv – xo’jalik mayishiy, shahar va suv tarmog’i yo’naltirildi.

-Isitish – markaziy, issiqlik tashuvchi suvning parametelari – 95c-70c.

Isitish sistemasi bir turbali, berk tarmoqda bo’ladi. Isitish priborlar – radiatorlar va qovurg’ali trubalar.

-Ventilyatsiya – tabiy va mexanik tortuvchi.

-Issiq suv ta’minoti – markaziy ;

-gaz ta’minoti tashqi tarmoqdan, oshxona plitalarga ulandi.

-Elektr ta’minoti – kuchlanishi . 38 | 220 B li TП dan ;

-Aloqa signalizatsiya – radiolashtirish, tefonlashtirish, avtomatik yong’in signalizatsiyasi;

Bosh reja asosiy kor’satkichlari.

1. Uchastka maydoni -9471kv.m

2. Qurilish maydoni -532,8kv.m

3. Asfalt yo’l maydonlari -2365kv.m

4. Ko’kalamzorlashtirilgan maydon -6574kv,m

5. Qurilish foizi. -5,7%

6. Ko’kalamzorlashtirish foizi. -25%

3. Hajmiy – rejaviy yechim.

Loyihalanayotgan bino 3 qavatli, sovuq cherdakli. Binoning rejadagi o’lchami 12,0x.44,4 m.

Binoning hajmiy-rejaviy yechimi yashash uchun qulayliklar tug’dirish maqsadida tashkil qilingan.

Binoda 8-ta 3 xonali va 4-ta 4 xonali xonadonlar ko’zda tutilgan.

4. Konstruktiv yechim loyiha industrial qurilish maxsulotlari katologi hamda yakka tartibdagi tayyorlanadigan yog’och maxsulotlar asosida ishlab chiqilgan.



Poydevorlar

Poydevorlar lenta shaklida qo’yiladi. Poydevorlarni qo’yish chuqurligi – 2, 74 m ni tashkil qiladi .

Poydevor plitasi yig’ma plitalardan o’rnatiladi.

Poydevorlar ostiga B3,5 klassli betondan 100 mm qalinlikda qatlam solinib, so’ngra poydevor plitasi qo’yiladi.

Gorizontal gidroizolizatsiya qalinligi 50 mm li asfalt betondan bajarildi.

Poydevolarning yer bilan tutashadigan qisimni 2 qatlami issiq bitum surtish bilan gidroizoliyatsiya qilinida .



Devor

Binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiaylari ichki va tashqi g’isht devorlar bo’lib xizmat qiladi.

Tashqi devorlar hajmiy og’izligi 1800 kg/m3, markasi “M 75” bo”lgan oddiy pishirilgan g’ishtdan , qalinligi 380 mm ni ya’ni 1,5 g’isht qalinlikda teriladi.

Qurilish rayoni 8 ballik seysmik hududga mansub bo’lganligi uchun, g’isht terish jarayonida antiseysmik tadbirlar zilzilaviy hududlarda qurilish. QMQ asosida ta’minlanadi .

Bu choralar bituruv malakaviy ishining “Binolar zilzilabardoshligi bo’limda keltirilgan”

Oryopma va tomyopma plitalari

Oryopma plitasi uchun 1.461-1seryali ko’p-boshliqli plitalar qo’llanilgan.

Kopboshliqli ponellar devoriga M50 tsement qorishma ustiga o’rnatiladi. Panellar orasidagi choklar M100 markali tsementli qorishma bilan bir tekisda to’ldiriladi.

Ko’p bo’shliqli plitalar o’zaro ankerlar bilan payvand qilinadi. Plita bo’shliqlariga 25 sm chuqurlikda beton quyiladi. Santexnika trubalari o’tkazish uchun elektr instrument yordamida kerakli diametrdagi teshikni bo’shliq bor joydan ochishga ruxsat beriladi. Panel qovurg’alarini sindirish yoki г yerdan teshik ochish taqiqlanadi.



Zinapoya

Zinapoya L L K –03 -02 seriyada bo’lib zinapoya zina va maydonchasidan iborat Zinapoya makasi M50 bo’lgan tsement qorishmasi ustiga o’rnatiladi.



Tom

Tom chordakli bo’lib, chordak qismida bug’saqlagich qatlam ustiga issiqsaqlagich qatlam ustiga issiqsaqlagich ustidan qalinligi 30 mm li shlak-ohak aralashmali qorishma yotqizildi.

Tom to’shmasi sifatida CB-1750 (P C T Y 330340-95) markadagi to’lqinsimon asbest shifer qo’llangan. Strapila yogl’ochi ustidan shifer qoplanadi. Tomdan yog’in suvlari tashkil qilgan holda otsinkali trubalar orqali chiqib ketadi. Tom konstruksiyasi tarkibida tomning shamollatish tuynigi ko’zda tutilgan,

Tom nishobligi katta bo’lganligi uchun tom cheti bo’ylab, to’siq loyihada ko’zda tutilgan.



Pardevorlar

Pardevorlar armog’ishtdan iborat. Armog’isht pardevorlar oddiy pishirilgan g’ishtdan M25 markali qorishmadan terildi. Har bir besh qatordan 4mm li BP-1 klassli armatura setkasi qo’yiladi.

Pardevorlar har ikkala tamonidan oxak-tsementli M50 markali qorishma bilan suvoq qilinadi.

Pollar

Polni yotqizishda QMQ 3.02.01-87 “Pollar” va CH-300-75 ko’rsatmasiga asosan yotqizilishi lozim.

Asosni mexanik usulda zichlash lozim, yuqori qatlamga graviy solib zichlash lozim. Polni beton qatlamini vibrator yordamida zichlanadi. Pol qilyaligini gruntni planirovka qilishda hosil qilish kerak. Bu bino turar joy binosi sirasiga kirgani uchun asosan yordamchi honalarda beton pol, yashash honalarda yotoqxonalarda yog’och pol qo’llanildi. San-texnika xonalari,dush va dusholdi xonalari uchun keramik pol qo’llaniladi.

Eshik va derazalar

Eshik va derazalar alyumin profilli “Akfa” rusunli qabul qilingan .

Derazalar qo’sh perepletli, eshikla bir va ikki tabaqali, berk va oynakli qabul qilingan.

Eshik va derazalarni o’lchamlari, qo’llanishi va soni qo’g’risida ma’lumotlar, loyihaning me’morchilik qismining “Eshik va deraza qaydnomasida” keltirilgan.


Ichki va tashqi pardozlar

G’ishtli devor pardevorlar suvoq qilinib, so’ngra bo’yoq qilinadi.

Metall elementlarni ПФ 133 emal bilam ДAСТ 92682 asosida 2 marta bo’yaladi.

Bino atrofi 1000 mm li asfaltli otmaska yotqiziladi.

Bino qurilishida antiseysmik chora-tadbirlar.

3 qavatli 12 xonadonli turar-joy binosi Namangan viloyati Namangan shahrida qurilishi ko’da tutilgan. Qurilish joyining zilzila kuchli bo’yicha QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish ” ga ko’ra 8 ballik zonaga kiradi. Qurilish maydonchasi zilzilaviyliga 8 ball.

Binoning barcha yuk ko’taruvchi konstruksiyalar bir-biri bilan mustahkam bog’langan jolda bino zilzila kuchlariga bir butun fazoviy konstruksiya sifatida qarshilik ko’rsatadi.

Loyihalanayotgan binoni seysmik mustahkamligi oshirishga qaratilgan, quyidagi asosiy konstruktiv choralar ishlab chiqilgan.

Binolarning fazoviy bikrligi asosan yopmalarning ishi tufayli ta’min etiladi. Yopmalar gorizontal diafragma rolini o’ynab, seysmik kuchlarni yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga taqsimlaydi. Bunday taqsimot, binobarin binoning seysmik mustaxkamligi, ko’p bo’shliqli yig’ma temir-beton plita yopmalari qo’llanilgan.

Orayopma va tomyopma panellarning o’zaro siljishiga yol qo’ymaslik maqsadida shponka hosil qilinadi;

Bundan tashqari, bo’ylama kuchlarni qabul qulish uchun panel tekisligida yaxlitlikni ta’minilovchi temir-beton bog’lama ishlanadi. Yopma panellari bog’lama bilan armature ilmoqlari tordamida biriktiriladi. Temir-beton bog’lamlar bor yerda panellar ostiga bog’lagich qo’ymasa ham bo’ladi.

Ikki yonalishdagi devorlarning bog’lanishini kuchaytirish maqsadida tutashuv yerlaridagi gorizontal choklarga sim to’r yotqiziladi. Sim to’rlarning uzunligi 1,5-2,0 m bo’lib, qurilish maydonchasi 8 balli seysmik xudud bo’lgani uchun devor balandligi bo’ylab har 50 sm da joylashtiriladi.

Devorlarning o’zaro birikuvini mustahkamlash maqsadida sim to’rlardan foydalaniladi. Binoda antiseysmik kamarlar barcha bo’ylama va ko’ndalangdevorlar bo’lab o’tkazilib, har bir qavatning o’zaro bog’lanishini mustaxkamlaydi; devorlarning oz tekisligidagi pishiqligini oshiradi; yopmalarning bkrligi va monolitligining artishini ta’minlaydi.

Kmarlarga uzinasiga butun peremtr bo’ylab armatura yotqiziladi va har 25-40 sm da diametri 4-6 mm bo’lgan kam bo’lmasligi lozim. Yotqiziladigan betonning sinfi B 12,5 dan kam bo’lmasligi kerak. Burchaklarda va kesishuv yerlarida qo’yilgan sim to’r mustaxkamlikni taminlay olmasa, qiya sterjenlar qo’yish tavsiya etiladi. Kamarlarning kengligi devorlarning eni bilan baravar olinadi. Kamarning balandligi 15 smdan past bo’lmasligi kerak. Binolarning eng yuqori qavatining tomi sathida o’ranatiladigan kamarlarning ustida bosib turadigan yuk bo’lmaganligi sababli yer qimirlaganda kamar o’rnidan siljishi mumkin .

Buni oldini olish uchun devorning uzinasiga har 50 sm da kamardan yuqori va pastga 25-30 sm uzunlikda armatura chiqarib qoldiriladi. Armaturaning o’rniga shponkadan foydalansa ham bo’ladi. Buning uchun kamar ostiga devorda 14 x 14 30sm

o’lchamda chuqurcha qoldiriladi, chuqurchaga vertical armatura joylanadi. Kamarga beton yotqizilganda, chuqurchaga ham beton to’ldiriladi .

G’isht devorlar mo’rt materiallardan tashkil topganligi uchun zilzila kuchlariga bo’lgan qarshiligi temir-beton konstruksiyalarga nisbatan kam hisoblanadi. Shuning uchun g’isht yo’nalishda temir-beton elementlar-o’zaklar qo’shib, kompleks konstruksiya hosil qilinadi. Temir-beton o’zak g’isht devorlarning yuk ko’tarish qobilyatini sezilarli darajada oshiradi. O’zaklarning devor bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlash uchun o’zakdan devor orasiga taxminan 50 sm uzunlikda armature o’tkaziladi, o’zakning o’zi esa antiseysmik kamar bilan qo’shib betonlanadi. Vertikal temir-beton o’zaklarning ko’ndalang kesimi va armaturalari devorga ta’sir etadigan kuchning miqdoriga bog’liq ravishda hisob natijalariga qarab belgilanadi.

Yuk ko’taruvchi g’isht devorlar ostiga lenta poydevorlar qurilgan.

Seysmik hududlarda ham poydevor uchun noseysmik hududlarda qo’llaniladigan materiallardan foydalaniladi.

Poydevor chuqurligi noseysmik hududlardagi kabi olinadi.



Xisob-konstruktiv

Turar-joy binosi oryaopma plitasi hisobi.



  1. Loyihalash uchun umumiy ma’lumotlar. Vaqtinchalikyuklamaning me’moriy yuklamasi qiymati

V = 3000 H/M2, shundan – 900 H/M2 qisqa muddatyuklama.

Bino turi boyicha ishonchlilik koefitsenti gn = 0,95 yuklamalar bo’yicha ishonchlilik koefitsenti gf = 1,2;

Qurilish joyi Namangan shahri Qor yuklamasi bo’yicha 1 – rayonga mansub.


  1. Yig’ma oryopma konstruktiv sxemasini komponovkasi.

Oryopma plitasi ko’p bo’shliqli oldindan, zo’riqtirilgan plitani enini 1200mm qabul qilamiz.

  1. Ko’p bo’shliqli plitani birinchi chegaraviy holat bo’yicha hisoblash.

Hisobiy sakram va yuklamalar.

Plita devoriga tayangandagi hisobiy oraliq.

40=4–b/2=6-0,38/2=5,81 m.

Yuklamalr turi



Meyoriy

yuklama


Yuklama turi bo’yicha

Ishonchlilik koefitsenti



Hisobiy

yuklama


Doimiy:

Ko’p boshliqli plitadan

Tsement qorishmali qatlam

б=20mm(p=2200kg/M3)

Sopol plitkalar

б=13mm (p=1800kg/M3)


300


440
240

1,1


1,3
1,1

3300

572


264
Jami 3680 4136


Vaqtinchalik:

Shu jumladan:

Uzoq muddatli:

Qisqa muddatli:



3000
2100

900


1,2
1,2

1,2


3600
2520

1080


To’la yuklam:

Shu jumladan:

Uzoq muddatli(2100):

Qisqa muddatli(900):



6680
5780

900





7736
-

-



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa