Qurilish bosh tarxiga tushuntirish xati
Vaqtinchalik qurilish maydonidan ichki va atrofdagi yo‘llarni asosan qum-graviy to‘shamasidan iborat qilib qurilgan, zichlangan va tekislangan. Vaqtinchalik suv ta’minoti, kanalizatsiya va elektroenergiya ta’minoti tarmoqlarini -0.5 m dan chuqur qilmasdan utkazish tavsiya etiladi. Transport yo‘llari o‘tgan joydan o‘tkazilgandan tarmoqlarni ximoya quvuri ichida o‘tkaziladi. Vaqtinchalik yo‘llarni aylanishi radiuslari GOST bo‘yicha 12 m, eni 5 m, piedalar yo‘lakchasini kengligi 1.2 m bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik bino va inshootlarni tayergarlik davrida o‘rnatishi kerak. Maishiy xonalarni “vagonchik” tirida bulishi tavsiya etiladi.
Qurilish maydonining atrofi vaqtincha metall ustunli profnastil to‘siqlar bilan o‘raladi. Kotlovanni qazish ishlari ekskavator XUNDAY-140, avtomobil krani XITAChI N1KN 180 -3, orayopma va tomyopma plitalarni, bilan montaj qilinadi. Yig‘ma elementlar avtotransportlar yordamida tashib keltiriladi va montaj qilish joyiga yaqin joylarga tushirilib taxlanadi. Qurilish maydoniga beton qorishmasi maxsus transportlarda markazlashtirilgan xolda olib kelinadi.
Texnika xavfsizligi
Qurilish maydonidagi xamma ishlar QMQ “ Qurilishda texnika xavfsizligi” qonun va qoidalariga bo‘ysingan xolda olib borilishi shart. Qurilish maydonida ogoxlantiruvchi belgilar, plakatlar o‘rnatilishi kerak.
MEhNATNI MUhOFAZA QILISh VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QISMI
“Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi”. ShNQ 2.01.02-04 talablari asosida odamlarni binodan evakuatsiya qilish, va aholini liftlar yordamida evakuatsiya qilishning hisoblangan vaqti.
Loyihaviy yechimlar favqulodda vaziyat yuzaga kelganda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlashi lozim va bu loyihalashtirishning amaldagi me’yorlariga muvofiq hisob-kitoblar bilan tasdiqlanishi kerak. Evakuatsiyani tashkil etish, zarur bo‘lgan vaqtni va odam oqimining binodan tashqariga yoki bino ichida joylashgan xavfsizlik zonalariga to‘siqsiz harakatlanishni ta’minlashi kerak. Xavfsizlik zonalariga talablar 1-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Tegishlicha asoslangan holatda, binodan odamlarni evakuatsiya qilishni ta’minlash uchun kichik aviatsiya, qutqarish kabinalari va boshqa vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Vertolyotlar va qutqarish kabinalari uchun maydonlarni tashkil qilish talablari 2-ilovaga muvofiq qabul qilinadi. Evakuatsiya yo‘llari parametrlarini aniqlayotganda bino yoki xona ichidagi odamlarning hisoblab chiqilgan sonini loyiha bo‘yicha sig‘imga nisbatan 1,25 ga ko‘paytirish kerak (joylar soni reglamentga solingan xonalardan tashqari). Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining savdo zalida bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan xaridorlar (keluvchilar) sonini bir kishi hisobidan qabul qilish lozim (uskunalar bilan band bo‘lgan maydonni ham hisobga olgan holda):
— umumiy holatda — keluvchilar uchun savdo zali yoki binoning 1,35 m2 maydoni;
— do‘konlar uchun, qavatdagi savdo zalining maydoni 3500 m2 dan ortiq bo‘lganda — 3 m2 maydoni.
Kvartiralardan evakuatsiya qilinayotgan odamlar sonini aniqlashda shahar (tuman) ijroiya hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan tasdiqlangan odam qo‘yish yoki ro‘yxatga olish me’yorlarini qabul qilish lozim. Baland kompleksning har bir qavati (yaxlit to‘suvchi konstruksiyalar bilan ajratilgan qavatning bir qismi) ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi lozim. Evakuatsiya uchun N2 turdagi tutun bosmaydigan kamida ikkita zina kataklarni (yong‘in vaqtida havo bostirish bilan) nazarda tutish lozim. Havo uzatilishini taqsimlangan holda, zina katagi tashqarisida bo‘linish va o‘tish joylarini yaratish zaruratini yuzaga keltirmasdan nazarda tutish kerak. Qavatlardan evakuatsiya zina kataklarga o‘tish yo‘llarini 1-turdagi tambur-shlyuzlar orqali amalga oshirilishini nazarda tutish lozim.
Balandligi 100 m gacha bo‘lgan binolar uchun kirish joyi oldida tambur-shlyuzsiz N1 turdagi zina kataklarni nazarda tutish ruxsat etiladi. Tabiiy yoritish yo‘q bo‘lganda zina kataklarida evakuatsiya yoritgichi ishonchli elektr ta’minotining 1-toifali alohida guruhi bo‘yicha ta’minlanishi va butun evakuatsiya vaqtiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, lekin 1 soatdan kam emas.
Alohida holatda, har bir kvartiralar 1-ilovaga muvofiq xavfsizlik zonasi bilan ta’minlanganda va qavatning umumiy maydoni 300 m2 dan ortiq bo‘lmaganda, turar joy binosidan bitta evakuatsiyada chiqish joyi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tutun bosmaydigan zina kataklari koridorning xuddi o‘sha bo‘lmasiga tutashib qolmasligi kerak (o‘sha yo‘lak bir necha bo‘lmalarga bo‘lingan holatda). Zinalar marshlarining enini quyidagi ko‘rsatkichlardan kichik bo‘lgan qiymatlarda hisoblab chiqish lozim, m:
— turar joy binolarda — 1,2;
— boshqa maqsadli binolarda — 1,35.
Zinalar marshlari orasidagi tirqish kamida 120 mm, zina marshining qiyaligi 1:1,75 dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Atriumga (passajga) chiqadigan barcha xonalar gorizontal o‘tish yo‘li (galereya) bo‘yicha kamida ikkita evakuatsiya yo‘liga ega bo‘lishi lozim. Agar xona uxlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda ushbu xonaning eshigidan gorizontal o‘tish yo‘li bo‘yicha zina kataklariga olib boradigan himoyalangan evakuatsiya chiqish joyigacha evakuatsiya yo‘lining uzunligi 30 m dan ortib ketmasligi kerak. Agar bu xonadan uxlash joyi sifatida foydalanishmasa, ushbu yo‘lning uzunligi 60 m dan oshmasligi lozim. Atrium orqali atriumga chiqmaydigan xonalardan chiqish yo‘li evakuatsiya qilish yo‘li sifatida hisoblanmaydi. Binoning yerosti qismidagi xonalar va koridorlarning atrium bilan tutashuvi faqat yong‘in ro‘y berganda havo bostiradigan 1-turdagi tambur-shlyuzlar orqali bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Koridorlarni tutun o‘tkazmaydigan eshiklarga ega yong‘in bardoshlilik darajasi EI 45 dan past bo‘lmagan pardevorlar orqali uzunligi quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmagan bo‘linmalarga ajratish lozim, m:
— umumiy holatda — 60;
— turar joy binolar va mehmonxonalarda — 30.
Evakuatsiya yo‘llarini etajlardagi lift xollari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi, liftlardan evakuatsiya yo‘llari sifatida foydalanish holatlari bundan mustasno. Lift xollarini evakuatsiya yo‘llarining tranzit qismlari sifatida ishlatishga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiya yo‘llarida doimiy ish joylariga ega bo‘lgan (odamlar mavjud bo‘lgan) xonalar eshiklaridan N1 turdagi tutun bosmaydigan tashqi havo zonasi oldidagi tambur eshiklarigacha yoki tambur-shlyuzlari mavjud bo‘lgan N2 turdagi tutun bosmaydigan zina kataklari eshiklarigacha bo‘lgan masofani quyidagilardan ko‘p bo‘lmagan holda qabul qilish tavsiya etiladi, m:
— turar joy seksiyalarida o‘rta va yuqori yong‘indan himoya bo‘linmalari uchun - 12;
— boshi berk koridorlarda - 15;
— odamlar ko‘p yig‘iladigan o‘rta va yuqori yong‘indan himoya bo‘linmalaridagi xonalar uchun; bir vaqtda 500 kishidan ko‘p bo‘lishiga mo‘ljallangan xonalar uchun — 20;
— boshqa holatlarda — 25.
Ko‘rsatilgan masofalarni 5.1 bandiga muvofiq odamlarni o‘z vaqtida va qarshiliksiz evakuatsiya qilishi bo‘yicha tegishli hisob-kitobiga muvofiq aniqlashtirish lozim. Binolar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Nafas olish va ko‘rish organlarining shaxsiy himoya vositalarini nazarda tutish zarur:
— 50 m dan yuqori balandlikda joylashgan doimiy ish joylariga ega bo‘lgan (odamlar mavjud bo‘lgan) xonalarda;
— mehmonxona nomerlarida;
— xavfsizlik zonalarida.
Evakuatsiyani ta’minlaydigan xodimlarning ish joylarini nafas olish va ko‘rish organlarining shaxsiy himoya vositalari hamda yuqori issiqlik ta’sirlaridan lokal himoya qiluvchi vositalar bilan ta’minlash zarur.
Himoya vositalarining soni ular bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan xonalarda bo‘ladigan odamlarning hisoblab chiqilgan sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Baland binolarning yong‘indan himoya bo‘linmalarini ajratib turuvchi texnik qavatlarida, yong‘in liftlari yonida, maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmagan 3-ilovaga muvofiq yong‘inga qarshi uskunalar va odamlarni qutqarish vositalarini saqlash uchun mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish punktlarining tayanch xonalari loyihalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Binolarning 1-qavatidagi har qanday vazifalar uchun mo‘ljallangan xonalaridan (qo‘riqchilar xonasidan tashqari) bevosita N2 turdagi tutun bosmaydigan zina kataklarning vestibyullariga chiqish joyi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bino balandligi bo‘yicha har qanday zonaga xizmat qiladigan yo‘lovchi liftlar guruhlarining har birida yong‘in liftlari mavjud bo‘lishi shart. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashishga mo‘ljallangan ushbu liftlar binoda yo‘lovchilar oqimlariga xizmat ko‘rsatadigan yo‘lovchi liftlardan alohida joylashtirilishi zarur. Baland binoning turar joy va ofis qismlaridagi vestibyul zonasida alohida liftlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi, qaysi-ki yong‘in yuz berganda liftga chiqish qavatiga ko‘tariladi va eshiklari ochiq holada to‘xtaydi hamda maxsus kalit yordamida “Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashish” rejimiga o‘tkaziladi.
Bino (inshoot) ichida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashuvchi liftlarni yong‘in-qutqarish bo‘linmalari harakatlanadigan yo‘llarda joylashtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari barcha qavatlardagi hamma xonalarga kira olishlarini ta’minlashi lozim. Liftdan bevosita yaqin joyda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalri uchun, qoidaga ko‘ra, evakuatsiya qilish zina kataklariga chiqish joyi nazarda tutilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2017-yilgi №801-sonli Qarori va GOST R 53296 ga muvofiq yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari binoning baland qismiga kira olishlari va yong‘in o‘chirish imkoniga ega bo‘lishlari uchun yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashish (yong‘in o‘chiruvchilar uchun lift) rejimiga mo‘ljallangan kamida ikkita lift bo‘lishini nazarda tutish kerak. Baland binoda odamlarni liftlardan foydalangan holda evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘zda tutish lozim, evakuatsiya qilish vaqtining hisob-kitobi
4-ilovada keltirilgan.
Yong‘in lifti (yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashishga moslashtirilgan) quyidagi talablardan muvofiq bo‘lishi kerak:
- lift har bir qavatda to‘xtashi va eshiklarini ochishi lozim;
- liftning yuk ko‘tarish qobiliyati 800 kg dan kam bo‘lmasligi kerak;
- lift birinchi qavatdan eng yuqori qavatgacha ko‘tarilishi vaqti 60 s dan ortiq bo‘lmasligi lozim (har qanday holatda liftlar tezligi 2,5 m/s dan past bo‘lmasligi kerak);
- kuchlanish ostidagi va nazorat kabeli, elektr simlari hamda liftni boshqarish panellariga suv o‘tmasligining choralari ko‘rilishi lozim;
- maxsus boshqarish tugmasi birinchi qavatda yong‘in liftiga kirish joyida o‘rnatilishi kerak;
- liftning ichki bezatilishi yonmaydigan materialdan bajarilgan bo‘lishi lozim;
- lift MBP ga ega bo‘lgan so‘zlashish qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Binoning yerto‘la qavatlarida joylashtirilgan avtoturargohlar va boshqa xonalar o‘z liftlari guruhlariga, shu jumladan yong‘in o‘chiruvchilar uchun ham mo‘ljallangan liftlarga ega bo‘lishi lozim. Baland binoning yerosti qismidagi liftlar yer ustidagi birinchi qavatdan baland ko‘tarilmasligi kerak.
Binoga xizmat qiladigan va yerto‘lada joylashtirilgan texnik xonalar shu yerto‘laning o‘zida joylashtirilgan avtoturargohlardan alohida bo‘lgan evakuatsiyada chiqish yo‘llariga ega bo‘lishi lozim. Ular 1-turdagi tambur-shlyuzlar orqali avtoturargohlarga tutashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |