Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


BOB TURIZM-BUTUNJAHON SIYOSIY IQTISODIYOTINING AJRALMAS QISMI



Download 242,48 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi242,48 Kb.
#221136
1   2
Bog'liq
Yoshlarning turizm madaniyati

1BOB TURIZM-BUTUNJAHON SIYOSIY IQTISODIYOTINING AJRALMAS QISMI.


    1. Turizm siyosatining OAvdagi ahamiyati

"Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqozo etmoqda”

Sh.Mirziyoev

Ma’lumki, azaldan sayyohlarni buyuk allomalar yashagan va ijod qilgan hamda ularning faoliyati natijasida bunyod etilgan qadimiy obidalarga boy bo‘lgan maskanlar ohangrabodek o‘ziga jalb qilib keladi. O‘zbekiston ham shak-shubhasiz o‘zining buyuk tarixi, me’moriy obidalari, betakror tabiati va xalqimiz urf-odatlari, an’analari bilan sayyohlarga o‘zini ko‘z-ko‘z qila oladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda turizm sohasi taraqqiyotini axborot va kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Sayyohlarni respublikamizga jalb etishdagi dastlabki qadamlar ularni mamlakatimizning turistik salohiyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishdan boshlanadi, ayniqsa, keyingi yillarda ekologik turizm, ekstremal turizm, agroturizm va sohaning boshqa yo‘nalishlarining rivojlanishi sayyohlarini to‘laqonli axborot bilan ta’minlash ehti­yojining yanada oshishiga olib kelmoqda. Joriy yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi­ning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Turistik faoliyatning samarali axborot ta’minoti» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad turizm sohasining to‘laqonli axborot bilan ta’minlanishini tashkil etish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘nalishlarini tahlil etish, turizm bozori subyektlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, AKT imkoniyatlaridan foydalanishning istiqbolini hisobga olgan holda, turistik faoliyat qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda turizm sanoatini rivoj­lantirish, iqtisodiyotning tez o‘sishini ta’minlashda uning rolini oshirish va shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tashkiliy sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat shak-shubhasiz milliy turizm sohasini axborot bilan ta’minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg‘unlashgan holda ishlash, jumladan, xalqaro miqyosda mamlakatimizning haqiqiy imijini shakllantirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bu o‘rinda, turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi samarali me’yoriy-huquqiy maydon, sohani yaqin va o‘rta istiqbolda rivojlantirishning strategik rejalari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar mazkur faoliyatning asosini tashkil etishi lozim. Milliy turizm tizimini rivojlantirishda mazkur sohada samarali axborot almashinuvini ta’minlash zarur. Bu o‘z navbatida, iste’molchilarning mamlakatimiz haqidagi axborotdan erkin foydalanishlariga, turistik xizmatlarni taqdim etish sharoitlari, xususiyatlariga hamda ularning xavfsiz­ligini ta’minlashga xizmat qiluvchi axborotlardan iborat bo‘lmog‘i va milliy qonunchiligimizga mazkur masalalarni kompleks va tizimli huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qoidalarning kiriti­lishini ta’minlash zarur.



Davra suhbatida turoperatorlar faoliyatiga turizm biznesining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va qulaylashtirishga imkon beradigan zamonaviy kompyuter dasturlarini joriy etish zarurligi qayd etildi. Turizm xizmatlarini sotish va band qilish bo‘yicha turoperatorlarning GPS-pozitsiyaga asoslangan xalqaro global axborot tizimlariga ulanishlari va lokal servislarni yara­tishlarining muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekistonning turistik jozi­badorligi oshishiga xizmat qiluvchi dolzarb axborot resurslarini, jumladan, O‘zbekistonning noyob tarixi, o‘tgan buyuk allomalari va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy taomlari, an’analari haqida hujjatli filmlar va teleko‘rsatuvlar yaratish va tarqatish soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, turizm bozorini rivojlantirishda AKT bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ishlarni amalga oshirish:

  • аxborot-targ‘ibot kompaniyasini o‘tkazish va turli OAVda O‘zbekiston turizmi haqida ijtimoiy reklamalarni tarqatish;

  • foto va videomateriallar bankini yaratish;

  • Internet tarmog‘ida mamlakatimizning turistik imkoniyatlari haqidagi markazlashtirilgan va alohida axborot resurslari hamda turistlar, turoperatorlar va turizm sohasining investorlari uchun axborot portallari sonini oshirish;

  • tashqi va ichki turizmni rivojlantirishni axborot orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz va chet eldagi turistlar uchun axborot markaz­lari tarmog‘ini yaratish;

  • turistlarni o‘ziga jalb etish markazlarida axborot punktlari tarmog‘ini yaratish va boshqalar bugungi kunning dolzarb va­zifalaridan sanaladi.

Muallif: Faxriddin Xolboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

1.2. Turizm siyosatining OAVdagi ahamiyati
O'tgan yillar mobaynida O'zbekistonga kelayotgan turistik oqimning kamligi viza muammosi hamda turistik sohaga investisiyalar jalb qilishning qiyinligi bilan ham izohlanardi. O'zbekiston kabi madaniy zonaga sayyohlarning kamnamoligining eng asosiy sababi bu mamlakat (yoki uning biror bir mintaqasi) imijining ijobiy emasligida edi. Ammo, Prezidentimiz tashabbusi bilan turizm sohasiga oid bir qancha farmon va qonunlar kiritildi va qaytadan ko'rib chiqildi. Xususan, so'nggi yillarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha yirik investisiya loyihalari amalga oshirildi, shu jumladan Toshkent shahrida "Nyatt Regency Tashkent" va "Lotte City Notel Tashkent Palace" brendli mehmonxonalar ochilishi, Andijon, Urganch va Toshkent shahrida madaniy-ko'ngilochar bog'larning tashkil etilishi, "Angren-Pop" temir yo'li ochilishi, Buxoro, qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlariga tezyurar poezdlar uchun elektrlashtirilgan temir yo'llari ochilishini aytib o'tish joiz.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi etakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar diversifikasiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. Bu vazifani bajarishda turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining ham hissasi katta.

Qo'mitaning asosiy vazifalari turistik salohiyatni tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik tarmog'i maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta'minlash; turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari, turizm sohasida faol reklama va axborot siyosatini olib borish, tarixiy-madaniy merosni keng targ'ib qilishga, O'zbekiston Respublikasining turistik obro'sini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy sayyohlik mahsulotlarini va brendlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga targ'ib qilishga qaratilgan.

Xudud imiji, uning chet el va mamlakatning ishbilarmonlari doirasidagi obro'si har qanday umumdavlat va mintaqaviy, tashqi iqtisodiy va siyosiy loyihalarni ilgari surishda eng muhim omillardan hisoblanadi.

"Yaxshi nom" mamlakat, mintaqa, shaharlardagi ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Bu ayniqsa investisiyalarni jalb qilishda juda qo'l keladi. U yoki bu xududning yaxshi imiji undagi ko'plab muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi. Umuman olganda, doimiy mijozlar ongida turistik xudud obrazi uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bu o'sha xudud vakillari bilan muloqotda bo'lish, o'sha xudud haqida ijobiy tasavvurlarni:

 insonning jon qadriyatlari, filmlar ko'rish, adabiyotlar o'qish, elektron kanallardan ma'lumot olish va boshqa harakatlar orqali hayotiy tajriba orttirish jarayonida;

 xudud vakillari bilan o'zaro hamkorlik va muloqot qilganda;

 turli marketingli texnologiyalar yordamida xududni maqsadli ravishda ilg'or joylar qatoriga olib chiqish;

 turistlar havfsizligini ta'minlash, turizmning atrof muhitga salbiy ta'sirini pasaytirish va tabiatni asrash bo'yicha tadbirlarni o'tkazish orqali xududda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta'minlash orqali shakllantirish mumkin.

Turistik xudud obraziga muayyan jihatlar xos bo'ladi. Ularning birinchisi – o'zgaruvchanlik. Turistlar tomonidan xududni o'zlashtirish davomida vaqt o'tishi bilan o'sha xudud obrazi shakllanadi va o'zgarib boradi. Xudud obrazi o'zgarishi jarayoni 3 bosqichda kechadi.

1 - bosqichda xudud tanishroq bo'lib va ommaviylashib boraveradi. Mazkur bosqichning davomiyligi xududdagi mavjud resurslar sifati va xudud bozorining chaqqonligi bilan (ya'ni shu joyning haridorgirligi bilan) belgilanadi. Keyin ikkinchi murakkab bosqich boshlanadi. Bu bosqich uchun jamoatchilik nazarida shakllanib bo'lgan xudud obrazi xos. Bu bosqichning davomiyligi mazkur turistik xududda namoyon bo'luvchi ichki va tashqi omillarga bog'liq. Uchinchi bosqich, bu tanazzulga yuz tutish bosqichi bo'lib, bunda turistik xudud obrazi so'nib boraverishi kuzatiladi.

Turistik xudud obrazining ikkinchi xususiyati bu uning tarixiyligi, ya'ni ushbu xududning ma'lum darajada biror bir tarixiy voqea yoki ijtimoiy vaziyat bilan bog'liqligi. Uchinchi xususiyat – bu xalqaro maydonda shakllanib bo'lgan stereotiplar orasida nisbiy barqarorligi bilan ajralib turishi.

Mutaxassislar turistik xuduning boshqa xususiyatlari jumlasiga turistik xudud obrazini tashkil qiluvchi xususiyatlar kompleksliligi, ushbu xudud to'g'risidagi nuqtai nazarlar plyuralizmi, mintaqadagi taraqqiyotning ob'ektiv ko'rsatkichlariga bog'liqlik kabilarni ham kiritadilar .

Turistik xudud imiji shakllanishiga oid tadqiqotlarda o'sha xududga xos atributik belgilar va ramzlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ramz bu ko'pchilik tomonidan tan olingan shartli ashyoviy tanishtiruvchi belgi hisoblanadi.

Xududning rasmiy belgilari qatoriga bayroq, gerb, madhiya va valyuta kiradi. Xududning norasmiy ramzlari jihatiga an'anaviy xunarmandchilik tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va milliy taomlar, milliy kiyimlar, juda tanish me'moriy, arxeologik yodgorliklari, ishlab chiqarish ob'ektlari hamda noyob darranda va parrandalar, o'simliklar, xalq madaniy bayramlari o'tmishdagi va hozirda mashhur bo'lgan insonlar (guruhi) va boshqa narsalar kiradi . Rasmiy va norasmiy simvolika turistik xududning obrazini shakllantiruvchi imij resurslari sifatida namoyon bo'ladi. Xududning imij resurslari deganda OAV orqali juda oson taqdim etiladigan ma'lum xududning muayyan belgi va ramzlari, arxitiplari tushuniladi.

Xududning turistik jozibadorligi, eng avvalo, tabiiy va tarixiy-madaniy turistik resurslardan tarkib topadi. Bunda jozibadorlik doimiy xususiyat bo'la olmaydi, chunki u doimo qator omillar ta'siriga mahkum, bu, shubhasiz, turizmning moddiy-texnik bazasiga borib taqaladi.

Turistik xudud imijini shakllantirishda xududning geografik obrazi rivojlanishidagi tasavvurlardan ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, xudud imijini OAV tomonidan taqdim etilgan geografik obrazning bir qismi deb hisoblash mumkin.

Jamoatchilik ongida esa bir xudud imiji turlicha shakllanadi. Zero odamlar xudud haqida u bilan bog'liq bo'lgan turlicha axborotga, turlicha tajribaga ega bo'ladiar. Turistik xudud imijini yaratish, rivojlantirish va targ'ib qilishda maqsadli auditoriyaning tizimli o'rganish asosiy bosqich sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur bosqich hukumat organlari, qo'shni ma'muriy sub'ektlar, yirik tadbirkorlar va tashkilotlar, turli yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy aholi vakillaridan iborat ma'lum maqsadli auditoriyalarni ajratib olishni taqozo etadi. Turistik xudud imijini shakllantirishning mazkur bosqichida bozor tadqiq va tahlil qilinadi, xudud va uning raqobatchilarining xududga oid qisqa va uzoq muddatli aspektlari aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich xududdagi murakkab savdo-sotiq siyosatining maqsadlari bilan bog'liq bo'ladi. Jumladan, bunda turizm bozori, undagi turistik mahsulotlarning tarqalish usullari haqida tasavvurga ega bo'lish juda muhim.

Belgilangan maqsadlar turistik xudud imijini shakllantirishning uchinchi bosqichida amalga oshiriladi. Bunda

 turistik xududning jozibadorligini alohida ta'kidlovchi ishlab chiqilayotgan turistik mahsulotning tipik qiyofasini yaratish;

 millat, yosh, daromad, ta'lim, oilaviy holat kabi ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda potentsial (doimiy bo'la oladigan) iste'molchi obrazini yaratib bozorni taqsimlash;

 potentsial turist ehtiyojlarini qondira oladigan va xudud uchun maksimal daromad keltiradigan turistik tovarlar va xizmatlar kompleksini ishlab chiqish talab etiladi.

Turistik xudud imijini shakllantirishning oxirgi bosqichida xududdagi turistik mahsulotni sotishning turli usullari tanlanadi va qo'llaniladi. Bu erda mahsulot tayyorlanadi, uni shakllantiriladi, narxlari belgilanadi va (masalan, reklama aktsiyalari kabi) sotish yo'llari aniqlanadi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda turistik xudud imijini shakllantirish va targ'ib qilish turistik sohadagi mintaqaviy siyosatning dolzarb tamoyillaridan hisoblanadi. Xudud imijini yaratish va uni OAV orqali targ'ib qilish, uni tanuvchan qilishga, xudduga ko'pchilik diqqat-e'tiborini qaratilishiga, uning infrastrukturasining yaxshilanishiga, samarali targ'ib qilinishiga sabab bo'ladi.

Biror bir turistik xududning bunday imijni shakllantirishda OAVning ahamiyati beqiyosdir. Biror bir imijni ongli ravishda yaratish yoki unga biror bir zarur tuzatishlar kiritish kerak bo'lganida, ya'ni ijtimoiy yoki siyosiy buyurtma berilganida, ularning roli yanada oshadi.

Hozirgi jahon hamjamiyatida xudud, mintaqaning raqobatbardoshligiga ular, ya'ni shu joylar haqidagi axborot resurslari muhim hisoblanadi. Bunda ommaviy kommunikasiya vositalarining roli katta ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik turli OAV dan olingan axborot, ma'lumotlarga asoslanib,

sodir bo'layotgan voqea-hodisalar yoki narsalar, joylar haqida o'z fikr-mulohazalarini shakllantiradi.

Shubhasiz, axborot hukmron bo'lgan davrda OAVning biror xudud haqida tasavvurlar shakllantirishda hissasi juda katta bo'ladi. Chunki OAV har qanday bir voqea hodisani turlicha talqin qilib berishi mumkin. Bunda turli resurslardan foydalanish ham ko'zda tutiladi. Masalan, O'zbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish o'rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko'payishida muhim o'rin tutmoqda. Aynan turizmning mazkur jihatlarini dron jurnalistikasi imkoniyatlaridan foydalanib yoritish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me'moriy obidalari, zamonaviy shaharlarini qush qanot qoqqan balandlikdan, panorama formatida suratga olish, dunyoga mashhur tarixiy obidalarni ajratib ko'rsatish O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini oshishiga olib kelishi muqarrar. Masalan, 2019 yil 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrining yoshlar markazida ziyorat turizmi bo'yicha bo'lib o'tgan birinchi xalqaro Forumiida 120 dan ortiq Islom dunyosidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, tegishli idoralar, din ulamolari, oliy o'quv yurtlari, sayyohlik ma'muriyatlari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi bo'yicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari va turoperatorlar ishtirok etadi. Shu bilan birga, ziyorat-turizmi bo'yicha forum hamda respublika turistik salohiyatini keng yoritish maqsadida, 14 nafar xorijiy OAV vakillari, jumladan, Euronews (Frantsiya), Al Jazeera (Qatar), "Al-Axram al-iktisadi" (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), "Kommersant" (Rossiya), "Al-Vajxat" (Ummon), Al Hayat (Saudiya) gazetalari xodimlari ham ishtirok etishdi. Aynan Euronews va Al Jazeera telekanallari tomonidan tayyorlangan lavhalarda drondan foydalanildi .

Samarqand O'zbekistonda turizmni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shayotgan qadimiy shaharlardan biridir. O'tgan yillar mobaynida bu erda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug'bek observatoriyasini ta'mirlash hamda rekonstruktsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog'va xiyobonlar barpo etildi. Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001 yili YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta'minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu erda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko'rsatayotir. Buxoro – dunyo sayyohlarining e'tiborini o'ziga tobora keng jalb etayotgan eng qadimiy shaharlarimizdan. Istiqlol yillarida bu erda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shahar husniga husn qo'shdi. Turizm infratuzilmasi rivojlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Ark, Mir Arab, Ulug'bek madrasalari, Minorai Kalon, Chorbakr va Labihovuz majmualari, Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G'ijduvoniy qadamjolarida keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini dunyo bo'ylab keng targ'ib qilish maqsadida "Al-Jazira" telekanalining bir guruh ijodiy jamoasi 2019 yilning 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumiga taklif etilgan edi.Ushbu ijodiy guruh tashrifi davomida Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida tasvirga olish ishlarini olib bordi.

Joriy yil 14 apreldan boshlab ushbu telekanalning Arab tilidagi efiri orqali "O'zbekiston" nomli ko'rsatuv namoyish etila boshlandi. Ko'rsatuvning birinchi sonidan Toshkendagi Hazrati Imom majmuasi va Mushafi Usmon, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband yodgorligi hamda ushbu shaharda o'tkazilgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumidan tayyorlangan lavhalar joy olgan. Ushbu ko'rsatuv "Al-Jazira"ning ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining ma'lum qilishicha, "Al-Jazira" telekanali bir hafta davomida yurtimizning diniy ulamolari va qomusiy allomalari, shuningdek, ziyorat turizmi va turizmning boshqa turlari, boy madaniy merosining rang-barang namunalari haqida ma'lumot beruvchi turkum ko'rsatuvlar efirga uzatiladi.

Shu munosabat bilan Samarqand o'lkasi Internet tarmoqlaridagi axborot resurslari orqali turistik mahsulot sifatida tahlil qilindi.

Samarqand viloyati hokimligining axborot xizmati rahbari Mannob Ibodullaevning aytishicha, "Al-Jazira" telekanali O'zbekiston nomli ko'rsatuvini efirga uzatganidan so'ng Samarqand hududida sayyohlar boradigan manzillar soni ortib bormoqda. Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli (Sherdor, Tillakori, Mirzo Ulug'bek madrasalari), Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, shohi Zinda yodgorligi, Xo'ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir Devonbegi kompleksi, Xo'ja Ahror Valiy masjidi, Urgut tumanidagi G'avsul A'zam, Xo'ja omon, Chor Chinor ziyoratgohlari, Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi har doim mahalliy va xorijlik mehmonlar bilan gavjum.

Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyati Payariq tumanidagi Imom -Buxoriy majmuasini, albatta, ziyorat qiladi. 2018 yilning birinchi choragida Imom Buxoriy majmuasini 311 ming nafardan ortiq sayyohlar, jumladan, 2000 nafarga yaqin xorijliklar ziyorat qilgan. Bu o'tgan yilning shu davridagiga nisbatan 146 ming nafarga ko'p demakdir.

Qolaversa, xavfsiz turizm bo'yicha reyting Frantsiyaning Insurly portalida e'lon qilingan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sog'liqni saqlash darajasi, jinoyatchilik bo'yicha ahvol, jumladan terrorchilik ham va transport hodisalari hisobga olingan. 2020 yilda sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha 1-o'rin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveytsariyaga berildi. Ikkinchi o'ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq Ko'rildi. Uchinchi o'rinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ball berilgan.

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o'ntaligiga shuningdek Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.

O'zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o'rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo'nalishda O'zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo, O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi.

Shuningdek portalda ta'kidlanishicha, O'zbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo'q.

Reytingdagi 46-o'rin O'zbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi o'ringa olib chiqdi.

Rossiyalik Blogerlar o'zbek milliy taomlarini dunyoga tanitishda OAVdan foydalanmoqdalar.. "Summerdays" YouTube kanali yurituvchilari rossiyalik Blogerlar Denis va Tanya Andijonga sayohat qildi.

Denis va Tanya gastronomik turizm bo'yicha blog yuritib, o'z obunachilarini o'zbek oshxonasining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirib boradi.

Bu ikkala bloger Andijon shahriga kelgan kunidayoq mashhur "Andijoncha choyxona palovi"ning tayyorlanish jarayonini suratga oldi va o'z kanaliga joylashtirdi. Ushbu videolavha allaqachon 186 ming martadan ortiq tomosha qilindi. Viloyatga kelganlariga to'rt kun bo'lgan Blogerlar bugungacha Izboskan tumanidagi xonadonlardan birida shavla tayyorlash, Andijon tumanidagi xonadonlardan birida "uy oshi" tayyorlash, Shahrixon shahridagi pichoqchi hunarmandlarning milliy pichoq tayyorlash jarayonlari haqidagi videolavhalarni o'zlarining YouTube kanallariga joylashtirdi. Videolavhalar 540 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Denis va Tanya shuningdek Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish va ular haqida ham ko'rsatuv tayyorlashni ham rejalashtirgan. Ma'lumot uchun: Denis va Tanyaning "Summerdays" YouTube kanali obunachilari soni 171 ming nafardan ziyod bo'lib, kanalga joylangan videoroliklar 40 million martadan ortiq tomosha qilingan. Bu ularning O'zbekistonga birinchi kelishlari emas. Ular avvalroq Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida ham bo'lib, o'z obunachilarini mazkur viloyatlarning o'ziga xos taomlarini tayyorlash jarayoni bilan tanishtirgan.



Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, yaxshi ma'noda mintaqa imijini shakllantirishda OAVga u yoki bu dam olish joylari haqida qanday ma'lumotlar kelib qolgani muhim. Barqaror siyosiy vaziyat, qulay iqlim, yuqori darajadagi servis xizmati, rivojlangan infrastrukturalarning barchasi mintaqani sayyohlar uchun jozibador qilib ko'rsatadi.


    1. OAVda ichki turizm rivojlanishida yoshlarning turizm madaniyati va axloqiy sifatlari.



2

Download 242,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish