TERMOELEKTRIK EFFEKT
- ketma-ket ulangan turli yarimo‘tkazgichlar
yoki yarimo‘tkazgich va metalldan iborat elektr zanjirda kontaktlar temperaturasi
har xil bo‘lganda elektr yurituvchi kuchning vujudga kelishi.
TERMOELEKTR YURITUVCHI KUCH
– termoelektrik effektda vujudga
keladigan elektr yurituvchi kuch.
TERMOGALVANMAGNIT EFFEKT
- bo‘ylama temperatura gradienti va
ko‘ndalang magnit maydon induksiyasi mavjud bo‘lgan holda yarimo‘tkazgichda
ko‘ndalang elektr maydon kuchlanganligining vujudga kelishi.
TERMOGALVANMAGNIT HODISALAR
- qattiq o‘tkazgichlarning elektr va
issiqlik o‘tkazuvchanligiga magnit maydonning ta’siri bilan bog‘liq hodisalar.
TESKARI PANJARA
- muayyan kristall panjaraga xos, tugunlari orasidagi
masofa kristall panjaraning tegishli tugunlari orasidagi masofalarga teskari
mutanosib bo‘lgan nuqtaviy uch o‘lchovli panjara.
T
Do'stlaringiz bilan baham: |