SIRTIY HODISALAR
- jism sirt qatlami erkin energiyasining ortiqligi,
uning tuzilishi va tarkibiy xususiyatlari bilan bog‘liq hodisalar
SIRTIY HOLATLAR
- qattiq jismning vakuum bilan yoki boshqa muhit bilan
chegarasida vujudga keluvchi zaryad tashuvchilarning energiya sathlari.
SIRTIY SATH
- kristall davriyligining sirtda buzilishi yoki sirtda kirishma borligi
sababli hosil bo‘lgan mahalliy sath.
SIRTIY ZONA
- kristallning sirtiy sathlari tashkil qilgan ruxsat etilgan zona.
SIRTIY
-
TO‘SIG‘IY O‘TISH
- yarimo‘tkazgich sirtiga elektrolitik cho‘ktirish
yoki boshqa usul bilan metall o‘tkazilganda paydo bo‘lgan invers qatlam hosil
qilgan o‘tish.
SODDA YARIMO‘TKAZGICH
- asosiy tarkibi birgina kimyoviy element
atomlaridan tashkil topgan yarimo‘tkazgich.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |