35
KIRISHMAVIY ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIK
- yarimo‘tkazgichning
donor va (yoki) akseptor kirishmalar atomlarining ionlanishi tufayli (har qanday
uyg‘otish usulida) mavjud bo‘ladigan elektr o‘tkazuvchanligi.
KIRISHMAVIY SATHLAR
- yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zonasida
joylashgan hamda kirishmalar, tuzilish nuqsonlari mavjudligi bilan bog‘liq elektr
o‘tkazuvchanlik.
KIRISHMAVIY YARIMO‘TKAZGICH
- donor
va (yoki) akseptor
kirishmasiga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich.
KLASTER
- bir-biri bilan zaif bog‘langan ko‘p sonli atomlar yoki molekulalar
tizimi.
KO‘NDALANG GALVANMAGNITIK EFFEKT
- yarimo‘tkazgichdan
muayyan zichlikka ega tok o‘tayotganda va unga induksiyaviy ko‘ndalang magnit
maydon ta’sir qilganida, elektronlar yoki kovaklar tezliklari tarqoqligi oqibatida
ko‘ndalang temperaturaviy gradientning vujudga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: