KELVIN SHKALASI
- termodinamik temperatura shkalasining ko‘pincha
qo‘llaniladigan nomi.
KELVIN TEMPERATURA SHKALASI
- temperatura birligi sifatida Kelvin
tanlab olingan termodinamik temperatura shkalasi.
KIKOIN
-
NOSKOV EFFEKTI
- muayyan kuchlanganlikka ega magnit
maydonga joylashtirilgan yarimo‘tkazgichni yoritganda elektr maydonning
vujudga kelishi.
KIMYOVIY BOG‘LANISH
- molekulaning turli atomlariga oid elektronlarning
umumlashuvi natijasida vujudga keluvchi bog‘lanish.
KIRISHMALAR SATHI
- kirishma paydo qilgan mahalliy sath "akseptor sath",
"donor sath", "tutqich sath" va boshqa nom bilan farqlanuvchi sathlar.
KIRISHMALAR ZONASI
- bir xildagi kirishma sathlari to‘plami hosil qilgan va
to‘la yoki qisman taqiqlangan sohada joylashgan energiyaviy soha.
K
П
ом
Do'stlaringiz bilan baham: |