KUCHLI O‘ZARO TA’SIR
- bir nechta femtometrdan kichik masofalarda
adronlar orasidagi o‘zaro ta’sir; xususan, atom yadrolaridagi nuklonlarning o‘zaro
bog‘lanishini ta’minlaydi.
KVANT HOLAT
- o‘zaro ta’sirlanuvchi zarralar tizimining mumkin bo‘lgan
diskret turg‘un holatlaridan biri.
KVANT O‘TISH
- kvant tizim(atom, molekula va b.)ning bir holatdan boshqasiga
sakrashsimon o‘tishi.
MAGNITELEKTR
YARIMO‘TKAZGICH
ASBOB
–
magnit
kattaliklarni elektr kattaliklarga aylantiruvchi yarimo‘tkazgich asbob.
MAGNITIK YARIMO‘TKAZGICH
- tarkibiga past temperaturalarda
tartiblangan magnitik tuzilishlar hosil qiluvchi o‘tuvchan yoki noyob yer
elementlari kiritilgan yarimo‘tkazgich material.
MAGNITQARSHILIK EFFEKT
- yarimo‘tkazgich elektr qarshiligining magnit
maydon ta’sirida o‘zgarishi.
MAHALLIY SATH
- nuqsonlar konsentrasiyasi kichik bo‘lganda panjara nuqsoni
yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zonasida hosil qiladigan energiyaviy sath.
MASSA
-
lot.massa
–
harfiy - bo‘lak
- materiyaning inertlik va tortishish
xossalarini belgilovchi asosiy tavsiflaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |