HOLATLAR ZICHLIGI - energiyasi biror energetik oraliqda
jamlangan statistik tizim holatlari sonining shu oraliq kattaligiga nisbati.
ICHKI FOTOEFFEKT - kondensatsiyalangan muhitlarda yutilgan
elektrmagnit nurlanish ta’sirida elektronlar energiyaviy spektrining o‘zgarishi.
ICHKI KRISTALLIK MAYDON - kristall ichidagi atom(ion)ga panjara va
kirishmalar tomonidan ta’sir qiluvchi elektr maydon.
IDEAL KRISTALL - tuzilish nuqsonlari bo‘lmagan kristall.
INJEKSIYA ENERGIYASI - zarralarning tezlatgichga kirish oldidagi
energiyasi.
INJEKSIYA TOKI - tezlatgichga kiritiluvchi zaryadlangan zarralar dastasi toki.
INJEKSIYA - 1) zaryadlangan zarralar dastasini tezlatgichga kiritish; 2) elektrik
maydon ta’sirida nomuvozanat zaryad tashuvchilarning yarimo‘tkazgichga kirishi.
INJEKTOR -
frans. injecteur, lot. injectio – tashlayman – tezlatgichga yoki
jamlagichga kiritiladigan zaryadlangan zarralar dastasini hosil qiluvchi va ularga
dastlabki tezlanish berishga mo‘ljallangan qurilma.