21
elektr maydon kuchlanganligi vakuumdagiga nisbatan necha marta kamayishini
ko’rsatadi.
DIELEKTRIK YO‘QOTISHLAR BURCHAGI
- dielektrik bir elektromagnit
tebranish davrida yutgan energiyasining dielektrikdagi o‘zgaruvchan elektr
maydonning o‘rtacha energiyasiga nisbatini ifodalovchi kattalik.
DIELEKTRIK YO‘QOTISHLAR
- dielektrikdagi o‘zgaruvchan elektr maydon
energiyasining issiqlikka aylanadigan qismi.
DIELEKTRIKLAR
- amalda elektrik tokni o‘tkazmaydigan (yoki yomon
o’tkazadigan) moddalar.
DIFFUZIYA
- biror muhitda atomlar, molekulalar, ionlar va boshqa yirikroq
zarralarning (konsentratsiya gradienti mavjudligi tufayli) issiqlik harakati
oqibatida, uning konsentratsiyasi kamayishi yo‘nalishida moddaning (zarralarning)
tarqalishi
Do'stlaringiz bilan baham: