AVOGADRO DOIMIYSI - bir mol miqdordagi moddadagi zarralar soni.
AYNIGAN YARIMO‘TKAZGICH - Fermi sathi n-turdagi yarimo’tkazgichda
o‘tkazuvchanlik zonasida yoki p-turdagi yarimo’tkazgichda valent zonada
joylashgan yarimo‘tkazgich; bu holda zaryad tashuvchilar Fermi statistikasiga
bo‘ysunadi.
AYNIMAGAN YARIMO‘TKAZGICH - Fermi sathi taqiqlangan zona
chegaralaridan
kT dan kattaroq masofada joylashgan yarimo‘tkazgich; bu holda
zaryad tashuvchilar Maksvell-Bolsman statistikasiga bo‘ysunadi.
BIR JINSLI MAYDON - fazoning qaralayotgan sohasidagi barcha
nuqtalarida uni tavsiflovchi parametrlar bir xil qiymatga ega bo‘luvchi fizikaviy
maydon
BIR JINSLI MUHIT - muayyan fizikaviy xossalari koordinatalarga bog‘liq
bo‘lmagan muhit
BIR O‘QLI KRISTALL - faqat bitta optik o‘qqa ega bo‘lgan kristall.
BOG‘LANGAN ELEKTRON - atom yadrosiga elektrostatik tortilish tufayli
bog‘langan electron.