Bitiruv malakaviy ish



Download 400,5 Kb.
bet12/13
Sana15.07.2021
Hajmi400,5 Kb.
#119708
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashning ustivor yo`nalishlari

3-jadval

O`zbekistonning turli hududlarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari




Turizm turlari


Shahar

Shahardan 10-20 km uzoqlikda

Qishloq joylari

Odamlar yashamaydigan hududlar

Tarixiy – tanishuv

3

2

1

0

Arxeologik turizm

2

3

3

2

Ekologik turizm

0

2

2

3

Sarguzasht turizmi

1

2

2

3

Fermerlik yoki qishloq turizmi

0

2

3

1

Suv (dengiz) turizmi

0

0

2

3

Etnografik turizm

1

2

3

0

Kongress – biznes turizm

3

1

1

0

Ixtisoslashgan turizm

1

2

2

2

Kurort va sanotoriyalar

1

3

3

3

Diniy turizm

3

3

2

0

YOshlar turizmi

1

2

2

3

Gerontologik turizm

2

3

2

1

SHop - turlar

3

2

1

0

Izoh: 3 - yuqori darajada imkoniyat, 2 - o`rta darajada imkoniyat, 1 - past darajada imkoniyat, 0 – umuman imkoniyatning yo`qligi.

Manba: N.Tuxlyiev, T.Abdullayeva. Natsionalniye modeli razvitiya turizma. T.: 2006.

Albatta, bu resurslar asosida turmahsulotlarni shakllantirish va tayyor turmahsulotlarni iste`molchilarga etkazish bu sohada band bo`lgan turoperatorlarning faoliyatiga ham bog`liq bo`lib, hozirgi kunda mintaqadagi turoperatorlik firmalari asosan jo`natish (shop-tur) bilan shug`ullanishi ular faoliyatidagi samaradorlikni etarli darajada ta`min eta olmayapti. Mintaqaga turistlar oqimini kelishini koʻpaytirish iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta`sir etishini hisobga olsak, turoperatorlarning asosiy vazifasi tashqaridan keladigan potentsial turistlar uchun barcha imkoniyat va qulayliklarni yaratish va shu orqali ular sonini ko`paytirishga erishishlari lozim. O`zbekistonda turizmning rivojlanishi undagi mavjud salohiyatni yanada oshirish bilan bog`liqdir.

Respublikamizda turizm sohasini samarali rivojlantirish, turistik xizmatlarning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko`paytirish, turistik xizmatlar sohasida yangi ish o`rinlarini ochish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish choralarini ko`rish, istiqbolda ilmiy jihatdan asoslangan istiqboldagi ko`rsatkichlarini aniqlash juda muhim masalalardan biridir.

  

2-BOB. TURIZM SOHASIDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH ISTIQBOLLARI VA USTIVOR YOʻNALISHLARI


2.1. Malakali kadrlar tayyorlash turizmni rivojlantirishning

muhim omili sifatida
So‘nggi yillarda Buxoro viloyatida xalqaro va mahalliy turizm oqimining barqaror ravishda oshib borayotganligi kuzatilmoqda. 2014-yil oxiriga kelib, xorijlik sayyohlar soni 100 ming nafarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga sanatoriy-kurort tashkilotlari hamda dam olishni tashkil etuvchi boshqa korxonalardagi, shuningdek, turizm sektori tomonidan bilvosita yaratilgan ish o‘rinlari ham kiritilsa, turizmning viloyatda ish bilan bandlik ko‘rsatkichlariga qo‘shayotgan salmoqli hissasi namoyon bo‘ladi. Buxoro davlat universiteti oldida turgan asosiy vazifalardan biri ham mana shu ish o‘rinlari uchun malakali kadrlarni o‘z vaqtida yetkazib berishdan iborat.

Mamlakatimizda yoshlarni huquqlarini himoya qilish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, qiziqishi va layoqati bo'yicha kasb-hunar egallashi, ularning salomatligini ta'minlash, mustaqil hayotga qadam qo'yishida yordam berish davlatni yoshlar siyosatini ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanib kelinmoqda.

Aytish joizki, ayni paytda mazkur jarayonida davlat organ xodimlari bilan oliy o'quv yurtlarini professor-o'qituvchilari bir qatorda faoliyat yuritib yoshlarda yuksak huquqiy madaniyat g'oyalarini o'zlashtirish bo'yicha ularda ko'nikmalar hosil qilib kelmoqdalar. Oliy o'quv yurtlarini, shu jumladan, Buxoro Davlat Universiteti professor-o'qituvchilari qisqa vaqt ichida talabalarni mustahkam oila qurishlarida, o'z ta'lim yo'nalishlari bo'yicha professional – etuk xodim bo'lib etishlarida turli davlat va nodavlat tashkilotlarini vakillari ishtirokida ko`plab uchrashuvlar o'tkazib yoshlarga, yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib beruvchi yosh o'qituvchilarga bu borada zarur maslahatlar berilib kelindi.

Ta'kidlash joizki, tijorat va xususiy korxonalar ijtimoiy yordamga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimiga hissa qo'shishlari orqali talabalarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan etakchi korxonalarga aylanmog'i ham muhimdir. Tijorat va xususiy korxonalar talabalarni sifatli ta'lim olishiga alohida ahamiyat berishlari lozim. Buning uchun ushbu korxonalar doirasida talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash jamharmasini tashkil etish, uning qoshida mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini ro'yxatga olish va ularni o'qishga qabul qilinganda esa ularni har tomonlama moddiy qo'llab-quvvatlashni tashkil etuvchi markazi ochilishi maqsadga muvofiqdir. Qolavursa shunday talabalarni erishishi mumkin bo'lgan yutuqlarida tijorat va xususiy korxonalarning alohida e'tibori qaratishi muhimdir.

Buxoro viloyatida turizm sohasi uchun kadrlar Buxoro Davlat Universiteti va Buxoro Turizm kollejida tayyorlanadi. Buxoro davlat universitetida turizmga ixtisoslashgan «(turizm va mehmonxona xo‘jaligi)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, mazkur ta’lim yo‘nalishini 2012-yilda ilk bakalavrlar bitirib chiqishdi. 2010–2011-yilidan «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqrish», 2013–2014-o‘quv yilidan boshlab esa «Turizm» va «Xizmatlar sohasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda «Turoperatorlik faoliyatini tashkil etish» magistratura mutaxassisliklariga talabalar qabuli amalga oshirilyapti. Ayni paytga kelib esa, 45 nafar talaba ushbu yo‘nalishlarni tugatgan, shuningdek, 149 nafar talaba ta’lim olmoqda. 2017-yilga borib, BuxDU tomonidan sohaga yetkazib beriladigan kadrlar soni 200 nafardan oshirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarga Buxoro turizm kollejini har yili bitirib chiqayotgan 150 dan ortiq mutaxassisni ham qo‘shganda, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishiliyotgani kuzatiladi28.

Buxoro Davlat Universitetida turizm sohasi ta’limi «Iqtisodiy ta’lim va turtizm» kafedrasi huzurida ochildi. Ayni paytda turizm yo‘nalishida dars beruvchi o‘n nafar professor-o‘qituvchi, shu jumladan, bir nafar fan doktori, besh nafar fan nomzodi talaba yoshlarga sohaning nozik jihatlarini dunyo tajribalarini qo‘llagan holda mukammal tarzda o‘rgatmoqdalar. O‘qituvchilar sakkiz nafari Yevropa va Osiyoning universitetlarida malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish muddatlarini o‘tab qaytishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalardga mos ravishda talabalarga to‘rtta fan ingliz tilida o‘tila boshlandi, sohaga oid xorijiy adabiyotlar ba’zasi yaratildi. Kafedra huzurida eng so‘nggi rusumdagi texnik jihozlar bilan o‘quv-metodik markaz tashkil etilgan. Dars jarayonlarida talabalar elktron doska, videoproyektorlar, ovoz berish tizimidan samarali foydalanishib, universitet qoshida ochilgan markazlar va kurslarda ingliz , fransuz, nemis, koreys, ispan, italyan, yapon tillarini o‘rganish imkoniyatiga ham egalar.

Talabalarning amaliyot ishlarini tashkil etishda «O‘zbekturizm» MKning hududiy boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Boshqarma tomonidan talabalar viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan mehmonxonalar va boshqa turistik korxonalarga amaliyot o‘tashlari uchun yuborilmoqda.

Mustaqillik davriga kelib O`zbekistonda turizmga, shuningdek soha kadrlarini tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi (1999 yil 2 iyul’) qarori asosida Toshkent iqtisodiyot Universitetida xalqaro turizm fakul’teti, Toshkent, Samarqand va Buxoroda turizm kollejlari ochildi. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to`g`risida”gi qarori (2004 y. 26 mart) bilan faoliyatini qayta qurgan oliy o`quv yurtida ham turizm fakul’teti ish boshladi. SHuningdek, mamlakatdagi boshqa ba`zi oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ham turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlanadi. Xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni “O`zbekturizm” milliy kompaniyasiga qarashli Respublika ilmiy-konsalting o`quv markazi amalga oshiradi. 2005 yilda markaz tomonidan 51 gid, 201 gid-tarjimon, 90 turistik operator tayyorlandi. 140 mutaxassisga malaka oshirish o`quv mashg`ulotlari, 190 xodimga seminar-trening uyushtirildi29.

Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning barchasi O`zbekistonda turizmning keng avj olishi uchun yordam beradi

Zamonaviy turizm industriyasi rivojlanishida internet tizimining o‘rni beqiyos. Talabalar va professor-o‘qituvchilar viloyat turizm korxonlarida internet texnologiyalaridan foydalanish borasida maslahat-konsalting xizmatlari ko‘rsatib kelishmoqda. Viloyatning turizm salohiyatini yanada kengroq namoyish qilish maqsadida talabalar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda «Other Bukhara», «Bukhara – Open your fairyland» kabi nomlar ostida sahifalar yuritilmoqda. Ayni paytda bir guruh talaba va professor-o‘qituvchilar «O‘zbekturizm» MK hududiy boshqarmasi hamkorligida Buxoro turizm industryasining o‘ziga xos tomonlarini namoyish qilish, soha kadrlari malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda bronlashtirish va ma’lumot berish, biznes g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berish kabi xizmatlarni o‘zida mujassam etuvchi yangi veb-sayt yaratish borasida ishlar olib borishmoqda. «Buxoro viloyatida 2013 – 2016-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish kompleks chora-tadbirlar dasturi» doirasida Buxoro turizm kolleji bilan Turkiya va Avstriyaning yetakchi turizm kollejlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, universitetda Vazirlar Mahkamsi tomonidan tasdiqlangan «2010 – 2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib, unda qayd etilgan vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, fokllor ijrochiligi, qadimiy qo‘lyozmalar borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. «Asrlar sadosi» hamda «Ipak va ziravorlar festevali»da hunarmandchilik naunalari bilan ishtirok etib kelinmoqda. Iqtidorli talabalardan iborat guruh tomonidan Buxoro viloyatida mavjud bo‘lgan moddiy va nomoddiy meros namunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nashrga tayyorlanmoqda.

«Iqtisodiy ta’lim va turizm» kafedrasida xalqaro aloqalar namunali tarzda tashkil etilgan bo‘lib, Santyago de Kompostela universiteti, Ispaniyaning Valensiya politexnika universiteti, Belgiyaning Bryussel erkin universiteti, Finlandiyaning Rovaniyemi universiteti, Gretsiyaning Saloniki texnologik ta’lim universiteti kabi ko‘plab yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. Yevropa Komissiyasining TEMPUS hamda ERASMUS MUNDUS dasturlari doirasida yuqoridagi universitetlarda 2010 – 2013-yillar mobaynida 15 ga yaqin talaba o‘qib qaytishdi, o‘ndan ortiq tadqiqotchi, sakkiz nafar professor-o‘qituvchi ilmiy izlanishlar olib bordi. Iqtidorli talabalardan olti nafari BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda muntazam ravishda ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin olib kelishmoqda. Ikki nafar talaba turizm yo‘nalishida ilmiy izlanishlar natijasi sifatida Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lishdi, bir nafar professor-o‘qituvchi «O‘zbekiston belgisi» davlat nishoniga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimizda turizm va servis sohasining tobora taraqqiy topib borayotganligi «Iqtisodiy ta’lim va turimz» kafedrasi oldiga bir qator dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Bunda ilm-fanning ishlab chiqarish sohasi bilan o‘zaro manfaatli va innovatsiyalarga tayanadigan samarali aloqalarini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qiyidagilar belgilab olingan:

۰ hududdagi turizm sohasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari, litsey va kollej professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, mutaxassislar o‘z ishlanmalari, ilmiy maqolalari va takliflari bilan ishtirok eta oladigan interaktiv loyihalarni amalga oshirish;

۰ turizm va servis sohasi ehtiyolaridan kelib chiqqan holda malakali, yuqori bilimli va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash;

۰ moddiy va nomoddiy merosni asrab-avaylash, turizm potensialidan oqilona foydalanish, turizm rivojining iqtisodiyotiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotiga hamda atrof-muhitga ta’sirini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

۰ turizm ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;

۰ mahalliy vakolatli organlarga turizm sohasida qarorlar qabul qilishda ekspertlik yordamini ko‘rsatish, mahalliy turizm korxonlari uchun ilmiy tadqiqot ba’zasi sifatida konsalting xizmatlari hamda mavjud kadrlar malakasini oshirish imkoniyatlarini taklif qilish30.

Bir so‘z bilan aytganda, jahon sayyohlik sohasidagi jadal rivojlanish jarayonlari Buxoro viloyatida ham kuzatilmoqda. Shu bois universitet o‘qituvchi va murabbiylar oldida mazkur sohaga yetuk, bilimdon va malakali kadrlar yetkazib berish kabi yuksak vazifa turibdi. Universitet jamoasi ana shu ezgu maqsadni chuqur his etib mehnat qilmoqda.
2.2. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashning muhim masalalari
Aytish joizki, yoshlar siyosati asosida barkamol har tomonlama etuk mutaxassisni tayyorlashning ijtimoiy, psixologik, ma'naviy-ma'rifiy jihatlari, talabalarning o'z kelajagi va mutaxassisligi uchun mas'ulligi, jamiyatimizdagi bag'rikenglik va mehr- muruvvat muhitining ahamiyatiga oid davra suhbatlarini tashkil etish va o'tkazish, o'tiladigan ma'ruza (amaliy) mashg'ulotlarida ushbu masalalarga bir daqiqa bo'lsada diqqatni qaratish muhimdir.

Talabalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada tijorat va xususiy korxonalarni talabalar va professor-o'qituvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida joriy yildan boshlab turli mulk shaklidagi korxonalarni talabalarni moddiy yordamlashdagi, ularni ijtimoiy holatidan, millatidan qat'iy nazar, barcha talabalarni oldindan kuchli va manzilli tarzda ish o'rinlari bilan ta'minlash orqali ularni himoyalash muhim muammo bo'lib qolmoqda.

Shuning uchun talabalarni to'laqonli ta'lim-tarbiya olishi bilan birga ularni bilimi, qo'lga kiritilgan ilmiy-amaliy ko'nikmalaridan kelib chiqib ish o'rni bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim.

Yosh talabalarni kelajagi, mustaqil yosh oilalar farovonligini ta'minlashning asosi, yosh avlod, yosh oila muhofazasining huquqiy-me'yoriy, psixologik-pedagogik jihatlari, alohida iqtidorli talabalarning ishlab chiqarishga integratsiyalashuvini nazariy-amaliy ko'nikmalar asosida takomillashtirish bo'lajak yosh oilani mustahkamlashning ma'naviy asosi bo'lib xizmat qilmog'i lozim.

Bizdagi professorlar va o`qituvchilar juda yaxshi pedagoglardan hisoblanishadi. Buxoro davlat universitetida hozirda faoliyat olib borayatgan professor-o’qituvchilarning aksariyat qismi chet elda malaka oshirishda bo’lib qaytishgan. Ular nazariy bilimlarni be kami ko`s talabalarga yetkazishga harakat qilib kelishyapti. Shuning uchun bularga qoshimcha qilib xizmat ko`rsatish sohasidagi mutaxasislarni o`quv jarayoni davomida jalb qilib tashkillashtirilsa ushbu muammolarni yechishda yordam bergan bo`lardi. Shu bilan birgalikda o`qituvchilarimizning kasbiy mahoratlarini oshirish yo`lida ham ishlar olib borishimiz kerak. Chunki hamma o`qituvchilarimiz va pedagoglarimiz ham talablarga javob berishmaydi.

Mehmonxona, restoran xojaliklarigidagi va turistik biznesdagi tashkilotlar bilan o`quv yurtlari orasida ko`proq seminar va forumlar tashkil qilish lozim. Bunday ishlar mehmonxona xo`jaligi sohasidagi asosiy muammolarni tezroq yechishiga va o`quv jarayoni bilan amaliyot jarayonining hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi. O`z navbatida ta`lim dasturlarining tashkilotlar kvalifikatsiyasiga mos kelishini va dunyo bozorida zamonaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlab innavattsion o`quv ta`limotni yaratishni taminlaydi.Xizmat ko`rsatish biznes soxasini rivojlantiradi va dunyo bozorida raqobatdoshlik biz uchun oson kechadi.

Prezidentimiz ta`kidlab o`tganlaridek "Eski mafkuraviy g`oyalardan xoli bolgan xolda kelajakni quraylik", shunday ekan biz yangiliklarga intilib dunyo bilan hamnafas bo`lib yashab eskirib qolgan mafkuraviy g`oyalarimizni yangi innovatsion g`oyalarga ya`ni tajribada sinalgan ishlarga almashtirsak yanada yaxshiroq bo`lardi.

Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasida mehmonxona xo`jaligi va servis yo`nalishlari bo`yicha quyidagi oliy ta`lim muassalari faoliyat olib bormoqda:



  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

  • Urganch davlat universitetidagi – mehmonxona va turoperatorlik kafedrasi.

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi - Servis va turizm fakulteti.

  • Buxoro davlat universitetidagi – “Turizm” kafedrasi.

  • Toshkentdagi Singapur menejmentini rivojlantirish institutining – Turizm va mehmonxona boshqaruvi yo`nalishi.

Bundan tashqari o`rta maxsus talim dargohlari :

  • Buxoro turizm koleji

  • Samarqand turizm koleji

  • Toshkent turizm koleji

Bu ko`rsatkichlarga qaraydigan bo`lsak va umumiy har yilgi bitiruvchilarni sanab hisoblaydigan bo`lsak bizning yurtimizda umuman bu sohada kadrlar tayyorlash bo`yicha hech qanday muammolar yo`qligi aniqlanadi. Demak turizm sohasidagi tashkilotlar barchasi bemalol ortig`i bilan o`quv yurtlari tomondan kadrlar bilan taminlab berilayotgandek ko`rinadi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqil hayot yo`lida juda katta o`zgarishlar va yuksalishlardan o’tib kelmoqda. Shu jumladan mamlakatimizda xorijiy sayyohlarni jalb etib, servis sohasini ham rivojlantirishga yo`l ochib berilyapti.

Albatta turizm sohasining o`zi ham qaysidir jihatlari bilan yangi va to`liq o`rganilmagan sohadir, shunga qaramasdan barcha sohalar kabi turizmda ham ko`rinarli darajada yuksalishlarga erishib bormoqdamiz. Yurtimizning bir necha viloyatlarida servis yoki turizm biznesiga aloqador kollejlar ochildi. OTMlarda ham turizm yo’nalishlarida bakalavriat va magistratura talabalar tahsil olishmoqda. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ishlari avjiga chiqib bormoqda.

Bizning mamlakatimiz yosh bo`lishiga qaramay, juda ko`plab tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Turistik tarixiy resurslarimiz qayta tiklanmoqda, infratuzilma ham takomill topmoqda va butun tizimning soat kabi ishlashi uchun oliy dargohlarda ko`plab talabalar tahsil olishi ta`minlab kelinmoqda.

Shu qadar ishlar qilinar ekanu, ular zoye ketarmikan? Yo`q, albatta. Sobiq sho`ro davridagi tuzumdan xolos bo`lganimizdan keyin bizning servis sohamizda ham ko`plab o`zgarishlar sezila boshladi, chunki dunyodan qanchaga orqaga qolsak servis sohasida shunchalik mijozlarimizning ehtiyojlarini qondira olmagan bo`lamiz.

Demak, raqobatda g`olib bo`lish qiyinlashadi, lekin bizda qilinayotgan tashkiliy ishlar g`oliblik sari qilingan qadamlardir. Albatta kamchiliksiz hech bir narsa bo`lmaydi. Shunday ekan bizlar u kamchiliklarimizni bartaraf etib kelajakda bilimli va zukko kadrlar tayyorlashimiz kerak. Samarali ishchilarni tarbiyalab ularning butun jahon bozorida raqobatbardoshliklarini ta`minlashimiz zarur.



Download 400,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish