Bitiruv malakaviy amaliyoti



Download 137,22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2022
Hajmi137,22 Kb.
#566135
Bog'liq
amaliyot distant



Bitiruv malakaviy amaliyoti 
HISOBOTI 
 
REJA: 
 
Kirish
 
Asosiy qism:
1.1 Amaliyotning ilk bosqichi – yangi tizimga kirib borish 
1.2 Nazariy bilimlarning amalik aksi 
1.3 Delo tikishdan – ajrim tayyorlashgacha 
1.4 Hayotimdagi ilk haqiqiy sud majlisi 
1.5 Amaliyotga bo’lgan subyektiv yondashuv 
 
Xulosa


“*********” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni tanlaganimdan so’ng, ushbu 
mavzuga mos tushadigan qaysi bitiruv malakaviy amaliyot maskanida amaliyot o’tasam ekan, 
degan savol o’z-o’zidan paydo bo’ldi. To’g’ridan to’g’ri huquq tizmida ingliz huquqi amal 
qiladigan mamlakatda amaliyot o’tash imkoniyati mavjud bo’lmaganli uchun, mamlakatimizda 
mavjud bo’lgan tuzilish shakliga ko’ra turli xildagi kompaniyalar bilan mufassal tanishish, ularni 
ingliz huquqidagi kompaniyalar bilan solishtirish, shu orqali ingliz huquqidagi ommaviy-xususiy 
kompaniyalarning qiyosiy-huquqiy tahlilini yuritish uchun men “Iqtisodiy sud” tanlovida 
to’xtadim. 
Sud hokimiyati – hokimiyatning mustaqil tarmogʼi boʼlib, uning asosiy vazifasi 
jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, odil sudlovni amalga oshirish hisoblanadi. Sudlar 
ishlarni oshkora koʼrishi orqali har bir fuqaroning buzilgan huquqlarini himoya qilishiga kafolat 
yaratadi. 
Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, 
qonunlar bilan oʼzining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yoʼli bilan 
odil sudlovni amalga oshiradi. Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xoʼjalik yurituvchi 
subyektlar oʼrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va 
korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy 
huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni koʼrib chiqadi. 
Bitiruv malakaviy amaliyotning ilk kunida Farg’ona shahrida joylashgan Yuridik 
texnikumda universitet xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan yig’ilishda amaliyotga oid 
yakuniy konsultatsiyalar va amaliyotni tashkil etish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni oldim va 
o’sha kunning o’zidayoq amaliyot joyimga kelib, “Talabalarning amaliyot o’tash tartibi 
to’g’risida”gi 2548-sonli Nizom majburiyatlarini zimmamga olgan holda amaliyotni boshladim. 
Mening Qo’qon tumanlararo iqtisodiy sudda amaliyotni o’tashim to’g’risidagi buyrug’im 
elektron tarzda yuqoridagi sudning elektron manziliga yetib kelgach, ushbu sudda men 
biriktirilgan shaxs, sudya yordamchisi chiqib, meni suddagi kirdi-chiqdini nazorat qilib turgan 
xavfsizlik xodimlariga tanishtirdi va meni Iqtisodiy sud bo’limiga olib kirib ketdi. (Fuqarolik 
ishlari bo’yicha Qo’qon tumanlararo sudi, tumanlararo iqtisodiy sud va jinoyat ishlari bo’yicha 
Qo’qon shahar sudi bir binoda joylashgan). Amaliyotni boshlashdan avval, Iqtisodiy sudning 
raisi menga sud instituti, uning boshqa davlat organlaridan farqi, o’ziga xos xususiyatlari, ushbu 
muassasadagi ichki tartib qoidalar haqida batafsil tushintirdi va ushbu tartib-qoidalarni buzish 
men uchun bir qator huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi to’g’risida ogohlantirdi. 
Amaliyot rahbarim bilan birgalikda iqtisodiy sud xodimlari hamda ularning asosiy 
vazifalari bilan tanishdim. Amaliyot rahbarim va bo‘lim xodimlaridan mazkur iqtisodiy sudning 


yaqin yillardagi faoliyati, erishgan yutuqlari hamda bo‘lim xodimining kasbiy etikasiga doir 
ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘ldim. 
Tumanlararo (tuman, shahar) iqtisodiy sudlar faoliyati to‘g‘risida umumiy nazariy 
ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi 
hamda O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi qonuni bilan batafsil tanishib 
chiqdim. 
Sud apparati xodimlari tomonidan xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlardagi 
ma’lumotlarni oshkor etish man etiladi. Bunday hujjatlar bilan bevosita tegishli yoki xizmat 
topshirig’ini bajarishga aloqador bo’lgan shaxslargina tanishib chiqishlari mumkin. Xizmat 
doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlar bilan boshqa shaxslarni tanishtirish, ularga 
ma’lumotnoma yoki xizmatga oid ma’lumotlarni berish, matbuotda chop etish, radio va 
teleko’rsatuvlarda oshkor qilish, ma’ruza, nutq va boshqa amaliy chiqishlarda foydalanish, 
shuningdek, fleshka, disk va shunga o’xshash nusxa olish texnika vositalari orqali ma’lumot 
olish va tarqatish faqat tumanlararo (tuman, shahar) sudining raisi (rais yo’qligida rais vazifasini 
bajaruvchi) ruxsati bilan amalgam oshirilishi mumkinligi to’g’risida amaliyot rahbarim orqali 
tanishib chiqdim. 
Iqtisodiy ishlarda ish yuritish, ya’ni sudga kelib tushgan va suddan jo’natilayotgan barcha 
iqtisodiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolarni, shuningdek, bankrotlik 
to’g’risidagi ishlar, hujjatlar, xat-xabar, ariza va shikoyatlarning kirim-chiqimini rasmiylashtirish 
elektron dastur asosida, local tarmoq yordamida kompyuter texnikasi vositalari orqali amalgam 
oshirishni devonxona bo’limi mudiri qo’l ostida o’rgandim. Iqtisodiy sudlarda yuritiladigan 
barcha qayd etish kitoblari devonxona mudiri tomonidan raqamlanishi, tikilishi, imzolanishi va 
muhrlanishini bilib oldim. 
Iqtisodiy sudning raisi “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga 
muvofiq sud ishini tashkil qilishini, sud apparati faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga 
oshirishini bilib oldim.
Sud xodimlaridan sudda ish yuritishning barcha qoidalari, tartib va usullari, shuningdek, 
sud tuzilishi, protsessual va moddiy qonunlarni yaxshi bilishi talab etiladi. Shu maqsadda 
tumanlararo iqtisodiy sudning raisi devonxona mudiri, sudya yordamchisi va boshqa xodimlar 
bilan doimiy ravishda huquqiy mavzular asosida ish yuritishni tashkil etish yuzasidan mashg’ulot 
o’tkazib turishi va bu haqda alohida qayd kitobiga belgilab borish kerakligini o’rgandim. 
Amaliyotimning ilk haftasida asosan tashkiliy ishlar va bajarilgan amallarni tegishli 
kitoblarga qayd qilish bilan shug’ullandim. Delodagi hujjatlarni mantiqiy tartibda raqamlash 
(avval da’vogar taqdim etgan hujjatlar – da’vo ariza, davlat boji to’langanligi to’g’risidagi 
kvitansiya, turli xil dalolatnomalar, ma’lumotnoma, aloqa xatlari va boshqa ilovalar, so’ngra 


ushbu ishni ish yuritishga qabul qilish va sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risidagi ajrim, 
pochta ma’lumoti, so’ng sud majlisi bayonnomasi, so’ng hal qiluv qarorining hal qiluv qismi, 
keyin kengaytirilgan hal qiluv qarori, so’ng ushbu hal qiluv qarorini ommaga e’lon qilish yoki 
qilmaslik to’g’risidagi ishdagi taraflarning tilxati, oxirida ijro varaqasi), ularni ro’yhat tarzida 
shakllantirish va deloning ilk sahifasiga qo’yish, barcha hujjatlarni o’z ichiga olgan deloni 
shnurlash hamda tikish, deloning oxirgi sahifasiga devonxona muhrini tushirish va yuqoridagi 
amallarni bajarib bo’lgach, ushbu deloni imzolash uchun sud raisiga taqdim etish va undan so’ng 
ularni arxiv bo’limiga topshirish, shular jumlasidandir. 
Amaliyotimning keyingi haftasida amaliyot rahbarim nazorati ostida bevosita protsessual 
harakatlarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladim. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish 
va sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risidagi ajrim tayyorladim. U bilan bog’liq protsessual 
muddatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ldim. Elektron baza orqali taraflarni ish bilan bog’liq 
sud hujjatlari haqida xabardor qilish tartibini o’rgandim. Sud raisi va uning yordamchisidan Sud 
tomonidan da’vo arizalarini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish, qaytarish, ish 
ko’rishni keyinga qoldirish hamda to’xtatib turishning protsessual asoslari haqida atroflicha 
ma’lumot oldim. 
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to’g’risidagi ajrim hamda sudning hal qiluv qarori 
asosida chiqariladigan Ijro varaqasi mazmunlari bilan tanishdim va tayyorladim. 
Amaliyotimning keyingi haftalari davomida Qo’qon tumanlararo iqtisodiy sudiga kelib 
tushadigan da’vo arizalarni ko’rib chiqish uchun sud devonxonasi tomonidan nazarda tutilgan 
normalarga asosan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantirish va 
sudyalar o’rtasida taqsimlanishi, shuningdek, ishlar sudda ko’rib chiqilib hal etilgach, ish bilan 
bog’liq hujjatlar arxivda saqlash uchun topshirilishi tartibi bilan atroflicha tanishdim. 
Iqtisodiy sud tomonidan 2 subyekt o’rtasida tuzilgan shartnomadan kelib chiqqan nizoli 
holat (shartnoma muddatining tugaganligi munosabati bilan da’vogarning ko’chmas mulkidan 
javobgarni boshqa joy topib bermaslik sharti bilan majburiy ko’chirish)ni hal etish bo’yicha sud 
muhokamasi jarayonida ishtirok etdim. Sud muhokamasi jarayonida da’vogar va javobgar 
tomonidan vakillarning ishonchnoma asosida, tegishli muassasa rahbarining esa ishonchnomasiz 
ham ishtiroki, da’vo talabi, talabni asoslovchi dalillar, ish bilan bog’liq boshqa hujjatlar, 
uchinchi shaxslarning ishtirokining amaliy aksiga ilk marta guvoh bo’ldim hamda mazkur 
jarayonda raislik etuvchi sudyaning tutgan roli haqida o’z shaxsiy munosabatimga ega bo’ldim. 
Amaliyotim davomida iqtisodiy protsessual kodeksning 166-moddasida keltirib o’tilgan 
videokonferensiya aloqa rejimidagi sud majlisida ham ishtirok etdim va atroflicha ma’lumotga 
ega bo’ldim. 


Internet tarmog’i orqali e’lon qilinishi kerak bo’lgan sudda ko’rib hal etilgan ishlar va sud 
qarorlari bilan tanishdim va ularni e’lon qilish tartibini o’rgandim. Bunda birinchi navbatda ishda 
ishtirok etgan tarafning yozma tilxati bor yoki yo’qligiga e’tibor qaratdim, ushbu tilxat mavjud 
bo’lmagan taqdirda tegishli tarafni mavhumlashtirgan holda Oliy sudning elektron bazasiga 
joylashtirish to’g’risidagi ko’nikmalarga ega bo’ldim. 
Amaliyotim davomida sudga kelib tushgan da’vo arizalari yuzasidan O’zbekiston 
Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi qonunga asosan davlat bojini undirish va uni 
hisoblash tartibini, shuningdek, davlat bojidan ozod bo’lgan subyektlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarga ega bo’dim. Sudya tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy ishlar bo’yicha sayyor sud 
majlisida qatnashdim va o’zimni qiziqtirgan bir qancha savollarga javob topdim. Iqtisodiy sudlar 
tomonidan Iqtisodiy protsessual kodeksning tegishli moddalariga asosan buyruq tartibida ish 
yuritish to’g’risida atroflicha tushunchaga ega bo’ldim. 
O’z ishiga bo’lgan ishtiyoq, o’ziga belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarish va eng 
asosiysi, o’z ishini sevish ko’p tomonlama hamkasblarga ham bog’liq. Men amaliyot o’tagan 
muassasadagi kollektiv nisbatan yosh (sud raisi 43 yosh, arxiv bo’limi mudiri – 25 yosh), lekin 
shunga qaramay tajribali, o’z ishiga professional. Bu yerdagi ichki muhitda xushchaqchaqlik, 
o’zaro yordam hukmronlik qiladi. Garchi yetarlicha tanbehlar olgan bo’lsamda, amaliyotim 
davomida bosim ostida bo’lmadim, hamkasblar orasiga singib keta oldim (menimcha). 
Amaliyotimning so’nggi kuni – 15-aprelda ishdan so’ng hamkasblar bilan iftorlik dasturxonida 
yig’ildik va do’stona suhbat qurdik. 
Shu tariqa mening amaliyot davrim ham rasman, ham mantiqan o’z nihoyasiga yetdi. 
Qo’qon tumanlararo iqtisodiy sudida o‘tagan bitiruv malakaviy amaliyotim davomida 
mazkur muassasada deyarli yirik kamchilik va nuqsonlarga duch kelmadim. Kamchiliklarning 
barchasi deyarli ikkilamchi omillar tufayli. Ushbu sud reja-grafikka asoslangan tizimli ish hajmi 
juda ko‘p, bunga nomutanosib ravishda esa rahbariy shtab birliklari qisqa, bori ham vakant joy 
bo‘lib, amalda Qo’qon tumanlararo iqtisodiy sudi yetarlicha sudyaga ega emas. Natijada, bo‘lim 
xodimlari kunlik ustama bilan ishlayapti. 
Fuqarolik ishlaridan farqli ravishda iqtisodiy sudda subyektiv omil deyarli rol o’ynamaydi, 
barchasi obyektiv, hujjatlar asosida ko’rib, hal qilinadi. Fuqarolik ishlaridan farqli ravishda 
Iqtisodiy sudda ko’rilayotgan ishlarning da’vo miqdori nihoyatda katta bo’lib, milliard so’mdan 
oshiq da’volarga ham ko’p bora guvoh bo’ldim. Bu esa davlat bojini to’lashda ishda mag’lub 
bo’lgan tarafga juda katta qiyinchiliklar tug’dirishi tabiiy. Yuqoridagi nuqtayi nazardan kelib 
chiqib, mediatsiya, arbitraj va shunga o’xshash boshqa institutlarning tobora rivojlanib, kengayib 
borishi hamda nizolarni tez va arzon hal etuvchi, sud organiga ekvivalent muassasa sifatida 
ommalashishini zamonning o’zi ustuvor maqsadga aylantirib qo’yishini tahmin qila olaman. 


Iqtisodiy sudda o‘tagan amaliyotim davomida deyarli barcha iqtisodiy masalalarda sud 
taraflarning nizolarini hal etishda rahbariy rolni o‘ynashiga guvoh bo‘ldim. Mazkur davr oralig‘i 
universitetda o‘rgangan nazariy bilim va ko‘nikmalarimning mustahkamlanish hamda amaliy 
jihatdan boyish davri bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida men normativ-hujjatlar bilan ishlash hamda 
kasbiy malaka asoslarini o‘rgandim. Ish taqozosi bilan yondosh sohalar ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirdim. Iqtisodiy sudlar haqida keng tushunchaga ega bo‘lish hamda ma’lum vaqt ushbu 
tizimda amaliyot o‘tash dunyoqarashim hamda umumiy nazariy bilimlarimga sezilarli ta’sir 
qildi. Shu bilan birgalikda ushbu organda bir qancha byurokratik unsurlar borligiga guvoh ham 
bo’ldim. 
Agar vakantlar xodimlar bilan to‘ldirilsa va shtab hajmi birmuncha oshirilsa, ish hajmi 
normallashadi, bu esa sud organi xizmatlarining sifatini yanada oshiradi. 
Odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha barcha vakolat va ustuvor yo‘nalishlarning mazkur 
tizimda bo‘lishi jamiyatdagi turli korrupsion elementlar hamda byurokratik to‘siqlarni olib 
tashlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi, ushbu organda professional xodimlarning ishlashi 
esa har qanday manfaatlar to‘qnashuvini oldini oladi. Iqtisodi rivojlangan, huquqiy jihatdan 
barqaror jamiyat barpo etishda mazkur omilning ahamiyatini e’tirof etmaslik mumkin emas. 

Download 137,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish