8
ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida -
И, ИЛИ, НЕ
(AND,
OR, NOT)
kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1
bitli
xotira elementlari, ya’ni
triggerlar
hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T
va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan
tashkil topgandir.
1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar.
1.4-rasm. SR-triggeri.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa,
registrlarni
hosil
qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin
(1.5-rasm).
9
Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda
juda ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan
biri - bu registrlar
hisoblanadi. Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan,
ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil
vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi.
Birinchi sath
–
mikroarxitektura sathi
deb ataladi.
Ushbu sathga
tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni
bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan
dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple,
DEC va boshqa xil
protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta
registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma
(Arithmetic
Logical Unit - ALU)
deb nomlangan sxemalar mavjud.
1.5-rasm. Registr.
Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni
bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda
ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini
, ya’ni
ma’lumotlar traktini
shakllantiradi (1.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar
tanlanadi, arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni,
10
masalan – inkorlash, qo‘shish, ayrish yoki
boshqa bir amalni bajaradi,
so‘ngra natija tanlangan registrlardan biriga joylashtiriladi.
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti –
mikroprogramma (mikrodastur)
deb nomlangan maxsus dastur tomonidan
nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti –
apparat
vositalar
tomonidan
nazorat
qilinadi.
Hozirda
ishlab
chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat
vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning
nomi –
mikroarxitektura sathi
deb nomlangan.
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan
kompyuterlarda, mikrodastur deganda – ikkinchi
sath buyruqlarining
interpretatori
, ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur
xotiradan buyruqlarni chaqirib oladi va ularni ma’lumotlar traktidan
foydalangan holda ketma-ket bajaradi. Masalan:
ADD
– qo‘shish
buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib olinadi, unda ishtirok
etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar
registrlarga joylashtiriladi,
arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga
yoziladi.
Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan
kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo
bunda ikkinchi sath
buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya
qiluvchi mikrodastur bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: