(PC),
stekni
80
ko‘rsatuvchi
(SP)
va boshqariluvchi adres registrlaridan
tashkil topgan
.
B,
C, D, E, H, L registrlari umumiy tayinlanadigan registrlar to‘plami
deyiladi. Ulardan, bajarilayotgan buyruqning xiliga qarab mustaqil 8-
razryadli registrlar yoki 16-razryadli juft registrlar BC, DE, HL sifatida
foydalaniladi. W2, W3 registrlari esa oraliq registrlar hisoblanadi. Ularga
dastur orqali murojaat qilish mumkin emas. W2, W3 registrlardan
protsessor ichida bajarilayotgan buyruklar bilan ishlash davomida
foydalaniladi.
3.5-rasm. УМПК-80 elektron stendi vositalari.
Buyruqlar sanagichi - PC registrida bajarilish navbati kelgan
buyruqning
xotiradagi adresi
yozilgan bo‘ladi. Bu registrning qiymati
buyruqlarning har bir sikli bajarilganda avtomatik ravishda o‘zgartiriladi.
K580ВM80 protsessorining buyruqlari -
bir, ikki yoki uch bayt
uzunlikka
ega bo‘lishi mumkin. Kompyuterda dasturning ishlashi
davomida qanday buyruq bajarilishiga qarab, uning uzunligiga mos
holda PC-ning qiymati, 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi. 3.6-rasmda
УМПК-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580BM80 protsessorining ichki
registrlari keltirilgan.
81
Stekni ko‘rsatuvchi
(Stack Pointer
- SP
)
registr asosiy
xotiraning stek sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qismining
boshlang‘ich adresini ko‘rsatib turadi (3.6-rasm). Kompyuterda
ishlayotgan
dasturda
uzilish
sodir
bo‘lsa, protsessor ichki
registrlarining holatlarini vaqtincha saqlab turish uchun stekdan
foydalaniladi. Uzilish deganda - kompyuterda bajarilayotgan bir
dasturni, boshqa bir dasturni bajarilishini ta’minlash maqsadida,
vaqtincha to‘xtatib turish tushuniladi. Bunda avval bajarilayotgan
dasturga tegishli bo‘lgan, protsessorning ichki registrlarida yozilgan
ma’lumotlarni vaqtincha stekka yozib turish amalga oshiriladi.
3.6-rasm. УМПК-80 elektron stendiga o‘rnatilgan
K580ВM80 protsessorining ichki registrlari.
Protsessor tarkibiga kiruvchi - boshqariluvchi adres registriga
ham, W2, W3 registrlariga o‘xshab dastur yordamida murojaat qilish
82
mumkin emas. Ushbu registrdan ham protsessor ichida, buyruqlarni
bajarish paytida foydalaniladi.
K580BM80 protsessorida arifmetik va mantiqiy amallarni
bajarilishi
uchun
kerak
bo‘ladigan sonlar -
operandalar
,
akkumulyatorda va W1 registrida
saqlab turiladi. Ko‘shish, ayrish,
mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish va shularga o‘xshash boshqa bir
amal bajarilganda, natija qaytib akkumulyatorga yoki protsessorning
boshqa bir ichki registriga yozib qo‘yiladi.
So‘ngra esa, kerak bo‘lsa
natijani
asosiy
xotiraga
ko‘chirib
yozish
mumkin
bo‘ladi.
Akkumulyatordagi sonni ikkilik ko‘rinishdan, ikkilik-o‘nlik ko‘rinishga
o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘nlik korreksiyalash sxemasidan foydalaniladi.
Har bir amalning bajarilishi natijasida, dastur buyruqlarini bajarilish
ketma-ketligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli xil belgilar shakllanadi.
Bunday belgilar qatoriga - natijaning ishorasi, natijani nolga teng bo‘lib
qolishi, xosil bo‘lgan natijadagi 1-lar sonini juft yoki toqligi va shularga
o‘xshash boshqa belgilarni kiritish mumkin. K580BM80 protsessorida bu
belgilar -
belgilar registriga
yozib qo‘yiladi. Belgilar registri (rus
tilida
– регистр признаков) 3.6-rasmning yukori qismida
tasvirlangan. Keyinchalik ishlab chiqilgan Intel protsessorlarida, jumladan
Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlarida ushbu registr -
bayroqlar registri
deb atalgan.
Buyruqlar registri
(Instruction Register
- IR
)
va buyruq deshifratori,
buyruqni qabul qilish va deshifratsiyalash uchun ishlatiladi. Buyruq
xotiradan o‘qilganida, uning buyruq kodidan iborat bo‘lgan birinchi bayti
buyruqlar registriga kelib tushadi. Keyin esa bu kod deshifratorga uzatiladi.
Deshifrator - boshqarish sxemasi va φ
1
, φ
2
sinxrosignallari bilan birgalikda,
protsessorning ichki qismlariga tegishli boshqarish signallarini, hamda
protsessordan tashqariga chiquvchi boshqarish signallarini shakllantiradi.
Har qanday kompyuterda dastur buyruqlarini bajarilishini
fizik jihatdan
ta’minlash
, uning shinalari orqali uzatiladigan
boshqarish signallari
yordamida amalga oshiriladi.
Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi
6-ta boshqarish signallari mavjud.
Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari:
83
-
Do'stlaringiz bilan baham: |