EDXlar - 8, 16 va 32-razryadli registrlar sifatida ham ishlatilishi mumkin . ESI, EDI, EBP va ESPlar – barchasi 32-razryadli ko‘rsatgich registrlari to‘plamidir. CS, SS, DS, ES, FS va GS lar – barchasi 16- razryadli segment registrlari to‘plami. EIP – 32-razryadli buyruqlar ko‘rsatgichi registri. EFLAGS - 32-razryadli bayroqlar registridir.
6-rasm. Pentium 4 protsessorining ichki registrlari.
Pentium 4 protsessori mikroarxitektura sathida, undan oldin ishlab chiqarilgan protsessorlardan anchagina farq qiladi. Pentium II, Pentium Pro va Pentium III protsessorlari P6 mikroarxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib ular bir-biridan asosan unumdorligi va qator ikkinchi darajali ko‘rsatgichlari bilan farqlanganlar. Pentium 4 protsessori NetBurst deb atalgan va P6 mikroarxitekturasidan keskin farq qiladigan mikroarxitekturaga ega (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |