7-rasm. Pentium 4 protsessorining mikroarxitekturasi - NetBurst.
NetBurst mikroarxitekturasi ko‘proq bosqichli konveyerga va ikkita arifmetik-mantiqiy qurilmaga ega bo‘lib, giperoqimli texnologiyani amalga oshira oladi. Giperoqimli texnologiya deganda - ikkita registrlar to‘plamiga va qator boshqa resurslar to‘plamiga ega bo‘lgan qurilma tushuniladi. Bu texnologiya Pentium 4 protsessorida, ikkita dastur orasida biridan boshqasiga o‘tishni juda yuqori tezlikda ta’minlab beradi, ya’ni bunda bitta emas balki bir vaqtda ikkita protsessor ishlayotgandek bo‘lib tuyuladi. Pentium 4 protsessori bitta sikl davomida bir nechta buyruqlarni bajarish imkoniyatiga ega, shuning uchun u superskalyar protsessor deb ataladi.
Pentium 4 protsessorida uning modeliga qarab ikki yoki uch sathli kesh xotiralardan foydalanilgan. Barcha modellar 8 Kbayt hajmli SRAM turidagi birinchi sath kesh xotirasi L1-ga ega. L2 - 1 Mbayt, L3 esa - 2 Mbayt hajmli kesh xotiralardan iboratdir. Ushbu xotiralar yordamida konveyerlar ishini tezlatish amalga oshiriladi. Pentium 4 protsessori ma’lumotlar traktining soddalashtirilgan ko‘rinishi 3.15-rasmda keltirilgan. Pentium 4 protsessori 42 000 000-ta tranzistorga ega, «qatorining kengli-gi» 0,18 mkm va taktli generatorining chastotasi esa 1,5 GGs-ga tengdir.
«Qatorining kengligi» deganda tranzistorlar orasidagi o‘tkazgichlarning kengligi tushuniladi. Odam sochining diametri 20-100 mkm-ni tashkil qiladi. 1 mkm = 10-6 metr yoki 1 mkm = 10-3 mm ga teng degani. Bunda 0,18 ≈ 0,2 =2*10-4 mm ga to‘g‘ri keladi.
7-rasm. Pentium 4 protsessori chiqish oyoqchalarining nomlanishlari.
Xulosa
Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish, buyruqlar sathidagi parallellik, protsessorlar sathidagi parallellik o’rganish davaomida men Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlashi, protsessorlar ham, xotira ham parallel ravishda takomillashtirilib kelinayotganini, Konveyerli va superskalyar arxitekturali, unumdorligi juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab chiqarilayotganini ko’rib chiqdim. Xotira qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa birinchi galda, uning hajmini oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning uchun ham protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham kattalashayotgani haqida tushunchalarni oldim. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda qo`llanilayotgan, mikroprotsessorlar to`plamining arxitekturalarini o`rgandim.
Shu bilan birgalikda Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik qurilmasi sifatida mikroprotsessorlarning tarkibiy va funksional strukturasini tuzilishini o`rganib, buyruqlar sathidagi parallellik, protsessorlar sathidagi parallellik, birinchi holatda unumdorlikni oshirish uchun, har bir sekundda ko‘proq buyruqlarni bajarilishini yo‘lga qo‘yish kerak, buyruqlar sathidagi parallelik nima ekanligini o’rganib o`zimning tushunchalarimni yanada boyitdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |