Bismillahi rohmani rohim Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman



Download 44,79 Kb.
bet11/14
Sana14.07.2022
Hajmi44,79 Kb.
#795302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Doctor Sciens ga ilk qadam

Kelin olganman, chòri emas
Ozoda opa koʻchadan kiraverishga suv sepib qoʻyib, u selgigach, eshik oldining u yer, bu yerini supurib-sidira boshladi.
Ikki darvoza naridagi xonadondan bir ayol koʻchaga chiqib, eshikning kesakisiga suyanib, mushtlangan qoʻlining ikki barmogʻini iyagiga tirab, ikkinchi qoʻlini birinchisining tagidan oʻtkazib, qotib turardi. U koʻchaning “kuzatuvchi”si nomi bilan mashhur. Koʻchaga kim keldi, kim ketdi, nimaga keldi, qaysi eshikka kirib-chiqdi, barchasidan xabardor. Istagan payt soʻrasangiz, qoʻshib-chatib, “toʻliq” maʼlumot berishi mumkin.
Hozir ham bunday turishining maʼnosi bor. U Ozoda opani koʻchaga soat nechada chiqib, nechada kirib ketdi, necha chelak suv sepib, qayerlarni qanday supurib-sidirdi, hamma-hammasini batafsil bilishi kerak. Chunki u bu haqda kimgadir yetkazadigan boʻlsa, ishonarli boʻlishi zarur-da. U oʻrnidan jilmay, gap boshladi.
– Ha, Ozodaxon, kelinligingiz esingizga tushib ketdimi, hamma yerni qirib-qirtishlayapsiz, yo mehmon keladiganmi? Kelinposhsha qanilar? Shu ishlarni u qilsa boʻlmaydimi? Nafaqaga chiqqan boʻlsangiz, shu yoshga kirib, bunday ishlarni endiyam siz qilasizmi?
– Ey, qoʻshni, nimalar deyapsiz, ogʻzim bor deb vaysayverasizmi? Yoshlar oʻqishiga, ishiga borsinmi, oilasiga, bolasiga, osh-ovqatga, kir-chiriga qarasinmi? Bitta kelinga boʻlar shuncha ish. Mayli biroz damini olsin! Nima, men nafaqaga chiqdim deb, oʻtirib olishim kerakmi? Odam katta boʻlgani sari harakatda boʻlishi kerak.
Koʻcha “kuzatuvchi”si bu gaplarni kutmagan edi, chogʻi.
– Ha, men nima debman? Sizga achinganimdan aytayotgan edim-da, voy-boʻ, keliningiz burun katagidan tushgan boʻlsa ham. Boʻpti, gapirmaganim boʻlsin, menga nima-ya!..
U gapini hali tugatmagan edi, shu payt eshikdan yaqinda tushgan kelin chiqib, uyqusirab:
– Oyi, ichkariga kirib turing, suv sepib olay, – dedida, unga shalop etib suv sepib yubordi.
Ozoda opa buni koʻrib: “Qoʻshni, ikki qulogʻingiz bilan eshitib oling. Men kelin olganman, choʻri emas”, deya, ichkariga kirib ketdi.
Qaynona-kelin ikkovlon, avval, bir-birlariga, soʻngra Ozoda opaning orqasidan qarab qolishdi.
Yoshi ulugʻlar aytishgan: “Quruq qoshiq ogʻiz, quruq soʻz quloq yirtadi” deb. Xoʻp topib aytilgan ekan-da.

Download 44,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish