Birlashgan millatlar tashkiloti va uning xalqaro munosabatlarda tutgan o`rni reja: kirish I bob bmt ning tashkil topishi


BMT VA UZBEKISTON URTASIDAGI MUNOSIBATLAR



Download 53,04 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2022
Hajmi53,04 Kb.
#647080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA UNING XALQARO MUNOSABATLARDA

2.2 BMT VA UZBEKISTON URTASIDAGI MUNOSIBATLAR

Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z nomi bilan butun dunyo mamlakatlarini birlashtirgan universal xalqaro tashkilotdir. O‘zbekiston ushbu xalqaro tuzilmaga istiqlolning dastlabki oylaridayoq – 1992-yil 2-mart kuni a’zo bo‘lgan. O‘tgan davrda o‘zaro aloqalar izchil rivojlandi.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z nomi bilan butun dunyo mamlakatlarini birlashtirgan universal xalqaro tashkilotdir. O‘zbekiston ushbu xalqaro tuzilmaga istiqlolning dastlabki oylaridayoq – 1992-yil 2-mart kuni a’zo bo‘lgan. O‘tgan davrda o‘zaro aloqalar izchil rivojlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi.
Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi insoniyat oldida turgan dolzarb muammolarni muhokama etish, ularga yechim qidirish masalalariga bag‘ishlanadi. Bu borada davlatlarning qarashlari o‘rtaga tashlanadi, mintaqalar va xalqlar manfaatidan kelib chiqib xulosalar belgilanadi.
Bunday forumda ma’ruza qilish imkoniyati hammaga ham berilavermaydi. Bunda davlatning ichki va tashqi siyosati, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, dunyoda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, turli millat va elatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi faol ishtiroki hisobga olinadi. Davlatimiz rahbarining sessiyadagi ishtiroki va BMTning yuksak minbaridan turib so‘zlagan nutqi shu jihatdan tarixiy voqea bo‘ldi. Aytish joizki, Prezidentimiz o‘z nutqida uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi fikrlarini o‘rtaga tashladi, umuminsoniy manfaatlar ko‘zlangan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi17.
Nutqda bayon qilingan O‘zbekistonda barcha sohadagi islohotlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslanishi, 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani, mamlakatimizda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilib, odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun xizmat qilayotgani, bu jamiyatimiz shioriga aylangani, Harakatlar strategiyasi bu ishlarda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilayotgani haqidagi fikrlar jahon afkor ommasida qatta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, mintaqani yadrodan xoli hududga aylantirish, narkobiznesga qarshi kurashishda barcha davlatlar sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalarini doimo ilgari surib kelgan. Bu dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMT faoliyatiga daxldor qator muhim hujjatlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoni o‘zaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida izchil taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mintaqada siyosiy muloqot faollashib, ko‘plab masalalarni hal qilish imkonini berayotir.
Nutqda ilgari surilgan yana bir muhim masala, bu mintaqadagi suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish g‘oyasidir. Davlatimiz rahbari bu haqda to‘liqroq tasavvur hosil qilish maqsadida Orol fojiasi aks ettirilgan xaritani minbar uzra baland ko‘tarib ko‘rsatdi. Bunday holat nufuzli tashkilot sessiyalarida hali kuzatilmagan. Bu ham ma’ruzadagi dalillar haqida anjuman ishtirokchilarida, qolaversa, uni kuzatgan millionlab odamlarda yaqqol tasavvur uyg‘otdi18.
Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir. Ushbu takliflar sammit davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi, davlat rahbarlarining uchrashuvlarida, turli doiradagi tadbirlarda qizg‘in muhokama etildi.
Sammit doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydoni maketi topshirilishi ham o‘ziga xos chuqur ma’noga ega voqeaga aylandi.
Keyingi bir yilda o‘zaro tashriflar ham faollashdi. Joriy yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizga tashrif buyurdi. Prezidentimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samarqanddagi Xalq qabulxonasi, “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.
BMT Bosh kotibi Orol dengizi akvatoriyasida, Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”da ham bo‘lib, BMT tomonidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘rgan edi. BMT Bosh kotibining mamlakatimizga tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan 2017-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan maxsus dastur Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu yil 10-12-may kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘ldi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qabul qildi19.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrifi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Inson huquqlari Milliy markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati, Ombudsman bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Yuksak martabali mehmon Samarqandni ziyorat qilish asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida va mahallada ham bo‘ldi. Viloyatdagi turli diniy konfessiyalar, bir qator milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi. Yaqinda BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid mamlakatimizda bo‘lib, din va inson huquqlari masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu tashrif ham Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda xalqni rozi qilish, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotlar faollashib borayotgani, turli sabablarga ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarni sog‘lom hayotga qaytarish borasida dunyo ibrat olsa arzigulik ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatdi. Bularning bari O‘zbekistonning BMT bilan mushtarak maqsadlari jamiyatimiz hayotida to‘la ifodasini topayotgani, hamkorlikdagi loyihalar umumiy taraqqiyotga xizmat qilayotganidan dalolatdir. O‘zbekistonda BMT bilan hamkorlik barcha sohada izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ushbu tashkilotning nufuzli organlari – Taraqqiyot dasturi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi va boshqa tuzilmalari vakolatxonalari faoliyat yuritayotgani hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda.
Shu yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro anjuman ushbu tendensiyani mustahkamlashga xizmat qiladi20. Ushbu anjumanda mamlakatimiz siyosatining yangi yo‘li, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, mintaqa xalqlari manfaati namoyon bo‘ladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.
Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi — Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya — doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh Assambleya tomonidan ikki-yil muddatga saylanadilar. Keyingi-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy aʼzolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash oʻt ochishni toʻxtatish choralarini koʻradi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin.

Download 53,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish