Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksporti neft – 45%, tabiiy gaz, baliq, tamaki, xurmo, marvarid, teri xom ashyosi. Importi – sanoat mahsulotlari, transport jihozlari, ximikatlar, oziq-ovqat, qurilish materiallari. Hamkorlari – Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Ummon.
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar.1992-yil 25-oktabrda ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yilda O‘zbekiston konsulxonasi Dubay shahrida o‘z faoliyatini boshladi va 1994-yildan bu umumiy konsulxonaga aylantirildi. 1997-yil mayida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari B.Parpievning Dubayga qilgan tashrifi chog‘ida “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning ikki tomonlama kelishuvlaridan keyon “O‘zbekiston va BAA o‘rtasida havo yo‘lini ochish to‘g‘risida” kelishuv imzolandi. ”O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent-Sharja-Toshkent havo yo‘li 1992-yil fevral oyida ochildi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 1998-yil may oyida Toshkentda Arab savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu ko‘rgazmada Fors ko‘rfazi hamda BAAdan kelgan korxona vakillari qatnashdi va bir qancha foydali kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, bir paytning o‘zida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi muntazam ravishda seminarlar uyushtirib turdi. O‘zbekiston BAAga asosan qora metal, turli xil xizmatlar va o‘g‘it eksport qilsa, BAAdan o‘ziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, elektronika qurilmalari, mebel import qiladi. Hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida turizm sohasi ham rivojlanib bormoqda.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
Алиев М. Г., Ишанходжаева Д. А., Хачиев Г. А. Экономика и финансы регионов мира в цифрах сравнения. –Т., 2003.
Вавилова Е. В. Экономическая и социальная география мира. Учебное пособие. –М., 2006.
Soliyev A., Muhammadaliev R.. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. –T., 2005.
Soliyev A., Ahmedov E., Muhammadaliyev R. va b. Mintaqaviy iqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. –T.: Universitet, 2003.
Социально – экономическая география зарубежного мира. Под ред В. В. Вольского –М.: Крон-пресс, 2003.
Социально – экономическая география зарубежного мира. –Дрофа, 2001.
Энциклопедический справочник Страны мыра. –Смоленск: Русич, 2002.
Страны и народи. Восточная и централная Азия. –М.: Мысль 1982.
Страны и народи Юго-Восточная Азия. –М.: Мысль, 1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |